Tazkirat ul-avliyo



Download 39 Kb.
Sana06.07.2022
Hajmi39 Kb.
#751350
Bog'liq
Varroq 575 (1)


Varroq at-Termiziy hayot yo'li (Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asari asosida)
Termiz davlat universiteti
O'zbek filologiyasi fakulteti
II bosqich talabasi
Davronova Muxlisa
Ilmiy rahbar: Murtozoyev Bobonazar

Dunyo tamadduniga o'z hissalarini qo'shgan ko'plab termiziy allomalar bor. Ularning hayot tajribalari va betakror asarlari-yu hikmatlari bugunga qadar o'z ahamiyatini yo'qotmasdan kelmoqda. Ular o'z asarlarida yoritgan mavzular ayni vaqtda ham dolzarbligicha qolmoqda. Qadim Termiz shahri buyuk alloma-yu avliyolarga Vatan bo'lgan shahar. Bu yurtdan butun dunyo ta’n olgan va lol qolgan ulug' zotlar yetishib chiqqan. Xususan, Imom Termiziy, Ahmad ibn Muhammad as-Sag‘oniy at-Termiziy, al-Hakim at-Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy bu ro'yxatni hali uzoq davom ettirish mumkin. Ularning har birlarining hayoti va ijodi alohida o'rganishga arziydi. Ushbu buyuk allomalar orasida Abu Bakr Varroq Termiziyning o'ziga xos o'rni bor.


Abu Bakr Varroq Termiziy Balxning Ayoz degan joyida dunyoga kelgan. Bu ulug' zotning ismi-sharifi qadimiy manbalarda quyidagicha bitiladi: Ash-shayx Abu Bakr Muhammad binni Umar al-Hakim al-Varroq at-Termiziy. Ash-shayx va al-Hakim – unvon, Abu Bakr – kunya, Muhammad – ismi, Umar – otalarining ismi, Varroq – taxallusidir. At-Termiziy deyilishiga bois, uni boshqa Varroq taxallusli allomalardan farqlash uchun ishlatilgan va shu orqali ul zoti sharifning termizlik ekanligi ta'kidlangan. Varroqning tavallud sanasi aniq emas, lekin allomaning vafoti yili sifatida 907 (hijriy 294) yil qabul qilingan, biroq bu sanani hali barqarorlashtirish kerak. Varroq umrining ma'lum qismini Balxda o'tkazadi. Mashhur so'fiy Ahmad Xizraviya (vafoti 855)ning yaqin do'stlaridan biri bo'lgan. Varroqning ota-bobolari termizlik, Varroq zoti oliylari, buyuk ajdodimiz ulug' muhaddis Iso Termiziy (824-892)ning tog'alari hamdir. Varroq Termiziy muqaddas “Qur'oni Karim”dan tashqari yana osmoniy kitoblardan “Tavrot” va “Injil”larni ham o'qigan bo'lib, davrining eng odobli avliyosi degan nom bilan shuhrat qozongan. “Tavrot” va “Injil”ni o'qiy oladigan kishi, tabiiyki, yahudiy va yunon tillarini mukammal egallagan kishi bo'lgan.
Uning hayotiga doir ma’lumotlarni keying asr avliyoshunoslari asarlaridan bilib olishimiz, u haqida o'qishimiz mumkin. Alisher Navoiy avliyo Hakim Termiziyning eng yaxshi shogirdi, safdoshi va sirdoshi Abu Bakr Varroq haqida to'lqinlanib so'zlaydi: “Ikkinchi tabaqadindur. Oti Muhammad b. Umar Hakim Tirmiziy. Asli Tirmizdindur. Qabri ham andadur. Ammo Balxda bo‘lur ermish. Abu Iso Tirmiziyning tag‘oyisidur. Ahmad Xuzraviy bila suhbat tutubdur va ko‘p tasonifi bordur. Va «Tavrot» va «Injil» va «Qutubi osmoniy»ni o‘qubdur va she’r devoni ham bordur. Abubakr Varroq do‘stlarini safar va sayohat qilishga da’vat etmasdi. Aytardiki, irodat qilgan yeringda muridlig‘ing kamolga yetguncha sabr qilib turishing barcha barakotning kalitidur. Muridlik kamolga yetgach barakot boshlanadi” . Uning tabarruk so'zlaridan bularni keltiradi: “Hukmronlarning fojiasi zulmdandir, olimlarning fojiasi ta’magirlikdandir, fuqaroning fojiasi riyokorlikdandir”. Abu Bakr Varroq yana shunday der ekanlar: “ Ko'p gapirish yurakni xastalantirar ekan”. Ushbu hikmatlarni o'qir ekanmiz ular bugungi kun uchun ham o'z ahamiyatini yo'qotmaganini anglaymiz.
Abu Bakr Varroq ijodi boshqa qator ijodkorlar tomonidan ham o'rganilgan. Hujviriyning (1010-1072) “Kashf ul-mahjub” asarida ham ushbu ulug' avliyo haqida ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin:“U ilm-u hikmat xazinasi, u poklik va sabr-u qanoat yagonasi, u obidlar sharifi, u zohidlar tirgagi, u ufqlar tanhosi. Zohidlarning ulkani, shayxlarning obidi ham o'zidir, parhezda, taqvoda yuksak edi, yomonliklardan holi, yaxshilik qilishda yolg'iz, muomalada benazir edi”. Hujviriyning Abu Bakr Varroqqa bergan ta’rifini o'qirkanmiz komil inson obrazi ko'z oldimizda gavdalanadi.Uning nafaqat din-u diyonat va taqvoda, balki ilm-u hikmat, muomala bobida ham tengi yo'q inson bo'lganiga amin bo'lamiz. Yomonlikda yiroqda, yaxshiliklar qilishda Benazir ekaniga tahsin aytamiz.
Abu Bakr Varroq ijodi Fariduddin Attor nigohini ham chetlab o'tmagan. “Tazkirat ul-avliyo” asarida Attor bu avliyo uchun alohida qismni ajratadi va o'z ta’rifini quyidagi so'zlar bilan bog'laydi: “U ilm- hikmat xazinasi, zohidlarning akobiridan, mashoyixlarning saralaridan, xudojo'ylik va taqvo ichida komil,tajrid va tafridda ajib qobiliyatli, muomala va adabda tengsiz, undagi adab va arkon hech bir mashoyixda yo'q, riyozat va mujohadasini barcha ta’n olar, uni muaddab ul-avliyo derdilar. Nafsin o'ldirgan va muborak nafasli edi”. E’tibor beradigan bo'lsak Hujviriy va Attorning Abu Bakr Varroqqa bergan ta’riflarida yaqinlik bor. Ushbu ikki ijodkor ham bu ulug' avliyoning benazir kishi bo'lgani va o'z davrida chuqur hurmatga ega bo'lgani haqida so'zlaydi. Attor Abu Bakr Varroqning turmush tarzi haqida ham ma’lumot keltiradi: “U Balx shahrida sokin, Xuzraviya yoronlaridan, adab va riyozat haqida kitoblar yozgan edi. Har kuni tongda bir pora “Qur’on” o'qir, go'ristonga borib, Allohga yolvorib yig'lar edi”. Ushbu gaplar ham uning e’tiqodi mustahkam bo'lganini ko'rsatadi.
Attor Abu Bakr Varoq xarakterini to'laroq namoyon etish va uning ma’naviy salohiyatini ochib berishda uning hikmatlaridan ham foydalanadi. U nafs haqida shunday hikmatni havola etadi: “Oqil odam Shaytonni o'ziga dushman deb biladi. Nafsga qarshi turmoq, dunyodan ko'ngul uzmoq va xalqan qochmoq kerak”. Bundan ko'rinadiki, insondagi barcha yomon va salbiy illatlar boshida nafs turadi. O'z nafsini yengib, umga hukmronlik qilgan kishi esa azizlik taxtiga ko'tariladi. Ushbu hikmatga Abu Bakr Varroqning o'zi ham doimo amal qilgan. Chunki allomaning zamondoshlari uning qilmaganini aytishadi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Fariduddin Attor “Tazkirat ul-avliyo”da Abu Bakr Varroq Termiziy hayotini shunchaki yoritib qo'ymaydi. O'zidan oldingi asarlar va ishonchli manbalarga tayangan holda o'z fikrlarini bayon etadi. Attor Varroq Termiziyga umumiy ta’rif berish bilan o'z so'zini boshlaydi. So'ngra avliyo hayotiga doir qiziqarli va ibratli hikoyalar bilan boyitadi. Abu Bakr Varroq hikmatlarini keltirish orqali esa asarning ahamiyatlilik va qimmatlik darajasini yana-da oshiradi. Buni biz asarda faqat Abu Bakr Varroqqa ajratilgan qismida ko'rmaymiz. Balki asarning yaxlit tuzilmasida Attor qaysidir avliyoning hayot yo'lini yoritar ekan, albatta, hikmatlardan ham keltirib o'tadi.
Fariduddin Attorning “Tazkirat ul-avliyo” asari Abu Bakr Varrroq shaxsiyatini, ma’naviy komillik darajasini ko'rsatib berishda bizga muhim qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”
2. Hujviriy “Kashf ul-mahjub”
3. Fariduddin Attor “Tazkirat ul avliyo”
4. Murtozoyev Bobonazar “Termiziy allomalar”
Download 39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish