Xiva tumani 22-son umumiy o’rta ta’lim maktabida “Men nechun sevaman O’zbekistonni “ ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichi o’tkazilganligi haqida
BAYONNOMA
19.02.2019 yil Xiva tuman
Yig’ilish raisi: S.Durdiyev
Kotiba: Sh.Ollaberganova
Yig’ilishda qatnashdi: 21 nafar o’qituvchi va o’quvchilar
KUN TARTIBI:
“Men nechun sevaman O’zbekistonni “ shiori ostida o’tkazilgan insholar tanlovining maktab bosqichi o’tkazilganligi haqida
Insholar,she’riyat va rasmlar tanlovining maktab bosqichi yakunlari haqida
Insholar,she’riyat va rasmlar tanlovining maktab bosqichi g’oliblari taqdirlash haqida.
ESHITILDI:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Sobirjon Durdiyev so’zga chiqib, u o’z so’zida “Men nechun sevaman O’zbekistonni “ ijodiy ishlar tanlovining maktab bosqichi maktabda ko’tarinki ruhda o’tkazilganligini va ko’pchilikka manzur bo’lganini aytib o’tdi. Ijodiy ishlar tanloviga tayyorgarlik ko’rishda va uni o’tkazishda katta hissa qo’shgan ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari F.Masharipova, B.Karimov, Sh.Qurbanbayeva va tasviriy san’at fani o’qituvchisi K.Ibragimovalarga o’z minnatdorchiligini bildirib o’tdi.
Shundan so’ng maktabning o’quv tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Q.Abdullayev so’zga chiqib, tanlovga katta tayyorgarlik ko’rilganligini va ko’rik-tanlov ko’tarinki ruhda o’tkazilganligini ta’kidlab, ijodiy ishlar tanlovida maktabimizning 5-6-7-8-9-10-11-sinflaridan iqtidorli o’quvchilari o’rtasida qiziqarli va mazmunli bo’lib, hammani esida qoladigan darajada o’tganligini, insholar yo’nalishi bo’yicha 10-sinf o’quvchisi Vaisyozova Munisa, , she’riyat yo’nalishi bo’yicha 8-sinf o’quvchisi Ollaberganova Mashhura, tasviriy san’at yo’nalishi bo’yicha 7-sinf o’quvchisi Ozodov Nodirbeklar g’olib bo’lishdi. G’olib o’quvchilar maktab ma’muriyati tomonidan diplom, faxriy yorliqlar bilan taqdirlanganligini aytib o’tdi.
Yuqoridagilarni tinglab yig’ilish
QAROR QILADI :
1.Maktab M.M.I.B.D.O’ S.Durdiyev axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Men nechun sevaman O’zbekistonni” ijodiy ishlar tanlovining insholar, she’riyat, rasmlar tanlovi yo’nalishi bo’yicha maktab bosqichi o’tkazilganligi qayd etilsin.
3.Maktab bosqichida g’olib bo’lgan o’quvchilar taqdirlanib, tuman bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya qilinsin.
Yig’ilish raisi: S.Durdiyev
Kotiba: Sh.Allabergonova
Do'stlaringiz bilan baham: |