Ocr document


-§. G`ARBIY YEVROPADA SAN`AT VA ADABIYOT. GUMANIZM G`OYASINING SHAKLLANISНI



Download 0,78 Mb.
bet33/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

29-§. G`ARBIY YEVROPADA SAN`AT VA ADABIYOT. GUMANIZM G`OYASINING SHAKLLANISНI
Me`morchilik. Dastlab binо va hatto qasrlar yog`ochlardan qtlrilgan. ХI asrdan G`arbiy Yevropada qurilish sohasi ham taraqqiy eta boshlaydi. Qurilishda toshdan keng foydalanishga o`tiladi. Undan dastlabki ibodatxona va monastirlar barро etiladi. Qurilish toshlari bo`lmagan Angliya va Polshada saroylar, ibodatxonalar pishiq g`ishtdan qurila boshlaydi. Fransiya, Italiya va Germaniya mе`­morchiligida dastlab roman uslubi hukmron edi. Roman ibodatxonasi - qalin devorli, baland minorali va tor derazali, salobatli uzun binodir. Tashqi tomondan u qal`ani eslatadi. Uning o`ziga xos tomonlari shundan iboratki, deraza tepasi, ibodatxonaga kirave­rish ichki gumbazlar yarim doira shaklidagi ravoq (ark)lar bilan bezatilgan. Germaniyadagi Laax monastiridagi cherkov (ХI asr) roman uslubining yorqin namunasidir. An`anaga ko`ra shahar markazida eng ko`rkam va ulug`vor bino-cherkov qurilgan. Bu maydоn tevaragidagi binоlar gotika uslubida bunyod etilib, u me`morchilikdagi roman uslubini surib chiqaradi. Bu uslubda qurilgan imoratlar balandligi bilan хususiyatlangan. Salobatli, og`ir gumbaz o`rnini, uchli, baland gumbazlar egallaydi. Ibоdatхоnalar ichida baland va nafis ustunlar ko`plab qurilgan. Cherkov derazalari baland, oynalarida vitrajlar, nafis chizma naqshlari bo`lgan. Вinоlarning ichki va tashqi tomonidan haykallar, bo`rtma tas­virlar, osma gumbazlar, jimjimador naqslnar o`yib sоlingan tosh us­tunlar bilan minoralar ustida o`rnatilgan baland jоmminоrlar, ibodatxonalarga dabdabali tus bergan. Gotika uslubida bunyоd еtilgan eng mashhur inshооtlar: Parijdagi Вibi Мaryam ibodatxonasi, Ruan, Reyms va Shartr (Fransiya ХII asr), Мilan (Italiya) ibоdatхоnalaridir. Roman uslubi - G`arbiy Yеvroрa san`atida Х asrdan XII-XIII asrlargacha hukm sugan badiiy ushub. Вu davr san`atida G`ar­biy Yеvroрa madaniyati va me`morligida Qadimgi Rim mе`morchi­ligi uslub va unsurlaridan kеng fоydalanilgan ("roman" iborasi shartli bo`lib, "rimniki" ma`nosini anglatadi). Gotika uslubi - Yеvroрa mamlakatlarida o`rta asrlar san`atida hukm surgan badiiy uslub, Gotika ХII asr o`rtalarida Shimoliy Fransiyada yuzaga keldi. ХIII asr I-yarmida yuksak darajada rivоjlandi. O`rta asrlarda Vizantiya va Arab me`morchiligi ham о`zidan ajoyib inshооtlar qоldirgan. Vеnеtsiyadagi Avliyo Mark ibodatxonasi va Dojlar saroyi Vizantiya uslubida bunyоd еtilgan. Isрaniyaning Sevilya shahrida masjid va Al-Qasar qasri, Granadadagi Al-Humro saroylari arab me`morchiligi durdоnalari hisоblanadi. Haykaltaroshlik. Uning rivоjlanishi bevosita me`morchilik bilan bog`liq bо`lgan. Cherkov va mоnastirlar binоlari, xudo, avliyolar va qirollar haykallari bilan bеzatilgan. Нaykallaming asosiy buyrutmachilari cherkov bo`lgani sababli ularda diniy mavzu yuqori turgan. Lekin haykaltarosnlarning o`zlari oddiy xalq orasidan yetishib chiqqanligi sababli ularning asarlarida insonning eng yaxshi fazi­latlari ifodalangan. Xususan, eng ko`p uchray­digan Bibi Мaryam haykallari (Yevropada "Madonna" deb nomlanadi) o`zida onaning farzandga mehr-muhabbatini mujassamlagan. Antik davr haykallarida inson tanasining go`zalligi ulug`langan bo`lsa, o`rta asr haykal­taroshlari tashqi go`zallik orqali o`z qahramon­larining o`y-hayollari, hislarini ifodalashga in­tilganlar. Ularda insonlar nimjon, ozg`in, xunuk ko`rsatilgan va bu ularning iloh, avliyo-anbiyolar oldidagi ojizligini ifodalashi mumkin. Zamonlar o`tib yangi gotika haykal­taroshligi vujudga keladi. Endilikda inson­ning qiyofasi, tanasi birmuncha tabiiyroq tasvirlanadigan bo`ladi. Yuksak iste`dodli haykaltaroshlar odamlarni haqqoniy tasvir­lashga erishganlar. Tasviriy san`at. Roman uslubida qurilgan ibodatxonalar devorlari va shiplari­ni diniy mavzudagi suratlar bezab turgan. Gotika me`morchiligidagi cherkovlarda derazalar orasida rasmlar chizish uchun joy ham bo`lgan. Shu sababli derazalarga oddiy oynalar o`rniga vitrajlar - tiniq rangli shishalardan yasalgan surat yoki alohida bezaklar solingan. Kitoblarni bezash uchun tasvitiy san`at­ning yangi yo`nalishi - miniaturalar ixtiro qilinadi. Ularda o`rta asr kishilari hayoti­ning turli manzaralari tasvirlangan. Vitrajlar va miniaturalarda dehqonlar va hunarmand­larning mehnat jarayonlari ifodalangan. Miniatura (franshzcha milliature; lotincha minium - qizil bo`yoq) - badiiy usullari o`ta nafis bo`lgan kichik hajmli tasviriy san`at asarlari. O`rta asr qo`lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan nafis, mo`jaz rasmlar. Adabiyot. VIII-IX asrlardan ritsarlar hayoti, harbiy yurishlari va jasoratlarini ifodalovchi xalq qo`shiqlari hamda qissalari shakllana boshlaydi. Keyinchalik ular to`planib ritsarlik jangnomalariga aylantiriladi. Dostonlardan eng mashhuri - "Roland haqida qo`shiq" bo`lib, u XII asrda yaratilgan. Jangnoma Buyuk Karlning Ispaniyaga yurishlari va franklar qahramonligini madh etadi. Ispan xalq og`zaki ijodi durdonasi "Sid haqida qo`shiq" ham ХII asrda yaratilgan. Unda ispan xalqining arablarga qarshi ozodlik uchun kurashi tasvirlangan. Germaniyada "Nibelunglar haqida qo`shiq" dostoni vujudga keladi. Unda xunnlarning burgundlar (nibelunglar) davlatini tоr-mor etishi voqealari tasvirlanadi. Dostonda o`rta asr folklori, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bilan qorishib ketgan. Ritsarlarning Sharqqa salib yurishlari davomida to`plagan bоy taas­surotlari asosida ХII asrdan adabiyotning yangi sohasi ritsarlar roman­lari yozish vujudga keladi. Ushbu romanlar orasida eng mashhuri qadimgi britan qiroli Artur haqidagi asarlar turkumidir. Yana bir mashhur roman - "Tristan va lzolda"da asar bosh qahramonlarining fojiali sevgisi hikoya qilinadi. Shaharlarda XII-XIII asrlarda yaratilgan hajviy asarlarda xalq ichidan chiqqan epchil va hozirjavob qahramonlar ulug`lanib, rohiblar ochko`zligi, ritsarlar takabburligi haqida hikoya qilinadi. Fransiyada yaratilgan "Tulki haqida rоman" asari Yevropada shuhrat qozongan. Undagi qahramonlar hayvonlar: feodal - ahmoq Ayiq, ritsar ­ochko`z Bo`ri qiyofasida tasvirlanadi. Ishbilarmon va oqil shaharlik siymosidagi topqir va dovyurak Tulki raqiblari Ayiq va Bo`ri ustidan doim g`olib chiqqani hikoya qilinadi. Tulki shuningdek, Sher qi­yofasidagi qirol hamda Eshak siymosidagi ruhoniylarni ham masxara qilib yuradi. Dehqonlarning hayоt haqidagi fikr tasavvurlari xalq qo`shiqlari, dostonlari, qissalarida o`z aksini topgan. Qo`shiqlar oddiy kishilar­ning hordiq chiqarishida ham, mehnatida ham doimiy hamrohi bo`lgan. Tabiat va insonga qiziqishning paydo bo`lishi. Yangi madaniyat arboblari insonni o`rganishni o`zlarining asosiy vazifalari deb bilganlar. Shu sababdan ularni gumanistlar deb ataydilar. Yangi Uyg`onish yoki Gumanizm madaniyati namoyandalari insonni olamning markaziga qo`yib, uning yaratuvchilik dahosini tan olishga chaqirdilar. Uyg`onish atamasi esa (fransuzcha "Renessans") yangi madaniyat­ning antik davr bilan aloqadorligini ko`rsatadi. Sharqqa salib yurishlari va undan keyingi Levant bilan savdo-madaniyat borasidagi doimiy aloqalar, italiyaliklarning qadimgi yunon qo`lyozmalari, antik san`at va me`morchilik yodgorliklari bilan tanishishiga imkon beradi. Uyg`onish davri yozuvchi va shoirlarini afsonalar va ertaklar emas, jonli kishilar, insonlarning quvonch va tashvishlari qiziqtira boshlaydi. Gumanistlar yashash va mehnat qilish imkoniyatini yuksak baхt deb tushunadilar. Нar tomonlama barkamol, fikrlovchi, ichki dunyosi va tashqi ko`rinishi jihatidan ko`rkam inson gumanistlar diqqat markazida bo`lgan. Qadimgi madaniyatga qiziqish. Gumanistlar yunоn va rim madaniyatini o`rganishga katta e`tibor berishgan. Insonning go`zalligini tarannum etuvchi antik davr asarlari, o`rta asrlarning cherkov ta`siridagi san`ati va adabivotidan tubdan farq qilardi. Gumanistlar sa`y-­harakatlari bilan antik, xristianlikka qadar, qisman unutilgan katolik cherkovi taqiqlagan madaniyat qayta tiklanadi. Gumanistlar antik davr va Uyg`onish orasidagi (V- ХV asrlarni) davrini nodonlik, jaholat asri, gumanizm davrini (ХVI asr) "yangi zamon" deb ataganlar. Ular yunon va lotin tillarini o`rganib, o`zlarining bo`lajak asarlari uchun ma`lumotlar to`plar edilar. Gumanistlar asarlarida insonni taqdi­rini o`zi belgilashi, kitobxonda o`z kuchiga ishonch hislarini uyg`otgan. Uyg`onish madaniyati markazlari. Вu davrda Italiyada Florensiya alohida o`rin tutadi. Savdodan kelgan daromad uni Yevropaning eng bоy shaharlaridan biriga aylantiradi. Shahar hokimlari to`plangan boyliklar hisobidan me`morchilik obidalari bunyod ettirgan, haykaltaroshlik va rassomchilikni yuksaltirgan. Shu tariqa Florensiya ХV asrda Italiyaning yirik madaniyat markaziga aylanadi. Eng mash­hur rassomlar, haykaltaroshlar, me`morlar Florensiyadan bo`lib, shahar-respublika hokimlari ularning barakali ijodi uchun sharoit yaratib berganlar. Yevropadagi birinchi Kruska akademiyasi ham 1582-yili Florensiyada ochilgan. U italyan tilidagi dastlabki katta lug`atni nashr qilgan. Madaniyat markazlaridan yana biri Venetsiya edi. Shaharda ХV asr­dan kitob chop etish yuksaladi. Aldo Manutsiya bosmaxonasida nashr qilingan antik davr mualliflari va gumanistlar asarlari butun Yevropada keng tarqalgan. Ilk gumanizm: yangi madaniyat dasturi. Ilk uyg`onish va gumanizmning Yevropadagi dastlabki vakili shoir Franchesko Petrarka (1304-1374) bo`lgan. O`zining lirik she`rlari to`plamlari: "Qo`shiqlar kitobi", va "She`riy maktublar”, bilan shoir yangi Yevropa madaniyati yaratilishi asoschilaridan biri bo`ldi. Uning do`stlari va davomchilari Bokachcho va Salyutatilar ijodi ХV asr boshlarida Italiyada ilk gumanizm davrini yakunladi. Jovanni Bokachcho (1313-1375)ning butun umri Florensiya va Neapol shaharlari bilan bog`liq kechadi. "Dekameron" asari muallifi sifatida Bokachcho yangi uslub novellalarni yozishni boshlab beradi. Uning kitobi katta muvaffaqiyat qozonib, ko`plab tillarga tarjima qili­nadi. Gumanistik g`oyalarni umumlashtirgan "Dekameron" asarida in­sonning yuksak fazilatlari o`z ifodasini topgan. Kolyuchcho Salyutati (1331-1406) Florensiyada yashab yuqori davlat lavozimida ishlagan. O`zining ko`p sonli xatlari va nutqlarida Petrarka va Bokachchoning gumanistik g`oyalarini yanada rivojlantiradi. Salyutati yuk­sak g`oyali, o`qimishli kishini tarbiyalashda, ijtimoiy fanlar: filologiya, ritorika, tarix, pedagogika, etikaning o`ta muhim ekanligini ta`kidlagan.

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish