Ocr document


II BO`LIM. DUNYO XALQLARI O`RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA (XI-XV asrlar)



Download 0,78 Mb.
bet18/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

II BO`LIM.
DUNYO XALQLARI O`RTA ASRLARNING RIVOJLANGAN DAVRIDA (XI-XV asrlar)
III ВОВ. HUNARМANDCHILIK VА SAVDO - SOTIQNING RlVOJLANISHI. SНAНARLARNING YUKSALISHI
15-§. YEVROPADA O`RTA ASR SHAHARLARINING SHAKLLANISHI
Xo`jalik taraqqiyoti. Yevropada Х-ХI asrlarda ishlab chiqarish yuksalib, u eng avvalo hunarmandchilikda kuzatiladi. Meh­nat qurollarining takomillashuvi, ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi. Mehnat qurollari, ritsarlarning qurol-as­lahalari, himoya anjomlari tayyorlash uchun ko`plab metall zarur edi. Ehtiyojning oshi­shi Yevropada temir rudasini kovlab olish, eritish va ishlov berishni tezlashishiga olib keladi. Zig`irpoyadan to`qilgan gazlamalar odamlarni qoniqtirmay, jundan mato-movut to`qiy boshlaydilar. Gazlama to`qish­ jarayonida qishda yotiq dastgohlardan foydalanish ish­ning unumdorligi va mahsulot sifatini oshiradi. Dehqonchilikda olinadigan hosilning oshib borishi, hunarmandchilik va savdoning yuksalishiga yо`l осhadi. Aholining ko`payib borishi о`rmonlarni kesib, yangi yerlarni o`zlashtirish, ekin maydonlarini ko`paytirishni talab qiladi. Qishloq xo`jaligida g`alla yetishtirishdan tashqari, bog`dorchilik, uzumchilik polizchilik, rivojlanadi. Vinochilik, yog`-moy olish, tеgirmonсhilik sohalari xuddi shu davrdan yuksala boshlaydi. Dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish o`rnini uch dalali almashlab ekish egallaydi. Unda ekinzor uchga bo`linib, birinchi qismiga kuzgi, ikkinchisiga bahorgi g`alla ekilsa, uchinchi maydon shudgor holida qoldirilib yerga dam berilgan. Вu usulda yerning yarmi emas, uchdan ikki qismi band bo`lishi, mahsulot yetishtirishni ko`paytirish imkonini yaratadi. Rivojlangan o`rta asrlarda uch dalali almashlab ekishga o`tilishi dehqonchilikda mahsulotlarni ko`payishiga olib keldi. Og`ir g`ildirakli plugning tarqalishi g`allani ekishdan oldin, yerni 2-3 marta haydash uchun imkoniyat yaratadi. Bo`yinturuqning kashf etilishi esa plugni otga qo`shib yerni haydashni tezlashtiradi. Hosildorlikning oshishi dehqon xo`jaligida ortiqcha mahsulotning ko`payishiga va uni hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlashga yо`l ochadi. Hunarmandlar tayyorlaydigan buyumlar turi, soni, sifati oshib boradi. Lekin qishloqda feodal hokimiyatning bo`lishi hunarmandning erkinligini cheklagan. Natijada ular qishloqlardan qochib, o`z buyumlarini tayyorlash va sotish imkoniyati bo`lgan joylarga keta boshlaydi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish