Ocr document


Hammomlar - Yunonistonda miloddan avvalgi V-IV asrlarda xususiy, davlat va ommaviy hammomlar bo`lgan. Rim imperiyasida termlar



Download 0,78 Mb.
bet16/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

Hammomlar - Yunonistonda miloddan avvalgi V-IV asrlarda xususiy, davlat va ommaviy hammomlar bo`lgan. Rim imperiyasida termlar (yunoncha - issiq hammomlar) deb atalgan.
IЗ-§. НlNDlSTON ILK O`RTA ASRLARDA
Kushonlar imperiyasining inqirozidan so`ng Hindistonda hokimiyatni egallagan Сhandraguрta I (320-340) guptalar sulolasiga asos soladi. Guptalar davlatining poytaxti Pataliputra shahri bo`lgan. IV asrning oxiri - V asr boshlarida Guptalar imperi­ysi gullab-yashnaydi. Аyni shu paytdan Hindistonda mulkchilik mu­nosabatlari vujudga keladi. Mulkdorlar o`z yaqinlari - amaldor­lari, harbiy boshliqlariga yer-mulklar in`om etganlar. Natijada, IV-V asrlar davomida yirik yer egalari tabaqasi shakllanadi. Ular dehqonlardan soliqlarni to`lashdan tashqari, mеbnat majburiyatlari o`tashni ham joriy etadi. Ilk orta asrlarda mamlakat aholisining kasta-varna (toifa)larga bo`linishi: braхmanlar, kshatriyalar, vayshilar va shudralar saqlanib qoladi. Braxmanlar mayit va o`lgan hayvonlarga ham tegishi mumkin emasdi. Нayvon terisini esa maxsus ko`nchi- shudralar shilishgan. Braxman kohinlarga soqolini o`zi olishi, kirlari­ni yuvishi ham taqiqlangan, ular uchun bu yumushlarni shudra ­xizmatkorlar bajargan. Suрurish-sidirish ishlarini ham faqat shudralardan bo`lgan xizmatkorlar, farroshlar qilganlar. Ilk orta asrlarda Hindistonda shakllangan ijtimoiy munosabatlar sof feodal ko`rinishda bo`lmasdan, qulchilik udumlari ham ma`lum darajada saqlanib qolgan. Аmmо qullar mehnatidan ishlab chiqarishda emas, ko`pincha uy yumushlarida foydalanishgan. Xo`jayin qulni yegulik bilan ta`minlashdan tashqari unga yilda bir marta kiyim ham olib bergan. Hindistonning snimoli-g`arbidan VI asrda bostirib kirgan eftaliylar hujumlari ostida Guptalar imperiyasi parchalanib, mamlakatning katta qismi istilochilar qo`liga o`tadi. VII asrda Hindistonda bo`lgan Xitoy tarixchisi Syuan Szyanning yozishicha, unda 70 ga yaqin katta-kichik knyazliklar bo`lgan. Knyaz - rojalar o`zlarining ko`psonli yaqinlari va xizmatkorlari bilan hashamatli saroylarda yashaganlar. Rojalar qarindoshlari, a`yon va amaldorlariga yer-mulk hamda ularda yashagan aholini taqdim etganlar. Davlat yerlarining qolgan qismi dehqonlarga ijaraga berilgan. Braxman - kohinlar qo`lida ham ko`plab ekin maydonlari to`plangan. Мan­balarda yozilishicha, o`ta taqvodor rojalardan biri knyazligidagi 1400 qishloqni ibodatxonalarga in`om etgan ekan. Rojalar o`rasida tinimsiz urushlar bo`lib turgan. Qo`lga kiritilgan o`ljalar, yerlar g`oliblar orasida taqsimlangan. Rojaning yaqin qarindoshlari, a`yonlari o`nlab, ba`zida yuzlab qishloqlar va unda yashagan aholisi bilan; amaldorlar esa bitta yoki bir qishloqning yarmi bilan taqdirlanishi ham mumkin edi. In`оm etilgan yer maydoni grass ("bo`lak" yoki "qultum") deb nomlanib, uni olgan shaxs harbiy xizmat o`tab berishi lozim bo`lgan. O`z xonadoniga mansub bo`lmagan amaldorlarga rojalar yerni ma`lum muddatga foydaianishga berganlar. Bunday yerlar patta ("yorliq" yoki "yorliqqa olingan yer") deb nomlangan. Pattadan alohida xizmat ko`rsatgan kishilarni taqdirlash uchun ham foydalanishgan. Muikchilik munosabatlari mustahkamlanib borishi bilan patta yerlari ham avloddan-avlodga o`tadigan merosiy mulkka aylana boshlagan. O`zaro urushlardan kuchsizlanib borgan Hindistonni chet bosqin­chilar ham talaganlar. Xususan, Arab xalifaligining parchalanishidan vujudga keigan musulmon davlatlari hukmdorlari ХI asrdan Hindistonga hujum boshlaydilar. G`azna hukmdori Mahmudning qo`shinlari ХI asr boshlarida mamlakat shimoliga 17 marta bosqinchilik yurishlari uyushtirgan. Ma`lum muddat o`tib Нindistonnig shimoliy qismi musulmоn hukmdorlari tomonidan to`liq bosib olinadi. Sharq xalqlari ertaklarida Hindiston af­sonaviy boyliklar mamlakati sifatida tasvirlangan. Yevropada hind rojalarining boyliklari haqida turli afsonalar tarqalgan. Aslida ushbu boyliklar xalqning mashaqqatli mehnati evaziga yaratilgan. Dehqonlar daryolardan kanal va ariqlar chiqarib, yangi yer­lami o`zlashtirganlar va undan yiliga 2-3 marta hosil olganlar. Serunum maydonlarda: sholi, paxta, shakarqamish, ziravorlar va сhоy yetishti­rilgan. Asrlar o`tib bu ekinlar qo`shni mamlakatlarga ham tarqalgan. Нind hunarmandlari o`z mahoratlari bilan shuhrat qozonganlar. Ular tomonidan tayyorlangan zargarlik buyumlari, oltin va kumushdan yasalgan idishlar, Hindistondan chetda ham yuksak baholangan. Fil suyagi, yog`ochning qattiq navlaridan yasalgan odam va hayvonlar haykalchalari, faqat hind rojalari emas, xorijiy davlatlar hukmdorlari saroylarini ham bezagan. Yog`ochdan yasalgan oddiy dastgohlarda to`quvchilar nafis gazlamalar tayyorlaganlar. Hindistonning g`arbida ko`plab dengiz porti shaharlari bo`lib, ularga сhеt o`lkalardan turli buyumlar keltirilar va o`z navbatida hind hunarmandlari tayyorlagan xilma-xil buyumlar dun­yoning turli burchaklariga olib ketilardi. Eng yirik port-shahar Kalikut hokimini "dengiz xojayini" deb atashardi. Shaharlardagi gavjum bozor­larda mahalliy va boshqa mamlakatlardan keltirilgan buumlar sotilardi. Xitoy, Afrika, Arabiston, O`rta Osiyodan ko`plab savdogarlar gazmol, zargarlik buyumlari, atir-uрalar, ziravorlar olish maqsadida hind sha­harlariga kelishardi. Hindiston bilan savdoda yetakcni o`rin tutgan arab savdogarlari port-shaharlarda hatto o`z mavzelariga ham ega edilar. Hind olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Ayrim hind shaharlarida osmon jismlarini kuzatish uchun rasadxonalar qurilgan. Hind astronomlari tadqiqotlari ularga yerning aylana shaklda ekanligi va o`z o`qi atrofida aylanishi farazini yaratishiga imkon beradi. Tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og`riqni bosadigan dori-darmonlar ko`magida jarrohlik muolajalarini o`tkazganlar. Davolashda maxsus tayyorlangan suyuq va quyuq dorilardan foydalanilgan. Hind me`morchiligi o`zining rang-barangligi bilan ajralib turgan. O`rta asrlarda qurilgan ko`plab ibodatxonalar, saroylar hozirga qadar saqlanib qolgan. Hindistonda katta qoyatoshlar yoki g`orlar ichida o`yib ish­langan ibodatxonalar ham bo`lgan. Ulardan eng mashhuri miloddan avvalgi II asrdan - milodiy VII asrga qadar g`or ichida o`yib ish­langan Ajanta (Markaziy Hindiston) ibodatxonalari majmuasidir. Qadimgi me`morlar qoyalarga o`yib ishlangan 29 ta xonadan iborat ibodatxonalarni turli haykallar, о`yma naqshlar bilan bezashgan. Ibodatxonalarda xudolar, odamlar va hayvonlarning tosh va jezdan yasalgan ajoyib haykallari o`rnatilgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish