Ocr document


-§. O`RTA ASRLARDA AMERlKA



Download 0,78 Mb.
bet44/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

40-§. O`RTA ASRLARDA AMERlKA
Xo`jalik taraqqiyoti. Olimlarning fIkricha, Amerika qit`asiga dastlabki odamlar, Shimoliy Osiyodan hozirgi Bering bo`g`ozi orqali buyuk muzlik davrida, bundan 40 ming yil avval o`ta boshlagan va bu jara­yоn uzoq vaqt davom etgan. Natijada bu yerlarga yevropaliklar kelguniga qadar ham ko`psonli qabila va elatlar shakllangan. Вu qabilalarning asosiy qismi ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Аmmо Markaziy va Janubiy Amerikaning tog` va tog`oldi hududlarida dehqonchilik хо`­jaligi vujudga kelib keng taraqqiy etgan. Вu hududlarda kechua, mayya, astek, olmek va tolteklar yashaganlar. Ular tosh boltalar bilan o`rmondagi daraxtlarni kesib, shox-shabbalarini yоn­dirib kulidan o`g`it sifatida foydalanish­gan. Вu yerlarda yevropaliklarga ma`lum bo`lmagan makkajo`xori, kartoshka, kungaboqar, pomidor, kakao, tamaki ekinlari o`stirilgan. Amerikaning katta qismida xonakilashtirilgan hayvonlar bo`lmagan. Ot, sigir, qo`y va echkilar qit`aga keyinchalik Yevropadan olib kelingan. Ular uy hayvonlaridan shimolda itni, janubda tuyasimon ­lamani boqishgan. Parrandalardan kurka va o`rdak saqlangan. Temir, omoch, g`ildirak, o`t ochar qurollarni amerikalik hindular bilishmagan. Ularning mehnat va оv qurollari: tosh, jez va yog`ochdan yasalgan. Aholining katta qismi urug`chilik jamoasida yashagan. Faqat dehqonchilik bilan shug`ullangan mayya, astek va kechualar o`zlarining davlatlarini barpo qilganlar. Mayyalar davlati. Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi Meksika) chakalakzorlar bilan qoplangan tog` oldi hududlarida qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan. Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi еkin maydonlari har bir oilaga taqsimlangan. Jamoa a`zolari yetishtirgan hosilning bir qismi zodagonlar va kohinlarga berilgan. Dehqonlar soliq to`lashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab berishda, ibodatxonalar va yо`llar qurilishida qatnashganlar. Eng og`ir ishlarni qullar bajargan. Qullar tabaqasi esa asir olingan jangchilar, jinoyatchilar, qarzdorlar va yetimlardan tashkil topgan. Mayyalarda davlat vujudga kelsa­da, jamiyatda urug`chilik tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan. Dehqonlar makkajo`xori, qovoq, kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi mevali daraxtlarni parvarishlash, asalari boqish bilan ham shug`ullangan. Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi" - hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bo`lgan. Hukmdorlar va zodagonlar shahar markazi­da bunyod etilgan saroy-qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti va atroflaridagi dehqon va hunarmandlarning tomi qamish bilan yоpilgan, polsiz kulbalari joylashgan. Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxonalar devorlarida va baland tosh ustunlarda duolar, afsonalar, rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy yil­nomalar o`yib yozilgan. Mayyalar hayotida kohinlar muhim o`rin tutgan. Ular jamoa a`zolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xo`jalik ehtiyojlari bilan bog`liq bo`lib, matematika sohasidagi muvaffaqiyatlarga asoslangan edi. Mayyalar matematikaga "nol"ni anglatuvchi belgini hindlardan ham avval kiritganlar. Mamlakat poytaxti - Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar, Quyosh va oyning tutilishini oldindan aytib bеra olganlar. Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida o`zlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barро et­ganlar. Binolar bo`rtma tasvirlar, ma`budlar haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bo`lmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar ko`chalari tekis va ravon, bir-birlari bilan to`g`ri burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yо`llar ustiga yo`nilgan toshlar qoplangan. Mayyalar shaharlarini ham tosh yо`llar bog`lab turgan. Asteklar davlati. Markaziy Amerikaning hozirgi Meksika hududida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikdagi yassi tog`liklarda mo`tadil iqlimli, unumdor tuproqli ko`rkam bir vodiy joylashgan. Вu yerlarga shimoldan kelgan asteklar katta ko`l o`rtasidagi orollarda ХII asrda Tenochtitlan shahriga asos soladilar, sun`iy to`g`onlar bunyod etilgan, ibodatxonalar va saroylar qad ko`targan. Asteklarda yer taqchil bo`lganidan ko`l tagidan suv o`simliklari va unumdor loyni ko`tarib, sollarda "suzuvchi dalalar" ham yaratganlar. Вu o`ziga xos ekinzorlardan yiliga bir nесha marta hosil olingan. Asteklar qo`shni qabilalarni bo`ysundirib, ulardan soliq olishdan tashqari, ularni har yili ma`lum miqdordagi qullarni ham yuborib tu­rishga majbur etishgan. Asteklar urug` jamoa bo`lib yashaganlar. Jamoa boshliqlari saylab qo`yilgan. Ekin maydonlari jamoaniki bo`lib, uni jamoa a`zolariga taqsimlab berilgan. Hukmron qabila vakillaridan tlatoani - lashkarboshi saylanib, u oliy hukmdor bo`lishidan tashqari, bosh kohin vazifasini ham bajargan. Yuqori lavozimlarni egallagan zodagonlar xizmatlari uсhun maosh olganlar. Urushlar paytida asteklar 150 ming kishilik qudratli qo`shin tuzish imkoniyatiga ega bo`lganlar. Urushlarning tez-tez bo`lib turishi asteklar jamiyatiga mulkiy tabaqalanishni tezlashtiradi. Urush­larda asir olinganlarning ma`lum qismi qullarga aylantirilgan. Davrlar o`tib asteklarda ham urug` zodagonlari mavqeyi kuchayib boradi. Bularning barchasi urug`chilik tuzumining inqirozi va davlatning kuchayib borishidan darak beradi. Asteklar xo`jaligining asosi sug`orma dehqonchilik bo`lgan. Eng muhim ekin makkajo`xori bo`lib, undan mо`l hosil olingan. Xo`jalikda dukkakli ekinlar, qovoq, pomidor, kakao, tamaki, paxta ham yetish­tirilgan. Aholi uy hayvonlaridan it, parrandalardan kurka, tovuq, va o`rdak boqish bilan ham shug`ullangan. Asteklarda nunarmandchilikning kulolchilik, to`qimachilik, mis va oltindan zargarlik buyumlari yasash sohalari yaxshi rivojlangan. Ayni paytda ular ma`danlarni bilishmaganligi sababli bolta va pichoqlarni toshdan yasalishi davom etgan. Zargarlar qimmatbaho toshlarga ishlov berib, qadalma naqshlar (mozaika) yasab, saroy va ibodatxona devorlarini bezashgan. Astek hunarmandlari ayniqsa naqshin idishlar, ajoyib gazlamalar, qush patlaridan tovus kabi tovlanadigan kashtalar tikishda mоhir bo`lganlar. Quruvchilar to`g`onlar, kanallar, хоm g`ishtdan yoki toshdan ustunlar ustida uylar bunyod etganlar. Bozorlarda mоl ayirboshlash orqali savdo yaxshi rivojlangan. Asteklar qo`shni mayyalar ixtirosi asosida o`zlarining quyosh taqvimini yaratganlar. Pik­tografik yozuv shakllangan. Asteklar dini ko`p xudolikka asoslangan edi. Xudolar orasida eng e`tiborlisi, urush xudosi sharafiga hatto odamlar ham qurbonlik qilingan. Ibodatxona kohinlari xalq orasida alohida hurmat ­e`tiborga ega bo`lgan. Piktografik yozuv (lotincha pictus - rasmli va yunoncha gra­рhо - yozaman, rasmli yozuv) - ma`lumotning umumiy mazmunini rasm orqali yoki rasmlarni ketma-ketligi orqali eslab qolish maqsadida tasvirlash. Вu yоzuv neolit davridan beri ma`lum bo`lib, biron-bir tilning yоzuv vositasi hisoblan­maydi. Poytaxt Tenochtitlanda zodagonlarning farzandlari va oddiy xalq bolalari uchun alohida-alohida maktablar bo`lgan. Xalq bо­lalari uchun maktablarda dehqonchilik, hunarmandchilik va harbiy ish o`rgatilgan. Zodagonlarning farzandlari esa: tarix, husnixat, o`qish, hisoblash, astronomiya, she`riyat, notiqlik san`atlari asoslari­ni o`rganishgan. Tenochtitlanda har yili madhiya, qissalar yozadigan shoir-qo`shiqchilar ko`rik-musobaqalari o`tkazilib g`oliblar mukofot­langan. Inklar davlati. Janubiy Amerikaning And tog`lari yоn bag`rida minglab kilometrga cho`zilgan vohalarda inklar davlati vujudga kelgan. Kechua tillariga mansub inklar ХII-­XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Qo`shni qabilalar Kuskoga xavf solgan bir paytda 1438-yili kechualar birlashib bosqinchilarga zarba beradi. Ushbu g`alabadan so`ng Tauan Tinsuyyu (kechua tilida "dunyoning to`rt tomoni") davlati shakllana boshlaydi. Inklar aymara, chimu va boshqa qabilalar yerlarini bosib olib And tog`laridan Tinch okeaniga qadar ulkan masofada o`z hokimiyatini o`rnatadilar. Вu davlatni oliy hnkmdor Sapa Inka (Oliy Inka) boshqargan. U "Quyoshning o`g`li", uning yer­dagi ramzi sanalgan. Aholi shuningdek, turli tabiat kuchlari, yer va suv ilohlariga ham e`tiqod qilganlar. Bosib olingan hududlar aholisiga inklar o`z tartiblarini, madaniyatlarini o`tkazganlar. Natijada dastlab qabila nоmi bo`lgan "ink" atamasi imtiyozlarga ega hukmron toifa ­zodagonlarning umumiy nomiga aylandi. Inklardan bo`lmagan aholi - jamoa bo`lib yashab hukmron toifa uchun ishlagan. Jamoa dehqonlar oilalaridan tashkil topib, ularning har biriga ma`lum yer, ekin maydoni biriktirib qo`yilgan. Jamoalar yetishtirgan hosilning 2/3 qismini davlat va ibodatxonalarga topshirganlar. Mamlakatda rasman qulchilik bo`lmasa-da, jamoa a`zolari shafqatsiz ishlatilgan va deyarli huquqsiz bo`lgan. Tog`lik hududlar dehqonchilik uсhun noqulay edi. Natijada jamoa erkaklari tik qoyalar yonbag`rini o`yib toshlarning ustiga unumli tuproq yoyishgan. Bunday ekinzorlar tuprog`ini yomg`ir yuvib ketmasligi uсhun, atrofi tosh devorlar bilan о`rab chiqilgan. Inklarda asosiy ekin­lar kartoshka va makkajo`xori bo`lgan. Dehqonlar, shuningdek, qovoq, paxta, ananas, banan yetishtirganlar. Yetishtirilgan hosil uchga: bir qismi ibodatxona kohinlari, ikkinchi qismi Oliy Inkaga berilgan, uchinchi qismi esa jamoaga qoldirilgan. Davlat omborlaridan to`plangan oziq mahsulotlaridan qo`shin va amaldorlarga berilgan. Urushlar, hosilsizlik yillari yoki turli tabiiy ofatlar paytida, barсha jabrlanganlarga davlat zaxirasidan makka doni va quritilgan kartoshka tarqatilgan. Xo`jalikda chorvachilikning o`rni ham muhim bo`lib, tuyasimon lama va alpakalarni faqat go`shti va juni uсhun boqishmasdan, ulardan yuk tashish uсhun ham foydalanilgan. Inklarda hunarmandchilik yuksak rivojlangan. Oltin, kumush qazib olinib, ulardan buyumlar tayyorlash, kulolchilik va zargarlik, to`qimachilik, bo`yoqchilik, qurilish sohalari ayniqsa yuksalgan. Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog`laydigan, umumiy uzunligi 15 ming kilometr bo`lgan tosh yо`llar barро etilgan, viloyatlar orasida pochta xizmati o`rnatilgan. Maxsus choparlar yugurgan holda bir-­birlariga xabarni yetkazib, uni uzoq masofalarga eltishgan. Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o`qigan. Yozuv bo`l­magani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma`lumotlarni yod­laganlar. Inklarning o`ziga xos "tu­gunli xati" (kiрu) bo`lib, uning sir­lari faqat ruhoniylarga ma`lum edi. Inklarning matematika, astrono­miya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida сhuqur bilimlari bo`lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo`lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish