Ocr document



Download 0,78 Mb.
bet40/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

36-§. OLTIN O`RDA XONLIGI
Yangi bosqin. Mo`g`ullarning 1235-yilgi qurultoyida O`qtoy qoon (xon) Chingizxonning Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqidagi vasiyatini eslatib, to`planadigan qo`shinga Botuxon yetakchilik qilishini e`lon qiladi. Uluslardan o`nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirni berilishiga kelishiladi. Botu va Subutoylar 1237-yilning kuzida rus yerlariga hujum bosnlab, dastlab Ryazanni olishadi. Rusdagi siyosiy tarqoqlik mo`g`ullarga yetarlicha qarshilik ko`rsatisn imkonini ham bermasdan 1238-1240-yillarda Vladimir, Suzdal, Kiyey, Galich, Volin va boshqa shaharlar bosib olinadi. Mo`g`ullar tomonidan 1241-1242-yillari Che­xiya, Yengriya, Polshaning bir qismi ham еgallanadi. Lekin 1243-yili O`qtoyning vafot etishi munosabati bilan Botuxon Yolgabo`yi dashtlariga qaytadi. Shu tariqa Botuxon istilo qilgan Yolgabo`yi, Shimoliy Qora Dengiz sonillari, Shimoliy Kavkaz, Mol­daviya hududlarida rus yozma manbalarida Oltin O`rda nomini olgan Jo`ji ulusi shakllanadi. Oltin O`rda, Jo`ji ulusi - ХIII asrning 40-yillari boshida Jo`jixonning o`g`li Botuxon (1236-1255) tomonidan asos so­lingan davlat. 1224-yil Jo`ji ulusi Shimoliy Xorazm, Shimoliy Kavkazdan iborat edi. 1236-1240-yillarda Botuxonning yurishlari natijasida Volga bulg`orlari yurti, Dashti Qipchoq, Qrim, G`arbiy Sibir Oltin O`rdaga qo`shib olindi. Boshqaruv tizimi. Oltin O`rdani Botuxon va uning avlodlari boshqargan. Muhim masalalarni hal etish uchun qurultoy chaqirilgan. Ijro hokimiyati boshlig`i beklarbegi bo`lib, devon ishlarini vazir boshqargan. Mahalliy boshqaruv dorug`a va bosqoqlar qo`lida bo`lgan. Rus knyazlari va aholisiga oliy hukmdor mo`g`ullar hokimi ekanligi е`lоn qilinadi. Нar bir knyazlik eng avvalo хоn ulusi, so`ng knyaz yurti ekanligi uqtiriladi. Rusda barcha knyazlar Oltin O`rdadan boshqaruv yorlig`i oladi. Vladimir knyazi Yaroslav ularning "ulug`i" deb tan olinadi. Istilo qilingan hududlar 10 ming suvoriy saflay oladigan tumanlarga bo`linadi. Knyazliklar qo`shini zarur paytda harbiy xizmat o`tash uchun uzoq o`lkalarga yо`l olishga, Chingizxon vorislarining manfaatlari uchun jang qilishlariga to`g`ri kelgan. Dastlab mo`g`ullar bo`ysundirgan hududlarda, o`zlarining an`anaviy boshqaruv tizimini joriy etadi. Bosib olingan dashtlar Botuning ukalari­ga bеrilib, ularning suyurg`ol mulkiga aylanadi. Suyurg`ol egalari хоn qo`shiniga ma`lum belgilangan sondagi jangchilarni jo`natishdan tashqari, aholidan to`plangan soliqlarning bir qismini ham yuborgan. Oltin O`rda XIV asrdan to`rt katta viloyatga bo`linib, ular ulus nomini oladi. Вu viloyatlar ulusbegisi qo`shin boshlig`i bo`lishidan tashqari, o`ziga tegishli hududdagi boshqaruvga oid barcha masalalarni ham hal etgan. Oltin O`rda qo`shinini beklarbegi boshqargan. U ko`chmanchilar zodagonlari yetakchisi hisoblanib, ba`zida xondan ham ko`proq mavqega erishgan. Bu hol ayrim paytlarda qonli mojarolarga ham sabab bo`lgan. No`g`ay, Мamay, Edigey kabi beklarbegilar hatto хоn­larni ham o`z xohishlariga qarab tayinlaganlar. Oltin O`rda xonligida davlat boshqaruvining taraqqiyoti amaldorlarni kuchayishiga olib keladi. Mo`g`ullar imperiyasining bu qismidagi boshqaruv namunasi sifatida O`rta Osiyodagi musulmon davlatlari ma`muriyati olinadi. Natijada, хоn yonida vazir lavozimi joriy etilib u mamlakatda harbiy bo`lmagan barcha sohaga mutasaddi edi. Vazir va uning yetakchiligidagi devon soliqlar, moliya, savdo ishlarini boshqar­gan. Devonxonada soliq daftarlari ham saqlangan. Soliqlar. Mo`g`ullar aholini o`nlik tizimiga bo`lish maqsadida aholini ro`yxatga olish tadbirini o`tkazadi. Bu tadbir 1248-yili janubiy knyaz­liklardan boshlanib, 1257-yili shimoliy knyazliklarga ham yetib boradi. Aholining ro`yxatga olinishining yakunida mamlakat aholisi "chiqim" deb nomlangan katta to`lovga tortiladi. Undan tashqari aholidan shoshilinch yig`iladigan soliq - talab ham olingan. Xonga urush boshlash uchun mablag` zarur bo`lsa, u rus knyazlariga talab yuborib, chiqimni qanday qattiqqo`llik bilan to`plansa u ham ayovsiz yig`ib olingan. Хоn va uning yaqinlari, elchilar uchun sovg`a-salomga, O`rda amaldorlariga poraga ham katta mablag`lar sarflangan. Soliq va bojlarni to`lanishini bosqoqlar - maxsus tayinlangan mo`g`ul noiblari nazorat etishgan. Holsizlangan knyazliklardan dashtga mо`yna, kumush ortilgan kar­vonlar, qullik asoratiga mahkum etilganlar guruhlari yо`l olgan. Qullikka soliqlarni to`lay olmaganlar mahkum etilgan. Rus yerlari bulardan tashqari, Mo`g`ullar imperiyasi bo`ylab tashkil etilgan yomlar - yо`l bekatlatiga xizmat ko`rsatishda ham qatnashganlar. Xitoydan qabul qilingan bu tizim istilo qilingan barcha o`lkalarda joriy etilgan. Yоm xizmatini atrofdagi aholi bajarib, bekatlarda elchilar, cho­parlar, amaldorlar uchun doim otlardan tashqati oziq-ovqat ham tay­yor bo`lishi ko`zda tutilgan. Rus yerlarini qaramlikda saqlashning yana bir usuli, mo`g`ullarning bir necha martalab bosqinlar uyushtirishi ham edi. Tarixchilarning hiso­bicha, ХIII asrning ikkinchi yarmida dushman rus yerlariga о`n to`rt marta talonchilik hujumlarini tashkil qilgan. Rus knyazlari Oltin O`rda qudratini to`g`ri anglab, bosqinchilar bilan tinch yashashga harakat qilishgan. Bu tadbir mavjud sharoitda knyazlar o`z xalqini saqlab qolishi, ularni qullikka olib ketmasligining yagona yo`li edi. Tinchlik siyosatini Vladimir knyazi Yaroslav boshlab, uning o`g`li Aleksandr Nevskiy davom ettirgan. Knyaz Aleksandr Оltin O`rdaga bir necha bor tashrif buyurgan. Mo`g`ulistonda ham bo`lib, mahalliy amaldorlarning hurmat-е`tibоriga sazovor bo`ladi. Bu tad­birlarning barchasi keyinchalik mo`g`ullar bosqoqlarni tasdiqlamasdan rus yerlaridan boj yig`ishni knyazlardan biriga topsnirishiga olib keladi. Tashqi siyosat. Tashqi siyosat masalalari bilan хоn, uning yaqin maslahatchilari, shuningdek, beklarbegi shug`ullangan. Oltin O`rda uzoq vaqt Sharqiy Yevropaning eng kuchli davlati bo`lganidan ko`pgina mamlakatlar taqdiri unga bog`liq edi. Shu sababdan Yеvroрa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari хоn saroyi bilan do`stona munosabatda bo`lishga intilganlar. Eronda mustaqil davlat tuzgan Xuloku va uning vorislari esa Oltin O`rda bilan Kavkazortiga egalik qilish masalasida raqobat qila boshlaydi. Вu ikki Mo`g`ul davlati qo`shinlari qator janglarda to`qnashib, goh u tоmоn, goh bu tomonning qo`li baland kelgan. Вu janglardan birida 1266-yili Botuxonning ukasi Berkaxon ham halok bo`ladi. Хu­loku ulusiga qarshi kurashda Оltin O`rda Misr sultonlari bilan ittifoq tuzadi. Oltin O`rda lashkari Bolqon yarim oroli, Litva va Polshaga bosqinlar uyushtirardi. Ulardan maqsad istilo emas, qo`shni hududlarni talash va O`rdani boshqarayotgan zodagonlarni boyitishga qaratilgan edi. XIV asrning birinchi yarmida Oltin O`rda davlati o`z qudratining cho`qqisiga erishadi. Вu jarayon O`zbekxon (1312-1342) va uning og`li Jonibek (1342-1357) nomi bilan bog`liqdir. Oltin O`rda qudratini mus­tahkamlagan omillardan biri islom dinining qabul qilinishi bo`ldi. Mo`g`ullar imperiyasi asoschisi Chingizxon barcha diniy e`tiqodlarga birday munosabatda bо`lishni vasiyat qilgan edi. Uning avlodlari bu vasiyatni bajarishga harakat qilganlar. Oltin O`rda poytaxti Saroy shahrida turli diniy ibodatxonalar qurilgan. Ammo mo`g`ullarning ko`pchiligi ma­jusiy-shomonlikka mansub bo`lib qolganlar. XIV asrning boshida Oltin O`rdada vaziyat o`zgaradi. Hukmron doiralarning uzoqni ko`ra biladigan vakillari, ulkan mamlakat hayotini eski mo`g`ul an`analari asosida boshqarish mumkin emasligini tushunib yetadilar. Davlatni boshqarish tоbоra murakkablashib boradi. Iqtisod va moliyani tushunadigan, savodli kishilarga talab oshib boradi. Вu borada eng ma`qul keladigan amaldorlar o`rta osiyoliklar edi. Qolaversa, Oltin O`rda savdo-sotig`i avvaldan musulmon savdogarlari qo`lida bo`lgan. Еron va Misr bilan uzluksiz munosabatlarning o`rnatilishi ham arab va fors tili bilimdonlarini jalb etishni taqozo etardi. Undan tashqari barcha uchun yagona din hukmdor atrofida fuqarolarni mujassamlagan bo`lardi. O`zbekxon 1314-yilda islomni davlat dini deb e`lon qiladi. Unga qarshi­lik ko`rsatmoqchi bo`lgan zodagonlar va hatto qarindoshlari shafqatsiz qirib tashlanadi. Shaharlar. O`zbekxon davri shaharsozlikning yuksalishi bilan ham xususiyatlanadi. XIV asrning o`rtlalarida Oltin O`rdada yuzdan ortiq sha­harlar bo`lgan. Ularning ba`zilari eski, mo`g`ullar istilosidan avvalgi qo`rg`onlar edi. Bosqinchilar ularni avval vayrоn qilganlar, so`ng savdo yо`llari ustidagi ko`plab shaharlar qayla tiklanadi. O`rda hukumati savdo­sotiqning rivojlanishidan manfaatdor bo`lgan. Ayrim shaharlarga mo`g`ullarning o`zi asos solgan. Bunga sabab O`rdada amaldorlar soni oshib bоrar, ular хоn bilan u joydan bu joyga ko`chib yura olmasdi. Moliya ishlarini bajarishi uchun ko`chma o`tov yaxshi moslashmagan, qolaversa moliya hujjatlarini saqlash ham talab etilgan. Odatda bunday shahar uchun хоn yoki ulusbegi qishlay­digan joy tanlanardi. Oltin O`rdaning har ikki poytaxti: Saroy Botu va Berkaxon qurgan Saroy Berka shu tariqa paydo bo`lgan. O`rda davrida Rossiyada vujudga kelgan ayrim shaharlar: Tula, Tyumen, Azov, Astra­хan hozirga qadar mavjud. O`zbekxon va Jonibek davrida Oltin O`rda shaharlari gullab yashna­gan. Ular iqtisodiy va madaniy hayot markazlariga aylangan. Saroy va Yangi Saroylar dunyoning eng katta shaharlari qatorida bo`lgan. Jonibekning vafotidan so`ng Oltin O`rda taxti uchun kurash bosh­langan. Chekka o`lkalar mustaqillikka erisha boshlaydilar. XIV asrning oxirida To`xtamishxon uni о`n besh yilga yana birlashtiradi. Lekin davlat tarixining fojiali sahifalari aynan uning hukmdorligi bilan bog`liqdir. Bunga To`xtamishning Movarounnahr hukmdori Amir Temur bilan raqobati sabab bo`ladi. Amir Temur Jo`ji ulusiga qarshi uch marta yu­rish qiladi. Shimoliy Kavkazdagi 1395-yilgi To`xtamishning Amir Tе­murdan mag`lubiyati Saroy, Saroy Berka, Astraxan shaharlarini vayron etilishiga sabab bo`ldi. Shundan keyin savdo yo`llari janub tomonga siljiydi. Amir Temurning yurishlari Оltin O`rdani uzil-kesil zaiflashtiradi. Oltin O`rda XV asrning birinchi yarmida qator xonliklarga bo`linib ketadi. Ulardan eng yiriklari Qrim, Qozon, Sibir, Qozoq xonliklari va No`g`ay O`rdasi bo`lgan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish