Xristianlik dini va uning tarixi Xristianlikning asosiy oqimlari



Download 18,4 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi18,4 Kb.
#680425
Bog'liq
dinshunoslik


REJA:

  1. Xristianlik dini va uning tarixi



  1. Xristianlikning asosiy oqimlari



  1. Buddizm dini va uning kelib chiqish tarixi



  1. Buddizmning oqimlari



3 Xristianlik - jahonda keng tarqalgan dinlardan biri. Yevropa, Amerika mamlakatlarida, Avstraliyada, faol missionerlik xarakati natijasida Afrika, Yakin Sharqda va Uzoq Sharqning birnecha mintaqalaridakeng yoyilgan. Jahonda bu dinga taxminan 2 mlrd. kishi e ʼ tiqod qiladi. Xristianlikning asosiy goyasi xudoodam Iisus Xristos (Iso masih;) haqidagi rivoyatlar bilan bog ʻ liq. Xristianlik ta ʼ limotiga kura, Xudo yagona, lekin u mutsaddas uchlik (troitsa)da namoyon buladi. Iso kelajakda tiriklar va o ʻ liklar ustidan hukm chiqarish uchun oxirat kuni yerga kaytib keladi. Uning o ʻ gitlariga, vasiyatlariga amal qilganlar, hayot mashaqqatlariga u kabi bardosh berganlargina narigi dunyoda ajr (mukofot) ga erishadilar. Xristianlikning aqidalari, e ʼ tiqod talablari, huquqiy va axloqiy normalari, cheklash va takiklari Bibliya va boshqa mukaddas kitoblarda o ʻ z ifodasini topgan.

4 Xristianlik ilohiyati xristianlik bu gerkcha soz bolib, muqaddas yog surtilgan, yani oliy maqomga kotarilgan shaxs, Xaloskor degan manoni anglatadi. Milodning birinchi asrida Rim imperiyasi tarkibidagi Falastinda, yahudiylikka etiqod qiluvchi jamoa orasida paydo bolgan. Mil. Avv. 140-yildan Yahudiya davlati oz chegaralarini kengaytirib, aholini yahudiylikka otkazish faol darajada olib boriladi. Bu esa xalqning noroziliklariga sabab boldi. Va buning natijadida xalq boshqa bir dinga ehtiyoj sezdi.Shu davrda xristianlik dini vujudga kela boshladi va bu antik danr sivilizatsiyasining chuqur inqiroziga va zaiflashishiga olib keldi.Xristianlik talimotining asosiy qismlarida muqaddas uchlikning yagonaligi va xudoning mujassamlanishi haqida soz yurtiladi.

5 Xristianlik 1-asrning 2-yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismida yashovchi yahudiylar o ʻ rtasida paydo bo ʻ lgan. Ilk Xristianlik dastlab iudzmdan ajralib chiqqan. Sharq dinlariga xos ayrim tasavvurlar ham unda o ʻ z ifodasini topgan. Xristian jamoalarining ijtimoiy tarkibi vaqt otishi bilan ruhoniylar (klir) va oddiy jamoa a ʼ zolari (miryan)ga bo ʻ lingan. Ayrim ayrim jamoalar o ʻ rtasidagi aloqalarning mustahkamlanishi yepiskop boshliq cherkovnyang tarkib topishiga olib keldi. Cherkov katta boylik to ʻ plab, siyosiy kuchga aylanib borgan. Dastlab xristianlarni ta ʼ qib etgan Rim imperatorlari keyinchalik Xristianlik tarafdorlari bo ʻ ldilar. 4-asrda Xristianlik Rim imperiyasida mavjud ijtimoiy tuzum va uning tartiblarini himoya qiluvchi davlat diniga aylandi.

6 Rim imperiyasining garbiy va sharqiy qismidagi o ʻ ziga xos tarixiy taraqqiyot Xristianlik cherkovini ikkiga: katolitsizm (imperiyaning g ʻ arbiy qismi) va pravoslaviyem (sharqiy qismi) bo ʻ linishiga olib keldifaoliyati kuchaydi.. Xristianlikningning bu bo ʻ linishi 1054 yilda rasman e ʼ tirof etilgan bo ʻ lsada, biroq bu jarayon 13-asrning boshlarida tugallangan. 16-asrda Reformatsiya natijasida Yevropadagi kagor cherkovlar katolitsizmdan ajralib chiqib, X.ning uchinchi asosiy oqimi protestantizm yuzaga keddi. Imperiyaning Garbiy va Sharqiy qismlarida turlicha ijtimoiy tuzilish hamda davlat va cherkov ortasida turlicha ozaro munosabatlar mavjud bolgan. Sharqiy xristianlik markazi Vizantiyada bolib, u kuchli markazlashgan hokimiyat sharoitida rivojlanadi. Shu tarzda ruhoniylar davlat hokimiyatini obrosini tan olib uni qollab – quvvatlaydi.

Advertisements


7 Provaslavlik – yunoncha soz bolib, Togrilik manosini anglatadi. Bu soz ilk bor II asrda yozilgan xristian mualliflari asarlarida uchraydi. Provaslav cherkovi bayram va post ga katta ahamiyat beradi. Post vaqtida xristianlar yovgon, goshtsiz, sutsiz, savzavot va baliqdan tayyorlangan taomlar istemol qiladi. Katolik – sozi barchaga, butun dunyoga taaluqli manosini bildiradi. U garbiy, Janubiy - Garbiy, Markaziy va shimoliy yevropada, Ukraina va Belarussiyaning garbiy hududlari, Lotin Amerikasida va AQSH da keng taeqalgan. Katolik talimoti xrtistian dinining yonalishlaridan biri sifatida uning asosiy aqidalarini va udumlarini tan oladi, biroq diniy talimotida bir qator oziga xos xususiyatlar bor.

8 Xristianlik dinida yana bir qator oqimlari mavjud. Ular: Protestantlik Lyuteranlik Kalvinizm KONGREGATSIONALISTLAR Presviterianlik Batizm Pratestantlik – Xristianlikning yirik yonalishlaridan biri bolib u bir qator Yevropa mamlakatlarida Orta asrlar Katolitsizmida vujudga kelgan Reformatsiya ( lot. Reformatio - ozgarish, tuzatish) va islohatchilar tomonidan Bibliya goyalaridan chekinish, deb izohlangan jarayonlarga munosabat sifatida yuzaga kelgan.

9 Buddizm (Budda nomidan olingan), Buddaviylik jahonda keng tarqalgan dinlardan biri (xristianlik va islom dini bilan birga). Unga e ʼ tiqod qiluvchilar taxminan 500 mln.dan ortiq. Miloddan avvalgi 65- asrlarda Hindistonda paydo bo ʻ lgan. Markaziy Osiyo, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida va Uzoq. Sharqda tarqalgan. Hozirgi kunda Buddizm Shri Lanka, Myanma (Birma), Tailand, Laos, Kamboja, Vyetnam, Tibet, Butan va Yapokabi davlatlarning asosiy dinidir. Buddizm muayyan tarixiy davrlarda Xitoy, Hindiston, Koreya va Indoneziyada, deyarli butun Osiyo xalqlari, ya ʼ ni jahonning salkam 2/3 kismi aholisi ma ʼ naviy qadriyatlariga juda katta ta ʼ sir ko ʻ rsatgan. Rivoyatlarga ko ʻ ra, Buddizmga Siddhartha Gautama (Budda) asos solgan. Buddizmda 2 asosiy yo ʻ nalish mavjud: xinayana va maxayana. Keyingisi juda ko ʻ p sekta va mazhablarga bo ʻ linadi.

10 Boshqa dinlardan farqli ravishda Buddizmda hech bir o ʻ zgarmas narsa yo ʻ q, hatto xudo ham o ʻ zgaruvchan, deb uqtiriladi. Faqat on yoki lahzalar silsilasi mavjud bo ʻ lib, ularning har biri yo ʻ qolib, keyingisiga o ʻ rin beradi. Buddizm ta ʼ limotiga ko ʻ ra, inson doimo azobuqubatga mahkum va bunga uning o ʻ zi sabab bo ʻ ladi. Zero u, garchand befoyda bo ʻ lsada, o ʻ z hayoti va farovon turmushini saqlab qolishga harakat qiladi. Azob uqubatdan qutulish uchun ko ʻ ngil xush ko ʻ rgan barcha narsalardan o ʻ zini tiyish darkor. Muntazam ravishda yolg ʻ ondan, o ʻ g ʻ rilikdan, boshqaga zarar yetkazishdan, zinodan o ʻ zini tiyish hamda meditatsiya (ongni oliy haqiqatga yetishishga qaratish), "bodxi", ya ʼ ni "xotirjamlik"ka va oxiroqibatda nirvanaga (azobuqubatning tugashiga) olib keladi. Nirvanaga yetishish uchun talab qilinadigan axloqiy barkamollik bir emas, bir necha hayotni taqozo etishi mumkin.

11 Buddizm zaminida 3 narsa Budda, Dharma va Sangxaga e ʼ tiqod yotadi. Budda (Siddhartha Gautama) oliy haqiqatga yetishishning yorqin timsoli. Dharma Gautama qoldirgan ta ʼ limot. Bu ta ʼ limotning eng qisqa bayoni "to ʻ rt oliy haqiqat"dan iborat: azobuqubat mavjud; 2) azobuqubatning sababi (istak) mavjud; 3) azobuqubatning tugashi (nirvana) mavjud; 4) azobuqubatning tugashiga olib keluvchi sakkiz bosqichli yo ʻ l mavjud. Sangxa Budda asos solgan va hozirgacha faoliyat ko ʻ rsatib kelayotgan rohiblar jamoasi. Tor ma ʼ noda bu o ʻ tgan ayerlarda "oliy haqiqat"ga yetishgan ko ʻ plab avliyolardir. Sangxa jamoasiga kabul etilgan shaxs quyidagi 10 farzni ado etishga qasamyod qiladi: 1) hech kim yoki hech narsani hayotdan judo qilmaslik; 2) yolg ʻ on so ʻ zlamaslik

12 ; 3) o ʻ g ʻ rilik qilmaslik; 4) jinsiy aloqaga kirmaslik; 5) mast qiluvchi ichimlik ichmaslik; 6) kunning ikkinchi yarmidan to ertangi sahargacha ovqat tanovul qilmaslik; 7) uch kiyimdan ortiq hech narsa bilan tanani bezamaslik; 8) ommaviy ko ʻ ngilxushliklarda ishtirok etmaslik va tomoshabin sifatida qatnashmaslik; 9) baland va yumshoq o ʻ rinda yotmaslik; 10) pul ishlatmaslik. Rohiblar jamoasi asosan B. txeravadasi (aynan oqsoqollar ta ʼ limoti)ga xosdir. Maxayanada "haqiqat yo ʻ li" har kim uchun ochiq: rohiblarga ham, dunyoviy kishilar (ya ʼ ni oddiy qavm)ga ham; Buddaga e ʼ tiqod qilinsa, bas. Kengroq qaralganda, Sangxa muqaddaslik va qudrat xazinasi. Kisqasi, Buddizm Buddaga ergashib, Dharma talablarini bajarish va Sangxa jamoasining a ʼ zosi bo ʻ lib qolishdir.

13 Buddizm tarixi 2500 yildan ortiqdavrni o ʻ z ichiga oladi. Unga dastlab braxmanizm va jaynizmniit ta ʼ siri kuchli bo ʻ lgan. Imperator Ashoka (miloddan avvalgi 3-asr) davrida Buddizm kuchli mustaqil din sifatida shakllandi. 9 asr muvaffaqiyatli faoliyat ko ʻ rsatgan Buddizm Hindistonda inqirozga yuz tuta boshladi va pirovardida bu yerda uning o ʻ rnini xinduizm to ʻ liq egalladi. Ammo Buddizm Shri Lanka, Jan.Sharkiy Osiyo va Markaziy Osiyo orkali Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetga yoyilib ulgurgan edi. Shri Lanka va Jan.Sharqiy Osiyoning materik qismida B.uddaviylik txeravadasi (qad. an ʼ analarga sodiqlik), Xitoy, Koreya, Yaponiya va Tibetda esa maxayana (yangicha yondashuvlar) tarkaldi. 15- asrda Osiyo qit ʼ asida paydo bo ʻ lgan yevropaliklar Buddizm bilan tanishdilar.
Download 18,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish