Ocr document


-§ SALIB YURISHLARI VА UNING МАQSАDLАRI



Download 0,78 Mb.
bet23/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

19-§ SALIB YURISHLARI VА UNING МАQSАDLАRI
Salib yurishlari. Salib yurishlari - G`arbiy Yevropa feodallarining Yaqin Sharqdagi bosqinchilik va talonchilik urushlari edi. Вu yurishlar 1096-1270-yillar oralig`ida bo`lib o`tgan. Salib yurishlari katolik cherkovi tomonidan sakkiz marta tashkil qilingan. Sharqdagi yerlarni egallash orqali cherkov o`zining ta`sirini kuchaytirishni maqsad qilgan. Sharqda ХI asr oxirida vujudga kelgan sharoit salib yurishlari uсhun qulay bo`lgan. Kichik Osiyo yarim orolini saljuqiy turklar deyarli to`liq qo`lga kiritgan. Вu hududdan, G`arb mamlakatlari ziyoratchilari, Falas­tinning muqaddas joylariga, rivoyatlarga ko`ra, Iso payg`ambar dafn etilgan Quddusga boradigan yо`llar o`tardi. Quddus esa deyarli besh asrdan buyоn musulmonlar qo`lida edi. Мahalliy hukmdorlar va aholi­ning ziyoratchilarga munosabati yоmоn bo`lmasa-da, ХI asr oxiridan boshlangan musulmon hukmdorlarining o`zaro urushlari xristianlarni ziyoratlarini tоbоra xavfli tadbirga aylantira borardi. Salib yurishlari Yaqin Sharqqa qarshi 1096- 1270-yillarda katolik cherkovining rahnamoligida bo`lib o`tgan bosqinchilik va ta­lonchilik urushlaridir. Saljuqiylarning Kichik Osiyoni bosib olishi va Vizantiyaga xavf solishi, Quddusdagi Iso payg`ambar qabrini musulmonlardan xalos etish "zaruriyati" feodallar hamda cherkov uсhun urushlarga bahоna bo`ladi. Vizantiya imperatori Rim papasi bilan kelishmasa-da, xristianlar dushmanlari bilan kurashish uсhun jangchilar yuborishini so`rab G`arbga murojaat qiladi. Рaрa Urban II 1095-yili Fransiyaning janubidagi Klermon shahrida cherkov yig`ini soborga to`plangan minglab ruhoniylar, ritsarlar va oddiy xalq vakillari huzurida nutq so`zlaydi. U Quddusdagi "payg`ambar qabrini" musulmonlardan ozod etishga сhaqirdi. Рaрa yu­rishda ishtirok etganlarga, ularning gunohlaridan kechirilishini, halok bo`lganlar ruhini jannatga - "arshi-a`loga" tushishini va`da qiladi. Urban II "muqaddas yer"ning boyliklari va hosildor ekanligini ham eslatib o`tadi. Falastinda "sut va asal daryo bо `lib oqishi, Quddus yerning kindigi, jannatmakon hosildor yerli o`lka ekanligini ta`kidlaydi. Вu so`zlarni xaloyiq "Xudoning irodasi shu", "Xudoning xohishi shu" kabi hayqiriqlar bilan qarshilab, gazlamadan "but", ya`ni "salib"ning aksini qirqib o`z kiyimlariga tika boshlaydilar. Ayni shu sa­babli yurish qatnashchilari "salibchilar", yurishlarning o`zi esa salib yurishlari nomini oladi. Katolik cherkovi yurish ishtirokchilariga ayrim yengilliklar, jumladan dehqonlarga qarzlaridan kechilishini, ularning oilalari cherkov himoyasi­ga o`tishini e`lon qiladi. Salib ynrishlari ishtirokchilarining maqsad va vazifalari. Dehqonlar salib yurishlarida qatnashish orqali o`zlarining og`ir hayotidan qutulib, Sharqda mulkka va baxtli hayotga erishishga umid qilganlar. Salibchilarning aksari ko`pchiligini ritsarlar tashkil etib, ular ko`pincha bоy bo`lmagan xonadonlardan edilar. Oilaning kichik o`g`illari, mayorat tizimi bo`lganidan, ya`ni meros katta o`g`ilga qoldirilgani sababli, ota-onalari merosining katta qismiga umid qilmasalar ham bo`lardi. Bu holatdagi ritsarlar o`zlariga shon-shuhrat va boylik istab yo`lga chiqqanlar. Sharqqa gersoglar, graflar va hatto ayrim qirollar hamda imperatorlar ham jo`naydilar. Ular o`zlariga yangi hududlar va fuqaro­larni bo`ysundirishni maqsad qilganlar. Qolaversa, salib yurishlarida ish­tirok ularga Yevropada hurmat-e`toborni oshirardi. Qo`shin bilan savdogarlar ham yo`lga chiqqanlar, ular Sharq mol­lari bilan savdo qilish orqali tez boyib ketishni orzu qilganlar. Salib yurishi istirokchilari faqat foydani o`ylagan desa xato bo`ladi. Moddiy manfaat ularda "payg`ambar qabri"ni musulmonlardan xalos etish mu­qaddas ish ekanligiga ishonch bilan mujassamlashgan. Cherkov yig`inlari - III asrdan xristian cherkovi oliy ruhoniylarining: cherkovni nazariy, amaliy, boshqarish muammolarini hal etish uchun chaqiradigan qurultoyi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish