Ocr document


-§. GENERAL SHTATLAR. TOIFAVIY MONARXIYANlNG VUJUDGA KELlSНI



Download 0,78 Mb.
bet27/50
Sana29.01.2022
Hajmi0,78 Mb.
#418413
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50
Bog'liq
7-JAHON KONS

23-§. GENERAL SHTATLAR. TOIFAVIY MONARXIYANlNG VUJUDGA KELlSНI
Filipp IV va Рaрa. Fransiyani markazlashtirishni davom ettirgan Filipp IV (1285-1314) o`z qirolligining boshlarida Shampan grafligi, Lion viloyati va shahrini qirol domeniga qo`shib oladi. Uning keyingi harakatlari mamlakatning shimoliy-g`arbidagi yirik savdo - hunarmand­chilik shaharlarini birlashtirgan Flandriyani egallashga qaratiladi. Urushlar, saroy bazmlari katta mablag`larni talab qilgan. Qirol vaziyatdan chiqish uchun turli usullarni qo`llar edi. Filipp IV shahar­lardan qarz оlib ularni qaytarmas, yahudiylarni mamlakatdan chiqarib yuborib, so`ng ularni katta to`lovlar evaziga qaytarar, tanga puldagi kumush miqdorini pasaytirib, uni buzar, qirollikdagi dehqonlarni erkinlikka chiqishi uchun katta to`lov talab qilardi. Nihoyat, Filipp IV o`z nigohini eng bоy tashkilot - katolik сhеr­koviga qaratadi. U Yеvroрa hukmdorlaridan birinchi bo`lib, katta yer mulklarga egalik qilayotgan cherkovdan soliq talab qiladi. Rim papasi Bonifatsiy VIII (1294-1303) o`zining mashhur о`tmishdоshini Grigoriy VII va Innokentiy III lar qabilida ish tutdi. U ruhoniylarga Fransiya qiroliga soliq to`lashni man etishdan tashqari, Filipp IV dan Flandriyaga qarshi urushni to`xtatishini talab qildi. Fransiya qirolining Рaрa xohish-irodasiga bo`ysunmaganligiga javoban Bonifatsiy VIII Filipp IV ni cherkovdan xoliligini tantanali e`lon qi­lish uсhun tayyorgarlikka kirishdi. General shtatlar. Bunga javoban Fransiya qiroli 1302-yili uch toifa vakillari: ruhoniylar, dvoryanlar va shaharliklarni chaqirib, ularga рaрa bilan mojaroni muhokama qilishni taklif etdi. General shtatlar papani Fransiyaning ichki ishlariga aralashishini qoralaydi. Keng jamoatchilik ko`magiga tayangan Filipp IV Papaga qarshi harakatni bosnlaydi. Qirolga anafеma (la`nat) е`lоn qilish tayinlangan kun arafasida Italiyaning shimolidagi Anani shahrida joylashgan Рaрa sa­royiga Filippning bir guruh askarlari bostirib kiradi. Ular esankirab qolgan Papaga qamoqqa olingani va sud oldida javob berishi uchun Fransiyaga jo`natilishini e`lon qilishadi. Rivoyatga qaraganda, fransuzlar yetakchisi ko`z ko`rib quloq eshitmagan narsa - papaga tarsaki tushir­ishga jazm etadi. Chorasiz Bonifatsiy VIII faqat: “mana mening bо`ynim, mana mening boshim!” - deya oladi, xolos. Papani osishmaydi, boshini ham olishmaydi, Fransiyaga оlib ketishga ham ulgurishmaydilar. Anani­liklar Bonifatsiy VIII ni qutqaradilar. Lekin рaрa tahqirni ko`tara olmas­dan, ko`p o`tmay aqldan ozib vafot etadi. Gеnеral shtatlar (Etats Generaux - "yalpi toifalar") - Fran­siyadagi oliy tabaqaviy-vakillik muassasasi (1302-1789). Qirollar General shtatlarini qachonki yangi soliq kiritishni istaganlarida chaqirib turishgan. Shu tarzda Fransiyada toifali monarxiya tash­kil topadi. Qirollik hokimiyati markazlashtirish jarayonida tabaqa vakillari majlisiga tayangan. Tez orada Filipp IV ning g`alabasi to`liq tus oladi. Kardinallar Fransiya arxiyepiskopini papalikka saylashadi. U esa Italiyadan Fran­siyaning janubiga Аvinоn shahriga ko`chib o`tishga qaror qiladi. Аvinоn fransuz qiroli mulkiga kirmasa-da, albatta uning bu yerdagi ta`siri katta edi. Zamondoshlari xristian dunyosi boshlig`i fransuz qirolining sodiq xizmatchisiga aylanganidan shikoyat qilganlar. Papalarning Rimga qaytishi uchun deyarli 70 yil kerak bo`ldi. Вu yillar (1309-1377) Rim cherkovi tarixida "papalarning Avinon tutquni" nomini oladi. Buyuk magistr qarg`ishi. Papalarni "Boqiy shahardan fransuz qiroli himoyasiga" o`tishi Filipp IV ning zamondoshlariga tayyor­lagan so`nggi kutilmagan "sovg`a"si emasdi. U boshlagan "tampliyerlar ishi" ham Yevropada katta shov-shuvga sabab bo`ladi. Qirol kutilmaganda tampliyerlar ordenini dahriylikka yo`liqib gunohlarga botganligiga "ishonadi". Вu orden Yaqin Sharqda 1291-yilgacha qolib, so`nggi janglarda qatnashgan va katta talafotlarni boshidan kechirgan edi. 1307-yilning tunlaridan birida ordenning ko`pchilik a`zolari va buyuk magistri qamoqqa olinadi. Ordenning bitmas-tuganmas boyliklari haqidagi mish-mishlar ularning boshiga balo bo`ladi. "Avinon papa"sidan rozilik olib, tampliyerlarning mol-mulklari musodara qilina boshlanadi. Ko`plari qiynoqqa solinib, gulxanlarga tashlanadi. Buyuk magistr 1314-yili o`limga mahkum etiladi. Uning o`limidan bir оy o`tib рaрa, о`n oydan so`ng Filipp IV vafot etadilar. Mamlakatda Filipp IV qarg`ishga uchragani, uning vorislarini yanada dahshatliroq fojialar kutayotganligi haqida mish-mishlar tarqaladi. Dvoryanlar (nomdor zodagon) - feodallar toifasining imtiyozli qismi. Imtiyozlar merosiy bo`lib avloddan-avlodga o`tgan. General shtatlar doimiy faoliyat ko`rsatmay, zarur paytda qirol tomonidan chaqirilar edi. Dastlab u soliqlar bilan bog`liq muammolar­ni yechgan, xolos. Shu tariqa XIV asrda Fransiyada toifaviy monarxiya, ya`ni toifa vakillari yig`iniga suyanadigan, markazlashgan davlat shakllana boshladi.



Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish