O‘ZBEKISTON YOZUVCHILAR
UYUSHMASI
SULAYMON
RAHMON
DUNYODAN SHE’R YIG‘IB,
DUNYOGA SOCHDIM
She’rlar
TOSHKENT
«ADABIYOT»
2021
www.ziyouz.com kutubxonasi
ISBN 978-9943-7106-9-6
© S. Rahmon, 2021
© «Adabiyot», 2021
Loyiha rahbari
Sirojiddin SAYYID,
O‘zbekiston xalq shoiri
To‘plovchi
Muhiddin ABDUSAMAD
Sulaymon Rahmon o‘zbek she’riyatida o‘z izini qoldira
olgan shoir. Uning to‘plamlari she’riyat ixlosmandlari ning
sevimli kitoblariga aylangan bo‘lsa, jahon adabiyotining
sara na mu nalaridan qilgan tarjimalari o‘zbek tarjima mak-
tabi xazi nadan munosib o‘rin egalladi.
Mazkur to‘plamga shoirning sara she’rlari dan tartib
berildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
3
* * *
Kut, yetib borgayman bir kun hansirab,
yo‘limni to‘ssa-da agar qonsirab,
hasadlar,
alamlar,
ta’nalar,
toshlar...
Menga bas kelolmas adovat, hasrat,
yengolmas nolalar,
g‘amlar,
ko‘zyoshlar...
Kut, senga yetgayman, ey buyuk MAQSAD!
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sulaymon RAHMON
4
* * *
Bu sevgimi, otashmi, g‘ussa?
Yo Rabb, dilni tilib tashladi!
T
asodifiy o‘sha bir bo‘sa,
meni telba qilib tashladi!
Keyin esa... nachora, sensiz,
yog‘ib o‘tdi dalalarga qor;
keyin esa ... bechora, sensiz,
kelib ketdi necha bor bahor.
Keyin esa... menga ovunib,
izlaringni axtardi yo‘llar;
keyin esa... seni sog‘inib,
ado bo‘ldi hajringda gullar.
Keyin esa... ko‘zim xobini,
tilab oldi uyquchi tog‘lar;
keyin... qalbim iztirobini,
ko‘tarolmay sarg‘aydi bog‘lar...
Qayt, bu bog‘lar tamom so‘lmasin,
qayt, vafodan hikoyalar ayt;
mayli, menga rahming kelmasin,
tabiatga shafqat qil faqat...
www.ziyouz.com kutubxonasi
DUNYODAN SHE’R YIG‘IB, DUNYOGA SOCHDIM
5
* * *
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
kim u buzgan halovatini?
Bosriqdimi ko‘rib yomon tush,
yo gazanda yuldi patini?
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
yolg‘izlik yo jondan o‘tdimi?
Kuydirdimi yuragini ishq,
ishongani tashlab ketdimi?
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
tunni yirtar achchiq nolasi.
Yo qildimi noboproq bir ish,
erkalanib tantiq bolasi?
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
mitti jonda nechun shuncha dod?
Yuz burdimi undan elu xesh,
qolmadimi do‘stda e’tiqod?
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
qushim, so‘yla, o‘rtagan qay dard?
Balki xushdir, balki u noxush,
rahmat, qola bilmabsan loqayd.
Uzoqlarda chirqillar bir qush,
bir dam keching rohatingizdan,
madad so‘rar balki boyaqish,
madad so‘rar, odamlar, bizdan...
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sulaymon RAHMON
6
* * *
Dardlarin unutdilar,
yig‘lab bo‘lgan bulutlar,
so‘ngra gullar, burgutlar
uzra uchib o‘tdilar...
Ochilib borar osmon,
ko‘nglim borar ochilib.
Qoqigul boqar hayron
kichkina quyosh bo‘lib.
Toj kiyib alangadan,
charaqlar gulisafsar:
ketmoqda balandlarda
yig‘lab bo‘lgan bulutlar.
Sening esa ko‘nglingdan
qachon ketar shubhalar?
Men ishondim. Sen ishon:
shubha o‘tar, ishq qolar!..
www.ziyouz.com kutubxonasi
DUNYODAN SHE’R YIG‘IB, DUNYOGA SOCHDIM
7
* * *
Nechun yana tushimga kirding,
yodimni tark etmading nechun,
dom-daraksiz yitmading nechun,
nechun yana tushimga kirding?
Yodimni tark etmading nechun,
hayotimdan ketding-ku axir,
o‘zgaga qo‘l tutding-ku axir,
yodimni tark etmading nechun?
Dom-daraksiz yitmading nechun,
nahotki sen, nahot, bedardim,
bo‘lib qolding to abad dardim,
dom-daraksiz yitmading nechun?
Nechun yana tushimga kirding,
yorug‘ edi sen-la tunlarim,
qaro bo‘ldi sensiz kunlarim,
nechun yana tushimga kirding?
Qismatimdan ketsang ham, nechun,
tushlarimdan ketmaysan, sanam,
yodimni tark etmaysan, sanam,
qismatimdan ketsang ham, nechun?
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sulaymon RAHMON
8
Do'stlaringiz bilan baham: |