14-Amaliy mashg'ulot Moyli o'simliklarining morfologiyasi. Kungaboqar o’simligi
Kungaboqar – muhim moyli ekinlardan biri. Zamonaviy kungaboqar navlarining
urug'larida 50-54 % yarim quriydigai sifatli moy saqlanadi. Uning moyidan bevosita oziq-ovqatga, baliq, sabzavot konservalarini tayyorlashda, margarin, non va konditer mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi.Botanik ta'rifi. Kungaboqar Astralar (Asteraceae) oilasiga kiradi. Helianthus annuus L. turi ikkita alohida turga – H.
cultus wenze L. – madaniy kungaboqar va H. ruderalis wenze L. – yovvoyi kunga-boqarga bo'linadi. Madaniy kungaboqar ikkita kenja turga – ssl. sativus wenze L. madaniy ekma kungaboqar va ssl. ornamentalis wenze L. madaniy manzarali kunga-boqarga bo'linadi.
Madaniy ekma kungaboqar – bir yillik o'tsimon o'simlik, tuproqqa 2-4 m chu-qurlikka kirib boruvchi, 100-150 sm atrofga taraluvchi o'q ildiz tizimiga ega.
Poyalari yog'ochlashgan, ichi g'ovak prenxima bilan to'la, bo'yi 0,6-2,6 m, silos navlarida 3-4 m, tik o'sadi, shoxlanmaydi. Usti qattiq tuklar bilan qoplangan.
Barglari yirik, bandli, uzunligi 20-40 sm ovalsimon, yuraksimon, uchi o'tkirlashgan, tuk bilan qalin qoplangan. Barglarning cheti tishli. Pastki 3-5 juft barglari poyada qarama-qarshi joylashgan, qolganlari navbatlashgan. Bitta o'simlikda barglar soni 14-50 ga yetadi. Ertapishar navlari kamroq, kechpisharlari ko'p barg hosil qiladi.
To'pguli – savatcha qovariq yoki botiq, tekis disksimon, moyli navlarda diametri 15-25 sm, chaqiladigan navlarda 45 sm. Bir necha bargchadan iborat o'rama bilan o'ralgan. Gul o'rnining chetida pushtsiz, tilsimon savatcha ichida naychasimon meva hosil qiluvchi gullar joylashgan. Bitta savatchada 600-1200 gul bo'ladi.
36-rasm. Kungaboqar. 1,2-unib chiqish va gullash fazalaridagi o'simlik; 3-
yetilgan sa¬vatcha; 4-gul va uning organlari; naychasimon (a) va tilsimon
(b), urug'cha (a), changchi (g); 5-chang (kat¬talashtirilgani); 6-to'pgulning
kesimi; 7) kungaboqarning butun va kesilgan mevalari; moyli (a), oraliq
(b) va chaqiladigan (v)
Mevasi – pistacha, siqilgan tuxumsimon shaklda, to'rtta qirrasi bor. U urug' - yupqa urug' po'sti bilan qoplangan mag'iz va mag'izga yopishmay turadigan teri-simon pishiq meva po'stidan iborat. Po'chog'i oq, kulrang, qora yo'l-yo'l yoki yo'lsiz bo'ladi, 1000 pista vazni 40-175 g. Po'chog'i pista vaznining 22-46 % ni tashkil qiladi.
Urug'i (mag'iz) – murtak, yupqa urug' po'stidan, murtak esa ildizcha, kurtakcha va ikkita urug'palladan iborat.
Navlar: O'suv davri tezpishar navlarda 8O-100, ertapisharlarda 100-120,
o'rtapisharlarda 120-140 kun. Kungaboqarning O'zbekistonda Krasotka, HS-8506, Cambred-l254, Luchaferul navlari Davlat reestriga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |