Mavzu: Tomatdosh ekinlar konservalarini tayyorlash texnologiyasi Kirish Asosiy qism Xom-ashyo tavsifi
Chuchuk qalampir pyuresini tayyorlash texnologiyasi
Tomoat pyuresini tayyorlash texnologiyasi
Konservalangan tomat souslarini tayyorlash texnologiyasi
Gazak konservalar ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan tomatdoshlar
Hisoblash qismi 5 % li 5000 l xom tomat pulpasidan qancha tomat pastasi chiqishini hisoblash
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda keyingi yillarda meva, uzum va sabzavot mahsulotlarini yetishtirishni rivojlantirish va yalpi hosilni keskin darajada oshirish mo’ljallangandir. Shuning bilan birga yetishtirilgan mahsulotlarni isrof bo’lishiga va nobudgarchilikka yo’l qo’ymaslik hamda qo’shimcha daromad olish uchun ularni qayta ishlab, sifatli, raqobatbardosh konserva, sharbat hamda quritilgan mahsulotlar tayyorlashni keng yo’lga qo’yish va o’z navbatida ularni eksport qilish hajmini oshirish muhim va dolzarb masalalardandir.
Xususan, so‘nggi yillarda bir qator farmon va qarorlar qabul qilindi. Bularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida meva-sabzavotchilikni jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5388 va 2019 yil 23 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853 sonli farmonlari hamda 2018 yil 17 oktyabrdagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3978, 2019 yil 14 martdagi “Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4239 qarorlarini keltirish mumkin.
Yuqorida qayd etilgan farmon va qarorlarni oqilona amalga oshirish hamda vatanimizda meva-sabzavotchilik va uzumchilikni yanada rivojlantirish va shuning bilan birga meva-sabzavotlarni qayta ishlab sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar tayyorlashda fermerlarimiz muhim o’rin tutadilar. Sabzavotchilik, xususan pomidor ekinlaridan mo’l hosil yetishtirish va ularni qayta ishlab turli maxsulotlar tayyorlash mamlakatimiz oziq –ovqat sanaotida muhim strategik ahamiyatga ega bo’lgan sohalardan biri hisoblanadi.
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab, mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini o’zimizda yetishtirilayotgan tomat mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojini to’la qondirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularni amaliyotga tadbiq etish boshlandi.
Mamlakatimiz yildan-yilga jahon hamjamiyatida tenglar ichra teng bo’lib, taraqqiyotning o’zi tanlagan yo’lidan asosiy maqsadimiz – inson manfaatlari, huquq va erkinliklari yuksak qadriyat hisoblanuvchi, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iktisodiyotiga asoslangan demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirish va taraqqiy ettirish sari dadil odimlar bilan rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soha va tarmoqlari o’rtasidagi mutanosiblikning kuchayishi hamda barqaror o’sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlarining oshishi, turmush darajasining sezilarli ravishda o’sishi ertangi kunga bo’lgan ishonchning tobora mustahkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.