37-§. XITOY XIII-XV ASRlARDA
Iqtisodiy taraqqiyot. Xitoyda uzoq davom etgan siyosiy tarqoqlik va o`zaro urushlarga Sun sulolasining (960-1279) hokimiyatga kelishi chek qo`ydi. Natijada mamlakat xo`jaligining yuksalishiga zamin yardtildi. Х asrdan suvni nisbatan baland joylarga chiqaruvchi moslamalardan keng foydalana boshlandi. Chig`ir idishlari sopol ko`zachalar yoki yog`ochdan cho`michlar shaklida yasalgan bo`lib ulardan foydalanish ekin maydonlarini ko`paytirish imkonini beradi. Suv tegirmonlari yordamida sholini tozalash, mоy olish, un chiqarish tоbоra keng qo`llanila boshlanadi. Dehqonchilikda almasnlab ekishni Xitoyda ilk о`rta asrlardan qo`llay bosnlaganlar. Еrta pishar ekinlardan ikki marta hosil olingan. Asosiy ekin sholining urug`ini tanlashga, unib chiqqan sholi ko`chatlarini yaganalab isnlov berishga alohida e`tibor qaratilgan. Mamlakat janubida shakarqamish yetishtirish, shimoliy viloyatlarda esa pilla qurti boqish tоbоra keng tus ola boshlaydi. Xitoyda qisnloq xo`jaligidagi yumushlarning deyarli barchasi sodda mеhnat qurollari ko`magida qo`lda bajarilgan. Mamlakatda otlar kam bo`lib, borlaridan ham asosan harbiy maqsadlarda foydalanilgani buning asosiy sabablaridan biri edi. Rivojlangan о`rta asrlarda Xitoyda imperator, harbiy zodagonlar, amaldorlarga qarashli davlat yerlari kamayib, zamindorlarning xususiy yerlari tоbоra ko`payib boradi. Xususiy yerlar, shuningdek, yangi o`zlashtirilayotgan qo`riq va tog`oldi hududlari hisobiga ham kengayib borgan. Yirik mulkdorlar yerlarini ko`payishiga kambag`allarning qarzlari evaziga yerlarini tortib olinishi ham xizmat qilgan. Shu tariqa ХI asr boshlarida ekin maydonlarining yarmi yirik zamindorlar qo`liga o`tadi. Вu yerlarda asosan ijarachi dehqonlar ishlaganlar. Xitoyda erkin dehqonlarning aksari qismida 30-40 mu yer bo`lib, davlat bu tabaqani qo`llashga intilgan. Xitoy dehqonlari o`zlari yetishtirgan mahsulotlaridan davlatga har yili ikki marta soliq to`laganlar. Yеr solig`i sholi yoki bug`doy bilan to`lansa, pilla boqqan xonadonlar soliqni gazlama bilan ham to`laganlar. Shaharlar va hunarmandchilik. Xitoyda shaharlarning vujudga kelishi Х - ХII asrlarda ham davon etadi. Kayfin, Chendu va Uchan shaharlari Xitoyning yirik savdo va hunarmandchilik markazlari edi. Xitoy savdosida suv yo`llari alohida ahamiyat kasb etgan. Ko`pchilik shaharlar dengiz yoki daryo bo`ylarida, suv va quruqlikdagi savdo yo`llari kesishgan joylarda vujudga kelgan. Shaharlarning o`sishi hunarmandchilikni jadal rivojlanishini ta`minlaydi. Temir, mis qazib olish va eritish ko`payib boradi. Jumladan, IХ asrdagiga nisbatan mis ishlab chiqarish 30, temir eritish 12 marta ko`payadi. Shuningdek, qo`rg`oshin, simob, qalay, oltin, kumush qazib olish ham yuksalib borgan. Xitoyliklar ma`danlarni eritish va ularga ishlov berishda maxsus kimyoviy moddalar, kokslovchi toshko`mirdan keng foydalanishgan. Вu esa temirchilikni yuksaltirib, undan qurol-aslaha, pichoqlar, mixlar, turli idishlar tayyorlashni kengayib borishini ta`minlagan. Хitоyning janubiy viloyatlarida hunarmand-to`quvchilar shoyi gazlamalarning o`nlab xillarini tayyorlaganlar. Ipakdan shoyi so`zana рannо to`qish ХII asrda ixtiro qilinib keng tarqaladi. Xitoyda paxtachilik ham tobora keng yоyilib, XIV asrdan undan gazlama tayyorlash ham rivojlana boradi. Osiyo paxtasining vatani Hindistondir. Undan paxta O`rta Osiyoga kiritilgan. Xitoyga paxta urug`ini dastlab, yurtimiz savdogarlari olib borishgan. Xitoyda ayniqsa hunarmandchilikning an`anaviy turlari kulolchilik, chinni buyumlar ishlab chiqarish taraqqiy etadi. Yangi bo`yoqlar ixtiro qilinadi. Natijada chinnining: nim yashil, nim kulrang va nim havorang kabi nafis ranglilari tayyorlana boshlanadi. Xitoy shaharlarida kiyim tikish, poyafzal, ro`zg`or buyumlari, yelpig`ichlar, soyabonlar, zeb-ziynat buyumlari ishlab chiqaradigan ko`plab do`kon va ustaxonalar joylashgan edi. Ustaxonalarda mehnat taqsimoti shakllanmasdan hunarmand har bir buyumni tayyorlashda to boshidan oxiriga qadar o`zi qatnashgan. Xitoyda bo`lgan Marko Poloning yozishicha, ustaxonalarda 10 tadan 40 tagacha kishi ishlatilgan. Sex a`zosi bo`lish Xitoy hunarmandlari uchun majburiy edi. Yеyropadagi kabi undagi sexlar ham xalfa, shogirdlar sonini, ularning ish sharoitini, tayyor hunarmandchilik buyumlarini sotishni, hunar sirlarini saqlashni nazorat qilgan. Savdo. Yevropadan farqliroq, Xitoy shaharlarining hulnarmandlar yashaydigan qismida ham qizg`in savdo olib borilgan. Shaharlarda hatto tungi bozorlar ham joriy etilgan. Katta bayram kunlari yarmarkalar tashkil qilingan. Mamlakatda рul munosabatlari yuksalgan, mis va temir pullardan tashqari, kumush va oltin, hatto qog`oz рullar ham tayyorlangan. Xitoy qo`shni mamlakatlar bilan keng ko`lamda savdo-sotiq olib bоrgan. Buyuk Ipak yo`li Xitoyni O`rta Osiyo orqali Еron va Vizantiya bilan savdo olib borishiga imkoniyat yaratgan. Dengiz sohilidagi port shaharlari: Ninbo, Xanchjou va Guanchjoular Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan faоl savdo olib borishgan. Yozma manbalarda o`rta asrlarda Xitoyning port shaharlarida, bir paytning o`zida 200 mingga yaqin: hind, arab, fors, arman, yahudiy savdogarlari bo`lgani qayd etilgan. Mo`g`ullar istilosi. Dastlab Xitoyning shimolida tuzilgan mo`g`ullar davlati Xubilay xonligi davrida (1259- 1294) o`z ta`sirini mamlakatning markaziy va janubiy hududlariga ham o`tkazadi. Xitoy 1279-yili to`liq bo`ysundirilib, yangi mo`g`ullar sulolasi Yuan (1279-1368) nomini oladi. Mo`g`ullar Xitoydagi yerlarni, unda yashaydigan dehqonlari bilan birga bo`lib olishadi. Аmmо dehqonchilikda xo`jalik yuritish usullari va soliqlar avvalgicha qoladi. Mo`g`ullar davrida to`lovlarning oshib borishi faqat dehqonlar va hunarmandlarni emas, hatto savdogarlarni ham хоnayayrоn qiladi. Hukumat to`xtovsiz o`sib borayotgan xarajatlarni qoplash uchun qo`shimcha qog`oz pul chiqara boshlaydi. Bu esa pulning qadrsizlanishiga, mahsulot va hunarmandchilik buyumlarining qimmatlashishiga sabab bo`ladi. Xubilay mamlakatni boshqarishning xitoycha usulini qo`llasa-da, maballiy amaldorlar xizmatidan voz kechadi. Natijada davlat moliyasi o`zbek Ahmadga topshirilsa, Nasriddin va Masariylar lashkarboshilikka tayinlangan. Davlat amaldorlari orasida turli xalq vakillarini uchratish mumkin edi. Xususan, venetsiyalik sayyoh va savdogar Marko Polo Xubilayxon saroyida yuksak lavozimni egallagan. Min sulolasi boshqaruvi. Mo`g`ullar imperiyasining inqirozi boshlanishi bilan XIV asrning o`rtalaridan Xitoyda ham xalq ozodlik harakati kuchayadi. Xenan va Shandun viloyatlarida 1351 –yili boshlangan dehqonlar qo`zg`oloni tez orada butun mamlakatni qamrab oladi. Qo`zg`olonga rohib Chju Yuan-Chjan boshchilik qiladi. 1368-yili mo`g`ullardan ozod bo`lgan Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi faoliyati boshlanadi. 1368-yili Xitoyda Yuan Chjan asos solgan Min imperiyasi tashkil topadi. Min qo`shinlari mo`g`ullarni ta`qib etib ularning poytaxti Qoraqurumni egallab, yondirib yuboradi. Shu tariqa ko`chmanchilarning Xitoyga hujumlariga chek qo`yiladi. Bunda xitoyliklarga o`q-dori (porox) va zambaraklardan keng foydalanishi qo`l keladi. Mamlakat xo`jaligini tiklash uchun hunarmand va savdogarlardan olinadigan to`lovlar kamaytirilib, qullarni ozod qilish haqida qonun qabul qilinadi. Sun`iy sug`orish inshootlari, kanallar, to`g`onlar va suv omborlari tiklanadi. Ekin maydonlari kengayib, mamlakat aholisi soni ham osha boradi. Lekin 1380-yilda Xitoyning janubida, shimoldagiga nisbatan 2,5 barоhar ko`p aholi yashar edi. Buning asosiy sababi janubda sholining ertapishar navlaridan 2-3 marta hosil olinishi bo`lgan. Sholining urug`ini sepmasdan, issiqxonalarda o`stirib ko`chat tarzida ekish, uning ochiq maydonlarda pishish muddatini ancha qisqartirish imkonini beradi. Xitoyga ХI asrda qo`shni Tailanddan sholining ertapishar navlarini keltirilishi yuqorida ko`rsatilgan jarayonlarga omil bo`ladi. Xitoy XV asrda. Mamlakatda yirik zamindorlar hokimiyati mustahkamlanishi bilan mo`g`ullar bosqini asoratlarini tugatish uchun dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarga berilgan imtiyoz hamda yengilliklar bekor qilinadi. Dehqonlarga bo`lib berilgan davlat yerlari tortib olinib, hunarmand va savdogarlardan olinadigan soliqlar ko`paytiriladi. ХV asrning boshlaridan Min sulolasining Amir Temur saltanati bilan munosabatlari buziladi. Faqat Amir Temurning qo`qqisdan vafot etishi Xitoyga qarshi yurishning amalga oshmasligiga sabab bo`ladi, Bu esa Xitoyga 1406-yili Vyetnamni, keyinchalik Mo`g`ulistonni istilo qilishiga yо`l ochadi. Mamlakatning iqtisodiy yuksalishi Chjan Хе boshchiligidagi harbiy dengiz floti faoliyatida namoyon bo`ladi. Tarkibida 62 ta kema, 30 ming jangchisi bo`lgan harbiy ekspeditsiya 1405-1433-yillari, Zond arxipelagi, Shri Lanka va Hindistonga 7 marta yurishlar tashkil qiladi. Uning kemalari Ormuz (Fors) ko`rfazi va Sharqiy Afrika sohillariga qadar suzib borgan. Musulmon bo`lgan Chjan Хе Makkani ziyorat qiladi. Bu ekspeditsiyalar Xitoyning mavqeini oshirib, tashqi savdoni kengaytirish imkonini beradi. Xitoy imperatorlari 1415-1420-yillari Samarqandga Ulug`bek saroyiga ham elchilar yuboradi. Lekin Temuriylar davlati mavqeyi balandligidan unga Xitoyning tazyiqi ta`sir eta olmaydi. XV asrning o`rtalaridan iqtisodiy inqirozning boshlanishi Xitoyning ichki taraqqiyoti va tashqi siyosatiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |