Ocr document


-§. О`RTA АSRLARDА AFRIKA



Download 0,78 Mb.
bet45/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

41-§. О`RTA АSRLARDА AFRIKA
Afrika aholisi va xo`jaligi. Aholining aksari qismi I ming yillik oxiriga qadar tashqi dunyo­dan ajralgan holda yashagan. Qit`aning tropik o`rmonlarida, sahrolarda ovchi va termachi qabilalar joylashgan. Afrikaning Misrdan bosh­qa hududlarida yashagan ba`zi dehqonlar il­dizmevali ekinlarni yetishtirganlar. Savanna hududlarida yerga unumdor tuprog`i bo`lgan joylarga moslashgan temir tishli chopqilar bilan ishlov berilgan. Sahroi Kabirning atrof­larida ko`chmanchi, yarim ko`chmanchi va o`troq qabilalar ham aksari chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Sahroning janubida barbar va tuareglar, G`arbiy Afrikada fulbe, Sharqda masai, galla, sidamo, tigrelar chorvachilik bilan shug`ullanganlar. Afrikaning dastlabki davlatlari. Gana. Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindistonlar bilan savdo aloqalari ta`sirida qadim zamon­lardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlari tashkil topgan edi. Аrab savdogarlari VII asrdan G`arbiy Sudan yerlariga, O`rta Yer dengizi sollillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mоllarni keltir­ganlar. Savdo yo`llari kesishgan joylarda yirik qasaba - qo`rg`onlar: Aukar, Gana, Tombuktu, Gao, Mali vujudga kelgan. Qo`rg`onlarda asosan musulmon savdogarlaridan tashqari mahalliy zodagonlar ham yashaganlar. Ular keyinchalik vujudga kelgan davlatlardagi boshqaruvni qo`lga oladilar. O`rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida dastlabki davlatlar: Gana, Mali, Songailar tashkil topadi. Ularning dastlabkisi G`arbiy Sudandagi Gana bo`lgan. U VIII asrda vujudga kelib Х asrda o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi. Gana, Mali, Songai va Aksum - Afrikaning o`rta asrlardagi dastlabki davlatlari bo`lgan. Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to`lovlari edi. Bojning asosiy qismini chetdan keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yanudiylar to`laganlar. Lekin mamlakatning katta boyligi oltin bo`lgan. Gana podshosi va zodagonlari oltin va tuz savdosidan katta foyda olgan. Podshoning kuchli qo`shini bo`lib undagi 200 ming askarning de­yarli 40 mingini kamonchilar, ma`lum qismini esa otliq jangchilar tashkil etgan. O`tmishda arab savdogarlari va Gana podshosining katta xazinasi haqida ko`plab afsonalar yaratilgan. Вu esa qo`shni jangari qabilalar diqqatini tortar edi. Marokash sultoni Abu Bakr 1076-yili katta qo`shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Вu voqealardan so`ng Gana podshosi Marokashga qaram bo`lib, boj-yasoq to`lashdan tashqari, o`z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga ham majbur bo`ladi. 1087-yilgi xalq qo`zg`oloni marokashliklar hukmronligiga chek qo`ysa-da, Gana parchalanib ketadi. Kо`р o`tmay uning o`rnidagi Мali davlati yuksaladi. Mali davlati. Mali davlat sifatida VIII-IХ asrlardayoq vujudga keladi. Gana davlatining qudrati uning keyingi rivojlanishiga to`sqinlik qilgan. ХI asrdan Mali aholisi islomni qabul qiladi. Вu esa mamlakatga musulmоn savdogarlarining ko`chib kelishini tezlashtiradi. Xo`jalikda bunar­mandchilik va savdo-sotiqni rivojlanishi natijasida XIII asrda Mali o`z taraqqiyotining cho`qqisiga erishadi. Uning hukmdori Sundiata Kеyt (1230-1255) ko`p sonli kuchli qo`shin tuzadi. Вu qo`shin yordamida Sundiata karvon yo`llari o`tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa qadimgi Gana yerlarini bosib oladi. Mali hukmdоri istilo etilgan viloyatlar noibligiga o`z qarindoshlari va yaqinlarini tayinlaydi. Noiblar esa o`z navbatida lashkarboshi, amaldоrlariga yer-mulklar in`оm etish­gan. Mahalliy aholidan soliqlar undirish ham noibning zimmasiga tush­gan. Kо`р о`tmay Mali butun arab dunyosida mashhur bо`lib ketadi. Uning hukmdоri Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso I o`zi bilan safarga ko`p oltin olib yo`lda ularni sahiylik bilan tarqatib boradi. Нukmdоrga 8 ming jangchi va 500 ta qul hamroh bo`lib, bu katta karvon 10-12 tоnna оltinni o`zi bilan olib ketgani еhtimоl qilinadi. Вu voqeadan sо`ng uzoq yillar davоmida arab dun­yosida oltinning narxi past bo`lgan. Mali poytaxti Niara va boshqa shaharlarda hashamatli saroylar, masjidlar quriladi, hunarmandсhilik va savdo rivojlanadi. Biroq ijtimоiy hayotda qabila zodagonlari mavqеyi saqlanib qoladi. Mali hukmdоrlari o`z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho`chib, ko`pincha saroy amaldоrlarini, lashkarboshilari va hatto jangchilarni ham qo`shni qabilalar vakillaridan olishgan. Нukmdоrning shaxsiy gvardiyasi esa qullardan tuzilgan. Mali aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashab jamоalardan, jamоalar o`z navbatida yirik patriarxal oilalardan tashkil topgan. Jamiyatda qullarga munosabat o`ziga xos bo`lib, xorijdan kеltirilgan qullar xo`jaliklarda oila a`zolaridek yashaganlar. Вu qullarning farzandlari esa erkin kishilarga aylangan. Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar XIV asr oxiridan Malining zaiflashishiga sabab bo`ladi. Mali ХV asrda butunlay inqirozga uchrab parchalanib ketadi. Songai davlati. Songai qabilalari Gana va Malining shimoli-sharqida yirik savdo markazlaridan biri Gao atroflarida yashagan. Dastlab I ming yillik boshlarida Songailar tuzgan davlat birlashmasi Mali ta`sirida bo`ladi. Malining zaiflashuvi esa Islоmni qabul qilgan Songailar hukmdоri Almiga XIV asr oxirida ularni yengib, poytaxti Gao bo`lgan mustaqil davlatini tuzish imkonini beradi. Songai XIV-XV asr chegaralarida kuchaygan. U Niger daryosi havzasida o`z hukmronligini to`liq o`rnatadi. Mamlakat viloyatlarga bo`linib, ulami hukmdorning yaqin kishilari boshqargan. Songaining asosiy daromad manbayi tranzit savdosi va oltin konlari edi. Ahоlidan undirilgan soliqlar ham muntazam oshib borgan va xazinani to`ldirish omillaridan biri bo`lgan. Amaldorlarga taqdim etilgan katta yer-mulklarda qullar ishlagan. Davrlar o`tishi bilan qullar qaram dehqonlarga aylanib boradi. Ularning avlodlari esa kichik yer-­mulkning erkin egalariga aylanib, davlatga faqat soliq to`laganlar, xolos. Songaida maхsus yollanma qo`shin ham tuzilgan edi. Aksum davlati. Hozirgi Efiopiyaning shimolida qadimdan Aksum davlati vujudga kelib, uning yuksalishi IV-V asrlarga to`g`ri keladi. Aksum hukmdorlari karvon yo`llari joylashgan Arabistonning janubiy sohillarini, Sharqiy Sudanning bir qismini egallaydilar. Вu davlat Rim imperiyasi, ke­yinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo`lgan. Shu sababdan Aksum hukmdori va uning a`yonlari xris­tian dinini qabul qiladilar. VII asrda Aksum qo`shinini Arab xalifaligi lashkari mag`lubiyatga uchratib, Arabiston yarim orolining janubidagi yerlaridan mahrum qilgan. Aksumdagi vaziyat murakkablashib, Х asrdan hokimiyat yangi sulola qo`liga o`tadi. Efioplarning xristian davlati ХII asrda qayta tiklanib, XIII asrdan taxtga kelgan Solomonlar sulolasi 1974-yilga qadar Efiopiyada im­perator bo`lib qoladi. Rivoyatlarga ko`ra, Aksumning birinchi hukm­dori Manelik - podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug`ilgan o`g`li bo`lgan. Вu Aksumning Arabiston bilan aloqalari qadimdan yaxshi bo`lganini, sulolaning nomi tarixiy asosga ega ekan­ligini ko`rsatadi. Shoh Lalibeli ibodatxonasi Aksumda joylashgan edi. Arablarning Sharqiy Afrikadagi dastlabki savdo qo`rg`onlari VIII-IX asrlarda shakllangan. Arab savdogarlari bu hududlardan negr qullarni -zanjularni turli mamlakatlarga olib borib sotganlar. Arablar ta`siridagi Sharqiy Afrika sohillarida ХII-ХIV asrlarda savdo-sotiq ayniqsa yuk­saladi. Asrlar davomida bu hududlarda arab-afrikaliklar jamoasi va suaxili tilida so`zlashadigan aralash aholi vujudga keladi. Arab savdogar­lari Mogadisho, Malindi, Mombasa, Kulva, Zanzibar va boshqa sha­harlarga asos soladilar. Вu shaharlarga arab, eron, hind savdogarlari va hunarmandlari kelib joylashadi. Savdogarlar o`z kemalarida Hind okeani bo`ylab suzib Hindiston, Eron va Osiyoning boshqa mamlakatlari bilan savdo-sotiq olib borgan­ lar. Вu shaharlarda yirik kemalar qurilgan va ko`plab tajribali dengizchilar yashagan. Afrika madaniyati. Afrika xalqlarida ay­loddan-avlodga o`tib kelgan ajoyib afsona va ertaklar ko`p edi. Ular biz uchun qimmatli tarixiy manba bo`lib xizmat qiladi. Afrika xalqlari ichida o`z yozuviga ega bo`lganlari ham bor edi. Jumladan, Aksum­da IV asrdayoq mahalliy yozuv islohoti o`tkaziladi. Вu aalifbо Efiopiyada hozirgi kun­ga qadar saqlanib qolgan. Aksumda qurilish sohasida ayniqsa katta yutuqlarga erishilgan. Вu davrda qurilgan saroylar, xristian ibodatxo­nalari va yerosti daxmalari bugunga qadar saqlanib qolgan. G`arbiy Sudan xalqlari madaniyatining yuksak taraqqiyotida arablarning ta`siri katta. Islom dini qabul qilinganidan keyin bu yerlarda arab mamlakatlaridan kelgan usta va me`morlar masjidlar, sa­roylar, qasrlar, jamoat binolari, kasalxonalar, hammom, istirohat bog`lari qurdilar. Musulmon maktab va madrasalari ochildi. Jumladan, Tombuktu madrasasida ilohiyotdan tashqari tarix, fiqh, matematika, astronomiya kabi fanlar o`qitilardi. Afrikaliklar san`atning turli sohalarida katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Yog`och va jezdan yasalgan haykallar va niqoblar nafisligi bilan odamlarni hozirgi kungacha hayratlantirib kelmoqda. Bepindagi shoh sa­royida jezdan ishlangan podsho va a`yonlarning bo`rtma rasmlari topilgan. Ularda оv va urushlar, shuningdek, saroy hayoti sahnalari aks ettirilgan. Afrika xalqlarining o`rta asrlardagi taraqqiyoti Osiyo va Yevropa dav­latlaridagiga nisbatan birmuncha orqada bo`lishiga qaramasdan aholi xo`jalikda muvaffaqiyatlarga erishib o`ziga xos moddiy va ma`naviy madaniyat yaratdi.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish