31-§. RUSDA FEODAL TARQOQLIK, UNING OQIBATLARI
Feodal tarqoqlik. Rus yerlarining fojiasi o`zaro qonli urllshlarda edi. Вundan foydalangan qipchoqlar hujumlari vaziyatni yanada murakkablashtirar edi. Ayrim knyazlar qipchoqlar bilan ittifoq tuzib, qo`shni knyazliklarga qarshi urushlar qilishi holatlari ham uchrab turardi. Asta-sekin ko`pgina knyazlar bu vaziyatdan chiqishni, nizolarga chek qo`yishni o`ylay boshlaydilar. Kiyev knyazi Yaroslav Donishmandning o`g`li Vladimir Monomaxning 1097-yili Lyubech shahrida knyazlarning birinchi syezdini chaqirishi ham, asosan, o`zaro urushlarga chek qo`yishga mo`ljallandi. Syezdning muhim qarori "har kim o`z yeriga egalik qilsin" deyilishidan maqsad o`zga knyazliklarga qarshi bosqinlarni to`xtatish ko`zda tutilgan edi. Ayni paytda Kiyey knyazining mavqei pasayadi. U ilgarigidek rus yerlarini o`g`illariga istaganicha bo`lib berish huquqidan voz kechishga majbur bo`ladi. Kiyey Rusi o`z tarixining muhim bosqichi siyosiy tarqoqlik davriga kiradi. Rus qipchoqlarga Vladimir Моnоmaх (1113-1125) va uning o`g`li Mstislav (1125-1132) davrida katta talafotlar yetkazadi. Lekin Моnоmaх va Mstislavning vafotidan so`ng nizolar kuchayib boradi. Rusda bu paytda 15 ta mustaqil knyazlik bo`lsa, keyingi asrda, Botuxon bosqinlari arafasida ularning soni 50 taga yetadi. Novgorod respublikasi. Novgorod Kiyev bilan aloqasini uzgan dastlabki knyazlik bo`lgan. ХI asrda vujudga kelgan Novgorod, keyinchalik faqat Rusninggina emas, Yevropaning ham yirik hunarmandchilik va savdo markaziga aylandi. An`anaga ko`ra, ХI asrda Novgorod knyazligiga Kiyey knyazining to`ng`ich o`g`li qo`yilgan. Lekin yillar o`tib mahalliy boyarlar ta`siri kuchayib, ular knyaz hokimiyatini cheklay boshlaydilar. Shu tariqa Novgorod boyarlar respublikasiga aylana boradi. 1136-yili novgorodliklar vechesi Monomaxning nabirasi Vsevolod Mstislavichni knyazlik taxtidan chetlatib, zindonga tashlashga qaror qiladi. Xuddi shu paytdan shahar uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. Novgorod siyosiy hayotida asosiy o`rin xalq vechesida saylangan shahar hokimi, saylanadigan "shahar dumasi" va yepiskop qo`liga o`tadi. Uglich shahrida Yuriy Dolgorukiyga haykal o`matilgan. 1136-yili Novgorod uzil-kesil feodal respublikasiga aylanadi. VIadimir-Suzdal knyazligi. Moskva. Мahalliy boyarlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi XII-XIII asrlarda Kiyey, Galich-Volin, Vladimir-Suzdal knyazliklarida ham kuzatiladi. Vladimir Monomaxning o`g`li Yuriy Dolgorukiy XII asrda Volga va Oka daryolari havzasidagi yerlarni boshqarar edi. Knyazlikda XI-XIII asrlarda Rostov, Suzdal, Yaroslavl, Vladimir, Yurev kabi shaharlarga asos solinadi. Knyaz Dolgorukiyning Kiyey ustidan 1147-yilgi g`alabasini nishonlash sharafiga asos solgan Kuchkovo qo`rg`oni, keyinchalik Moskva nomini oladi. Yuriy Dolgorukiyning avlodlari Vladimir knyazligini Ivan Grozniyga (1547) qadar boshqaradi. Vladimir-Suzdal knyazligi va Moskva shahri XIV asrdan Rus yerlarining birlashuviga asos bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |