Uyushmasi sulaymon rahmon



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana28.11.2022
Hajmi0,87 Mb.
#874094
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
Sulaymon Rahmon. Dunyodan she\'r yig\'ib dunyoga sochdim (2021)

BAHOVUDDIN NAQSHBAND:
“Xudoga dil bering. Xudoni seving,
Xudoni sevganlar odamni sevar.
Xudoni sevganlar olamni sevar,
Xudoga dil bering. Xudoni seving.
Oltinga dil bermang, pulga dil bermang,
dil bermang tuproqqa. Dil bermang toshga.
Dil bermang g‘uncha lab har qalam qoshga,
qasru saroy, bog‘u gulga dil bermang.
Dil bermang shaytoniy raqsu navoga,
dil bermang hasadu kibru havoga.
Dil bermang har jodu, har noravoga,
Xudoga dil bering, Xudoni seving.
Xudoni sevganlar borini sevar,
ota-ona, farzand, yorini sevar.
Mansabu martaba – ishga dil bermang,
dil bermang nafsgayu izzat-ikromga.
Dil bermang ishratu qimoru jomga,
otgayu itgayu qushga dil bermang.
Ma’yuslik, sho‘xlik ham Xudonikidir,
ochlik ham, to‘qlik ham Xudonikidir.
Borliq ham, yo‘qliq ham Xudonikidir,
Xudoga dil bering. Xudoni seving.
www.ziyouz.com kutubxonasi


DUNYODAN SHE’R YIG‘IB, DUNYOGA SOCHDIM
43
Xudoga dil bering. Xudoni seving,
Xudoni sevganlar chamanni sevar.
Tuproqni, millatni, vatanni sevar,
Xudoga dil bering. Xudoni seving...”
KUBRO:
“Yulduzlar sonini faqat U bilar,
olamlar sonini U bilar yolg‘iz.
Biz unga yuz bursak, U bizga kelar,
Undan yuz bursak ham, burmagay U yuz.
Dunyoni idora qilguvchi O‘zi,
O‘zi – rizq berguvchi, hayot berguvchi.
Tog‘lar og‘irligin bilguvchi O‘zi,
O‘zi – jon berguvchi, mamot berguvchi.
Dunyodan ulug‘ U, borliqdan katta,
zavoldan xolidir, kufrdan pokdir.
Fozildir, mutlaqdir ilmu hikmatda,
vujudga jondir U, jonga – idrokdir.
Yolg‘izdir, o‘xshashi, sherigi yo‘qdir,
otasi yo‘q Uning, yo‘qdir onasi.
Inson ibodati – unga oziqdir,
bu dunyo – Uning bir imtihonasi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sulaymon RAHMON
44
Olamni yaratdi yo‘qdan, guvohsiz,
tuproqqa jon berdi – jonni qarz qildi.
Dunyodan dil uzib mamnun, evohsiz,
ko‘z yumib ketmoqni bizga farz qildi.
Bizlar shakkoklarmiz, gunohkorlarmiz,
kim mol deb, kim ishqu rashkda yonadir.
Biz – nafsga sig‘ingan xoru zorlarmiz,
bu dunyo – biz uchun sinovxonadir.
Oqil – oxiratga, johil – dunyoga,
mayxo‘rlar safoga talpinar faqat.
Kim imon keltirsa yolg‘iz Ollohga,
u bo‘lgay mukarram sohibi jannat.
Ollohga itoat rizq bergay bizga,
qo‘shgay umrimizga umru barakat.
Ro‘z bergay, botiniy ko‘z bergay bizga,
Uning diydori deb qilsak harakat...
Uning fazli – jannat, adli – do‘zaxdir,
solih bandasiga rahmati – ukpar.
U kufru gunohdan behad yuksakdir,
Ollohu Akbardir, Ollohu Akbar!..”
www.ziyouz.com kutubxonasi


DUNYODAN SHE’R YIG‘IB, DUNYOGA SOCHDIM
45

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish