Ocr document


-§. OSIYO MAMLAKATLARINING O`RTA ASR SHAHARLARI. HUNARMANDCНlLIK VA SAVDO



Download 0,78 Mb.
bet21/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

17-§. OSIYO MAMLAKATLARINING O`RTA ASR SHAHARLARI. HUNARMANDCНlLIK VA SAVDO
O`rta asr shaharlari. Sharq mamlakatlarida o`rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada - VIII asrning ikkinchi yarmida, Yaponiyada IХ-Х asr­larda, Hindistonda XI-XIII asrlarda o`tganlar. Bu hol har bir mamlakatda ishlab chiqarish ta­raqqiyoti turli darajada bo`lgani bilan izohlanadi. Dastlab ma`muriy markaz yoki harbiy qal`alar sifatida tashkil topgan o`rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan. Osiyoning eng yirik shaharlari: Сhanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag`dod, Вохоrо va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilganlar. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yеvroрa shaharlaridan farqliroq yirik za­mindorlarga qarshi kurash olib bormaganlar. “Hosildorlik ibodatxonasi” Pekinda qurilgan edi.
Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o`rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX-XIII asrlarga to`g`ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo`ysungan, Shaharlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to`sqinlik qiladi, Jumladan, Нindiston va uning shaharlari o`rta asrlarda juda ko`p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo`shinlari 1018-yili Mahmud G`aznaviy qo`shinidan mag`lub bo`lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayrоn qilinadi. Tinimsiz urushlar Hindiston shaharlarini yuksalishiga to`sqinlik qiladi. Yaponiyaning o`rta asr shaharlari turli joylarda: Nara, Xeyyan ­ budda ibodatxonalari atrofida; Otsu - aloqa bekati va yо`l ustida; Xyogo, Sakai dengiz bo`yida; Nagoya - qal`a atrofida vujudga keladi. Хеyyan shahri 1177-yili yong`in natijasida vayrоn bo`ladi, Вu shahar qayta tiklanganidan so`ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi, Kioto ko`p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo`lib qoladi. Shaharlar hayoti. Osiyo shaharlari ham o`ziga xos taraqqiyot yo`lini bosib o`tgan. Jumladan, Xitoyda ХI asrdayoq shaharsozlik yuksak darajaga ko`tariladi. Imperator va zodagonlar hashamatli saroylar qur­dirgan. Mamlakatda yog`och tanqis bo`lganidan qurilishda g`isht, sopol va toshdan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda "tog`ga yog`ochga ketgan ming kishidan, faqat besh yuzi qaytib keladi" naqli paydo bo`ladi. Natijada, imperator yangi saroy qurishini e`lon qilishi dehqon­lar uchun og`ir sinоvlarni boshlanishidan darak bеrgan. Xitoyning yirik shaharlarida G`arbiy Yevropadan farqliroq, maishiy xizmat ko`rsatish yaxshi yo`lga qo`yilgan edi, Aholi sopol quvurlar orqali toza suv bilan ta`minlangan, shaharni axlat va chiqindilardan tozalash, о`t o`chirish ishlari yo`lga qo`yilgan. Osiyo shaharlari aholisi Yevropanikiga nisbatan ko`proq bo`lgan. Xususan, Xitoyda o`rta asrlardayoq aholi zich yashagan, ХVI asrda Pekinda 1 mln, Nankinda undan ham ko`p aholi bo`lgan, Eronning Isfaxon, Sheroz shaharlarida 200 mingdan ortiq kishi yashagan. Qutb Minor inshooti ХIII asrda Dehlida bunyod etilgan edi. Amir Tеmur saltanati poytaxti Samarqand XIV asr oxiri - ХV asr boshlarida yuksalib dunyoga taniladi. O`rta asr shoirlari va faylasuflari Samarqandni "sayqali ro`yi zamin" - Yer yuzining sayqali, husni deb ta`riflaganlar. Sharq dunyosida Buxoro ham o`z o`rniga ega bo`lib, u islom dini, madaniyat, savdo va hunarmandchilik markazlaridan biri sifatida shuhrat qozongan. Osiyoning musulmon davlatlari shaharlari umumiy reja bo`yicha: markazda - ark, shahar hokimi qal`asi, uning atrofida - shah­riston, asosiy aholi yashaydigan guzarlari bilan qurilgan. Shahar atro­fida rabod bo`lib, unda hunarmandlar guzar va mahallalari joylash­gan. Sharq shaharsozligida asosiy qurilish ashyolari tosh va g`isht edi. Hukmdorlar, boylar o`z saroylari, hovli-joylarini pishiq g`isht va marmarlardan, kambag`allar esa paxsa, guvaladan qurganlar. Kambag`allarning uylari pishiq, mustahkam bo`lmay tez-tez ta`mirlashni talab qilgan. Bunday uylar merosga qoldirilganda odatda buzilib o`rniga yangisi qurilgan. Hunarmandchilik. Sharq hunarmandlari ipak gazlamalari, zeb-ziynat buyumlarining katta qismini chet mamlakatlarga sotish uchun ishlab chiqarganlar. Xitoylik ustalar qog`ozi, ipak gazlamalari, chinnisi bilan shuhrat qozongan. Savdogarlar Eron va Misrda tayyorlangan zig`irpoya, paxta va jundan to`qilgan gazlamalarni ham yuksak baholaganlar. Damashq po`latidan yasalgan qurol-aslahalar esa Sharq va G`arbda bir xilda shuhrat topgan. Kitoblar uchun eng sifatli muqovalami Shimoliy Afrika shaharlari ko`nchi-ustalari yasagan. Osiyo va Shimoliy Afrika shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari shaharlar bilan bir paytda vujudga kelgan. Sharqda dastlab shahar aholisi soliqlardan ozod qilingan. Vaqt o`tib savdogar va hunarmandlardan ham turli soliqlar olina boshladi. Аrab xalifaligi, Yaponiya, Xitoyda usta va savdogarlardan soliqlarni sex oqsoqollari yig`ib bergan. Xitoyda barсha ustalar sex a`zosi bo`lishlari majburiy etib qo`yilgan. Hunarmandchilikning eng muhim sohalari Xitoyda yuksak taraqqiyotga erishgan. Xususan, faqat xitoyliklar 600-700 kishi va yana ko`plab yuk sig`adigan yirik kemalar - jonkalarni qurishgan. O`rta Osiyo shaharlarida ham hunarmandchilik sexlari bo`lgan. Turli sexlar ustalarining nizomlari bizgacha yetib kelgan. Buyuk lpak yо`li chorrahasida joylashgan O`rta Osiyo shaharlari tranzit savdo markazlari ham edi. Сhеt ellik savdogarlar Samarqand qog`ozi va gazlamalarini, G`ijduvon kulolchiligi buyumlari-yu, marvlik ustalar gazlamalari, kiyimlarini yuqori baholaganlar. O`rta asrlarda eronlik ustalar: рarсha va ipak gazlamalari, jun gilamlari bilan shuhrat qozonganlar. Erondan savdogarlar po`latdan yasalgan qurol-aslahalar, mis va kumushdan ishlangan idishlarni xarid qilganlar. Xalifalikka kirgan Yaqin Sharq mamlakatlarida ham savdo va hunarmandchilik yuksak taraqqiy etgan. Geograf olim al-Muqad­dasiy Suriyadagi bozor va savdo yaxshi daromad keltirgani haqida yozadi. Savdo. Аrab xalifaligi, Tan imperiyasi va Dehli sultonligi singari yirik markazlashgan davlatlarning paydo bo`lishi savdoni yuqori daromad manbayiga aylantirdi. Uzoq Sharqdan O`rta dengizga qadar hududlarda faqat karvon yo`llari orqali savdo оlib borilmagan. Fors ko`rfazi va Qizil dengiz orqali arab, hind, xitoy savdogarlarining o`nlab kemalari suzgan. Osiyodan farqliroq, Afrikaning iqtisodiy qoloqligi, undagi uzluksiz urushlar, qit`aning xomashyo, tuz, oltin, fil suyagi, ziravorlar, qisman qullar manbayiga aylanishiga sabab bo`ladi. Osiyo bozorlari o`zining gavjum va ser­shovqinligi bilan ajralib turgan. O`rta asr bozorlari ko`pincha shahar darvozalari ya­qinida joylashgan. Shahar ichida kichkina bozorlar bо`lib, ular ma`lum mahsulotlarni sotishga ixtisoslashgan. О`rta Osiyo va Erondagi yirik bozorlar bir qancha rastalarga bo`lingan. Нar bir rasta ma`lum xildagi mоl bilan shug`ullanadigan savdogarlarni yoki muayyan kasb bilan shug`ullanuvchi hunarmandlarni birlashtirgan. Ilk o`rta asr­lardayoq Bag`dodda, Ishbiliya (Sevilya) va G`arnota (Granada, Ispaniya)da mardikor bozorlari bo`lgan. Sharq bozorlarida hunarmandchilik ustaxonalari, do`konlari ham joylashgan. Ayrim hollarda ko`chma bozorlar ham tashkil qilingan. Unga sayyor savdogarlar va atrofdagi qishloqlarning mahsulotlarini sotish ehtiyoji bo`lgan aholisi to`plangan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish