O`rta asrlarda dunyo haqidagi tasavvurlar. О`rta asr kishilarining tasavvurlari din bilan uzviy bog`liq bo`lgan. Kishilar yerdagi og`ir qismatlari uchun vafotidan so`ng jannatda "haqqoniy" hayot bilan taqdirlanishga ishonganlar. Xususan, aniq vaqt haqida tushuncha faqat o`rta asrlarning so`ngida tarqala boshlaydi. Bu davr kishilari uchun vaqt: tong, kun, kech va kechadan iborat bo`lgan. Oylar tushunchasi ham deyarli hech qanday ahamiyat kasb etmagan. Inson hayoti faqat yil fasllarining: qish, babоr, yoz, kuzning allnashinuvi bilan helgilangan. Ayni paytda aholi tomonidan an`analar, urf-оdatlal va udumlarning bajarilishiga qat`iyan rioya qilingan. Insonning o`rtacha umri uzoq bo`lmasdan, odamlar 40 yoshdan so`ng qari hisoblangan. Bolalar o`limi ko`p bo`lgan. Shaharlar va savdoning rivojlanishi bilan odamlarda dunyoni ko`rish imkoniyati tug`iladi. Salib yurishlari esa yevropaliklar ucnun dunyoga darcha ochadi. Sayohatchilar uzoq mamlakatlarda yashovchi xalqlarning urf-оdatlari va madaniyatlari haqida qiziqarli ma`lumotlar olib kela boshlaydilar. Ulardan biri venetsiyalik savdogar va sayyoh Marko Polo edi. O`zining "Marko Роlо kitobi"da sayyоh Uzoq Sharq va Xitoyda 1271-1295-yillar davomida ko`rgan-kechirganlarini tasvirlaydi. Maorifning taraqqiyoti. O`rta asr maktablari antik davr an`analari davomchisi bo`lgan. Uning asosi avvalgidek "yеtti erkin san`at" deb atalgan. Boshlang`ich maktabda grammatika, falsafa asoslari va ritorika o`rganilgan. Yuqori bosqichda arifmetika, matematika, musiqa, geometriya va astronomiyadan bilim berilgan. G`arbiy Yеvrорa madaniyati XII-ХIII asrlardan yuksala boshlaydi. Shaharlarning yuksalishi hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, Vizantiya va Аrab xalifaligi madaniyatlari bilan tanishuv yevropaliklar dunyoqarashi, bilim doirasini kengaytiradi. Shaharlarda xususiy va shahar kengashlari boshqaruvidagi maktablar soni oshib boradi. Bunday maktab o`quvchilari dunyoviy bilimlarni cherkov maktablaridagiga nisbatan kengroq va chuqurroq olishgan. XII asrdan yirik shaharlarda dastlabki oliy maktablar - universitetlar ochila boshlandi. Jumladan, Bolonya va Parijda ilk universitetlar tashkil topib, ular o`z davri uchun yuksak ma`lumot berishgan. Eng yirik universitet Parijda edi. Uning asoschisi qirol xonadoni ruhoniysi Rober de Sorbon bo`lgan. Qiroldan maxsus yorliq olgan universitetlar to`la mustaqil bo`lganlar. ХIII-ХV asrlarda Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari o`z universitetlariga ega bo`lishadi. Ularni рaрa va yepiskoplar, imperator va qirollar, knyazlar va shaharlar tashkil etgan. Angliyaning eng keksa universitetlari Oksford va Kembridj bo`lgan. Manbalarda yozilishicha, Kembridj universiteti Fransiyadan kelgan to`rtta o`qituvchi tomonidan dastlab oddiy bostirmada tashkil qilingan. Italiyada Bolonyadan tashqari, Neapol universiteti bo`lib unga Fridrix II asos solgan. Salamanka Ispaniyadagi eng e`tiborli universitet edi. Muqaddas Rim imperiyasidagi ilk universitet Chexiyada - Praga (1348), so`ng Avstriyada - Vеna (1365) va nihoyat, Germaniyaning o`zida - Geydelberg, Kyoln va Erfurtda ochiladi. Polshaning birinchi universiteti Krakovda, 1364-yilda tashkil topgan. Universitetlar (lotincha universitas - majmua, umumiylik) fanning turli yo`nalishlarida mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o`quv yurtlari. Dastlabki universitetlar XII-ХIII asrlarda Italiyada (Neapol, Bolonya), Ispaniyada (Sevilya, Valensiya), Fransiyada (Parij, Tuluza), Angliyada (Oksford, Kembridj) tashkil etiladi. Magistr va shkolyarlar hamjamiyatlari. Universitet bu o`qituvchi va o`quvchilar jamiyatidir. U ko`p jihatdan o`rta asr sexlarini eslatadi. Sexni ustalar boshqargani singari, universitetni o`qituvchilar - magistrlar boshqarishgan. Universitetlar ko`plab imtiyozlarga ega bo`lgan va mahalliy hukmdorlarga bo`ysunmagan. Agar ular bilan mojaro chiqib hal etilishi qiyin bo`lsa, magistr va shkolyarlar (talaba) boshqa joyga ketardilar. Kо`р hollarda ulardan uzr so`rab qaytishlarini iltimos qilishgan: sababi bu davrda o`z universiteti bo`lishi har qanday shahar uchun sharaf hisoblangan. Taniqli o`qituvchilar ma`ruzalariga shkolyarlar Yevropaning turli burchaklaridan kelisligan. Ba`zida, Parijda 30 minggacha talaba baravariga to`plangan. Talabalar hayoti, bir xil tabaqaga mansub shkolyarlar jamoalari birlashmalar tomonidan boshqarilgan. Omadli talabalar hozirgi yotoqxonalarga o`xshash kollegiyalarda joylashishga muvatfaq bo`lardilar. Eng qadimgi Parij kollegiyalaridan biri - Sorbonning nomi keyinchalik butun universitetga o`tadi. Angliya va Fransiyada kollegiyalar yangi o`quv muassasalari - kollejlarga asos bo`ladi. O`qitish fakultetlarda olib borilgan, ularning har birini dekan boshqargan. Hamjamiyat tepasida esa - saylangan rektor yoki hokimiyat tomonidan tayinlangan kansler turgan. Parij universitetida to`rtta: biri quyi - tayyorlov va uchtasi oliy fakultet bo`lgan. Quyi fakultetda yetti erkin san`at o`rgatilgan. San`at lotinchada "artes" deyilgan, shuning uchun fakultetni artistlik, uning talabalarini artistlar deyishgan. Albatta, bu artistlarning teatrga umuman dahli bo`lmagan. San`at fakultetida bir necha yil tahsil olgan shkolyar birinchi ilmiy daraja bakalavrga imtihon topshirib ko`rishi mumkin edi. Bakalavr nimasi bilandir xalfani eslatardi: u o`qishni davom ettirar, bir paytning o`zida o`zi ham o`qita boshlardi. Artistlik fakultetida o`qishni to`liq yakunlagan bakalavr nisbatan murakkab - erkin san`atlar magistri unvoniga imtihon topshirishi mumkin edi. Faqat magistrlar Parij universititetining uch oliy fakulteti: ilohiyot, huquqshunoslik yoki tibbiyotda o`qishlari mumkin edi. Ularning har birida yana bakalavrlikdan boshlab, hamma bosqichdan o`tgandan so`ng oliy daraja - doktorlik unvonini olish mumkin edi. O`rta asr Yevropasi ilm dunyosida iloniyot, tibbiyot yoki huquqshunoslik doktorlari eng e`tiborli kishilar hisoblangan. Maktab va universitetlarning taraqqiyoti davomida kitobga talab kuchayib boradi. Ilk o`rta asrlarda kitob juda kamyob, qimmatbaho narsa hisoblangan. Kitob varaqlari реrgamеntda (maxsus ishlov berilgan buzoq terisida) bitilgan. Kitoblarni ХII asrdan rohiblar emas, shaharlarda maxsus ochilgan ustaxonalarda hunarmandlar tayyorlanishi bilan ular arzonlasha boshlaydi. XIV asrdan qog`ozdan keng foydalanisn kitob ishlab chiqarishni yanada ko`paytiradi. Dastlab qog`oz Yevropaga Samarqand va boshqa musulmon shaharlaridan keltirilgan. ХII asrdan Ispaniyada Yevropadagi dastlabki qog`oz ishlab chiqarish ustaxonalari quriladi. XIV asrdan Italiyada ham qog`oz ishlab chiqarish keng tarqaladi. Dastlab qog`ozni eski lattalardan tayyorlashgan. Nemis injeneri Iogann Gutenberg 1445-yili kitob bosish dastgohini kashf qiladi. Uning ixtirosi kitobni ommaviy tarqalishiga olib keladi. Fan taraqqiyoti. Oksford universiteti professori Rojer Bekon (ХIII asr) fandagi yutuqlarga faqat ilmiy kuzatishlar va tajribalar yo`li bilan erishish mumkinligini isbotladi. Uning o`zi optika, fizika, kimyo fanlariga oid tajribalar o`tkazadi. Bekon o`zi suzadigan kema, suv osti kemasi va havoda uchadigan apparatlar qurish mumkinligini aytgan. Bekonning hayoti qiyinchiliklar va xavf-xatarli, cherkov ta`qibida o`tgan. U uzoq yillar qamoqda ham bo`lgan. Cherkov "har qanday bilim o`z maqsadi bо`yicha xudoni anglashga yо`llangan bо`lmasa, gunoh", deya ta`kidlardi. Lekin xo`jalik taraqqiyoti ko`r-ko`rona e`tiqodga asoslangan bo`lmay, balki fanning rivojlanishini taqozo etgan. O`rta asrlarda astrologiya, alximiya fanlari yuksak rivojlangan. Мunajjim-astrologlar osmon jismlari harakatlarini o`rganib kelajakni oldindan aytib berishga intilganlar. Qirollar, sarkardalar, savdogar va sayyohlar biror tadbirni boshlashdan avval, albatta ular bilan maslahatlashganlar. Alximiklar har qanday ma`danni oltinga aylantirtuvchi "sehrli toshni" izlaganlar. Tajribalar yangi kimyoviy birikmalar, kislotalar, mineral bo`yoqlar olisnga imkon beradi. Munajjim va alximiklar o`z izlanishlari davomida kimyoviy pechni, tozalash, haydash, filtrlash asbob-tlskunalarini ixtiro qilganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |