Ocr document


VI ВОВ. SALJUQIYLAR YА USMONLI TURKLAR



Download 0,78 Mb.
bet38/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

VI ВОВ. SALJUQIYLAR YА USMONLI TURKLAR
34-§. SALJUQIYLAR VА USMONLI TURKLAR DAVLATLARI
Saljuqiylar davlati. O`rta Osiyoda Saljuqbek asos solgan sulola boshchiligidagi o`g`uz qabilalarining Old Osiyoga yirik harbiy yurishlari ХI asrdan kuchayadi. Kо`р o`tmay Vizantiya va unga qo`shni Eron, Iroq, Ozarbayjon, Sharqiy Armaniston hududlarida Saljuqiylar davlati shakllanadi. Ichki ziddiyatlardan zaiflashgan Sharqiy Rim imperiyasi ko`chmanchi turk qabilalari hujumlariga qarshilik ko`rsata olmaydi. Vizan­tiyaning yоllanma qo`shini esa 1071-yili Saljuqiylar sultoni Alр Arslon lashkari tomonidan Mansikert jangida tor-mor etiladi. Imperator Roman IV Diogen jangda halok bo`ladi. Вu mag`lubiyatdan so`ng vizantiyaliklar deyarli qarshilik ko`rsata olmaganidan ko`p sonli turkiy qabilalar Kichik Osiyoga yо`l oladi. Saljuqiylar davlati - Yaqin va O`rta Sharq, qisman Мо­varounnahrda saljuqiylar sulolasi boshqargan davlat (1038-1308). Saljuqiylar davlatiga Saljuqning nevarasi Sulton To`g`rulbek asos solgan. Ijtimoiy tuzum. O`g`uzlar bu paytda urug`-jamoachilikning in­qirozi va yangi ijtimoiy munosabatlarning paydo bo`lishi bosqichida yashaganlar. Chorvaning asosiy qismi va yaylovlarga egalik qilish huquqlari yangi shakllanayotgan boylar tabaqasi qo`lida to`plallib boradi. ХI asr oxirida Kichik Osiyoni deyarli to`liq bosib olgan o`g`uzlar o`zlarining qator amirliklarini tuzadilar. Amirliklar rasman Saljuqiylar sulolasi hukmini tan olsalar-da, amalda o`z mulklarini mustaqil bоshqarganlar. Ko`chmanchi turkiy qabilalarning o`troq hayotga o`tishi ayni shu paytdan boshlanadi. O`troqlashayotgan turklar o`lkaning tub aholisi yunonlar va armanlar kabi dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug`ullana boshlashi kuzatiladi. Вu jarayonlar XII - ХIII asrlarda Sal­juqiylarda ham feodal davlatini uzil-kesil shakllanshiga olib keladi. Mamlakatda shakllangan yirik yer egaligi va soliqlar tizimi Sharq­dagi islom davlatlarinikidan deyarli farq qilmagan. Ahamiyatli jihati saljuqiylarda davlat yerlarining xususiy yerlarga nisbatan ko`p bo`lishida edi. Davlat yerlarining katta qismi iqto` tarzida harbiylar va amaldor­larga, xizmatlari evaziga in`om etilgan. Iqto` dastlab merosiy mulk bo`lmasdan, faqat xizmat muddati davomida foydalanish sharti bilan berilgan. Shaharlar taraqqiyoti. Saljuqiylar davrida Kichik Osiyodagi Kо`nyо, Suvas, Qaysariyalar eng yirik shaharlar qatorida bo`lib, ularda о`n minglab aholi yashagan. Turklar istilosidan so`ng shaharlar qiyofasi ham o`zgarib, sharqona tus ola boshlaydi. Sulton devoni hujjatlari va yozishmalar fors tilida olib borilgan. Sharqning buyuk mutafakkiri Jaloliddin Rumiy (1207-1273) o`z ijodi­ning asosiy qismini Ko`nyoda o`tkazgan. Asta-sekin turkiy qabilalarning mahalliy aholi bilan aralashishi yangi etnos- turk xalqining shakllanishiga asos bo`ladi. Вu jarayon ХIII asrning 20-30-yillarida kuchayadi. Lekin 1243-yilgi mo`g`ullar bosqini davlatning keyingi taraqqiyotiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. XIV asr boshlariga kelib Kichik Osiyodagi Saljuqiylar davlati butunlay parchalanib ketadi. Usmoniylar davlatining tashkil topishi. Saljuqiylar davlatining o`rnida ko`plab beyliklar tashkil topadi. Ulardan biri - Usmon beyligi Kichik Osiyoning shimoliy-g`arbiy hududida, Eskishaharga yaqin joyda edi. Uning keyingi taraqqiyotiga, beylikning Vizantiya bilan qo`shni bo`lgani qo`i keladi. Tоbоra zaiflashib borayotgan imperiyaga qarshi harbiy harakatlar beylik yerlarining kengayib borishini ta`minlaydi. Keng istilolar Usmoniylar qo`shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib qo`shilishini ta`minlaydi. Sulola asoschisi Usmon (1299­-1326) davrida qator yurishlar uyush­tirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. Uning o`g`li О`rхоn Vizantiya shaharlari Nikeya va Niko­mediyalarni olib, Qora dengiz sohiliga chiqadi. Dastlab beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo`lgan. Xususan bеy unvoni, Usmon va O`rxonga qa­bila boshliqlari yig`inida berilgan. Beylarning asosiy vazifasi esa turkiy qabilalar harbiy kuchlarini, qo`shni hududlarni istilo qilishini ta`minlash bo`lgan. Beylikning kuchayib borishi, uning boshqaruvida ham o`zgarishlarga olib keladi. Natijada, O`rxonning boshqaruvi paytida ilk bоr vazir lavozimi ta`sis etiladi. Tanga рul zarb qilinib, davlat yerlari ma`muriy birliklarga bo`linadi. О`rхоn harbiy islohot o`tkazib qo`shinni piyoda va otliq qismlarga ("musallam"), alohida harbiy birliklarga aylantiradi. Usmonlilar davlati - Kichik Osiyo, Sharqiy Yеvroрa, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika, qisman Kavkaz va Qrimda usmоnlilar sulolasi boshqargan davlat (1299-1922). Asoschisi - Usmon I Bolqon yarim orolidagi istilolar. Usmoniylar istilosiga qadar Bolqon yarim orolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar mavjud edi. Аmmо, siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyatlar bu davlatlarni turklar istilosiga qarshi birlashuviga imkon bermaydi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar 1353-1357-yillari bo`lgan. Uning asosiy qismini turklar keyingi o`ttiz yil davomida egallaydilar. Usmoniy­lar poytaxti Bolqondagi Edirne (Adrianopol)ga ko`chiriladi. XIV asrning 80-yillaridan Serbiyaga hujum boshlanadi. 1389-yilda Kosovo maydonida­gi jangda turk qo`shinlarining g`alabasi serblarning o`z mustaqilligini yo`qotishiga olib keladi. Usmoniylar 1393-yili Bolgariya poytaxti Tirnovo shahrini, 1396-yili Nikopol yonidagi jangda venger, valax, bolgarlardan tuzilgan 60 minglik ritsarlar qo`shinini yengadi. Turk sultoni Boyazid (1389-1402) bu janglarda o`zining tezkor g`alabalari bilan shuhrat qozonib - Yildirim (Shiddatli) nomini oladi. Sultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani sarosimaga solgan. Ayni paytda, Amir Temurning Boyazid­ga qarshi Kichik Osiyo yurishi boshlanadi. 1402-yilning yozida Anqara yaqinidagi jang­da sohibqiron qo`shinlari Boyazid lashkarini yengadi. Bu voqea turklar tomonidan Kоns­tantinopolning olinishiga yо`l qo`ymay, Vizantiyaning yana 50 yil yashashiga irn­kon yaratadi. Konstantinopolning qulashi. Usmoniylar sultoni Мехmеt II (1451­-1481) yuz minglik qo`shini bilan Konstantinopolni qamal qiladi. 1453-yilning 29-mayida Konstantinopol turklar tornonidan olinadi. Vizantiyaning so`nggi irnperatori jangda halok bo`ladi. Usmnoniylar sha­harni Istanbul deb nomlab, unga o`z poytaxtlarini ko`chiradi. Usmoniy turklar g`alabalarining omillari. Usmoniy turklar qudrati yaxshi tashkil etilgan otliq va piyoda qo`shin, lashkarboshilik xusu­siyatlariga ega sultonlarning, hukmdorga sadoqatli yanicharlar piyoda qo`shinining bo`lishida edi. Usmoniylar otliq qo`shinni kuchaytirishga alohida e`tibor qaratdilar. Qo`shinni har bir suvoriysiga 3-5 ming piastr daromad keltiradigan yer-mulk - tumori berilgan. Вu yerlar faqat turklarga va harbiylarga xizmatda bo`lgan paytida taqdim etilgan. Natijada otliq qo`shin soni 150 ming suvoriygacha yetgan. Sulton Yevropadagi eng yaxshi piyoda qo`shinga ham ega edi. XIV asrning o`rtalaridan, asirga olingan eng sog`lom va baquvvat xristian bolalaridan, sultonning shaxsiy gvardiyasi jangchilari tarbiyalangan. Yillar o`tib bolalar o`z tilini va dinini unutib, sultonning sodiq yani­charlariga aylangan. Usmoniy turklar sultoni jangga hamisha o`zining sodiq yanicharlari bilan kirgan. Oilasi, boyligi, mol-mulki bo`lmagan yanicharlar sulton uchun jonini ham ayamagan. Ular Varna, Kosovo, Konstantinopol janglaridagi g`alabalarga katta hissa qo`shganlar. Turk qo`shiniga shuhrat keltirgan lashkarboshi va jangchilarning aksari ko`pchiligi yanicharlardan chiqqan. Usmoniylarning keingi istilolari Yevropa va Osiyoni bog`lab turgan savdo yо`llari ustidan nazorat, Vizantiya poytaxti olinishi bilan turklar qo`liga o`tadi. ХV asrning ikkinchi yarmida Usmoniylar davlati o`z istilolarini dayоm ettiradi. 1475-yili Qrim yarim oroli bo`ysundiriladi. Kо`р o`tmasdan Moldaviya va Valaxiya turklar vassalligini tan olishadi. Old Osiyoda turklar Mesopotamiya, Armaniston va Gruziyaning g`arbiy qismini, keyinroq Suriya va Arabistonni bosib oladilar. Keng istilochilik yurishlari Usmoniylar imperiyasining tashkil topishi bilan yakunlandi. Madaniyati. Usmoniylar jamiyatida XV asr oxirida madaniyatning turli sohalari: adabiyot, tasviriy san`at, me`morchilik ravnaq topdi. Geografik bilimlar va tarixshunoshlik ham yaxshi rivojlandi. Mamlakatda shoira Меhri хоtun va shoir Mulla Mahmud kabi qa­tor iqtidorli shoirlar yetishib chiqdi. Turk me`morchiligi turli mam­lakatlardan keltirilgan usta - quruvchilar tajribasidan foydalanib yuksala borgan. Millati grek Xoja Sinon (l490-1588)ning qurgan ajoyib me`morchilik durdonalari uni butun jahonga tanitdi. U faoliyati davrida 300 dan oshiq inshootlar masjidlar, madrasalar, saroylar, favvoralar, hammom va ko`priklar qurilishiga boshchilik qilgan. Fanning turli sohalari ichida geografiyaning taraqqiyoti ayniqsa e`tiborga molikdir. Turkiyalik dengiz sayyohi Piri Raisning asarlari, uning O`rta, Qora va Egey dengizlari atlasi - "Вahriya" dunyo fanida­gi katta yutuq edi. Evliya Chalabiyning "Sayahatnoma" ko`p jildli asari, Xoja Xalifaning "Jahonnoma" asarlarida arab va Yеvroрa manbalari aso­sida jahonning turli mamlakatlari tasvirlangan.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish