4-savolga javob
Farobiynnig inson va jamiyat, ularning o`zaro ta`siri, davlat, siyosat, urush va tmnchlik kabi masalalariga bag`ishlangan asarlari sirasiga «Fozil odamlar shaxri» haqida kitob «Baxt saodatga erishish» haqida risola, «Fuqarolik siyosati», «Jamiyatni o`rganish haqida», «Urush va tinch-totuv yashash haqida», «Davlat arboblari haqida hikmatlar» nomli asralarida inson, jamiyat, siyosat, adolat, odob-axloq, ta`lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlari bayon etilgan.
Farobiyning chuqur falsafiy kuzatishlariga e`tibor bersak, unda insonni faol harakatda, yaratishda bo`lishi va uni tabiat bilan munosabatiga e`tibor bergan. Jamiyat va inson yagonadir, jamiyat va davlat taraqqiyotini insonlar faoliyatisiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Jamiyatning kelib chiqishi va uning mohiyatini o`rganuvchi maxsus fan zarurligini Farobiy chuqur xis qiladi. Jamiyatni o`rganish insonni o`rganish demakdir. Odamlar rivojlanishlari va yaxshiroq yashashlari uchun ular jamoaga birlashishga, majbur bo`ladilar. Shu tariqa jamiyat zaruriyat taqdiri bilan vujudga keladi. Jamiyat o`z qonunlari asosida rivojlana boshlaydi.
Farobiyning uqdirishicha, inson ijtimoiy mavjudotdir. U tabiiy ravishda boshqa odamlar bilan o`zaro munosabatga kirishga intiladi, natijada ijtimoiy faoliyat vujudga keladi. Jamiyat odamlarni birlashtirishi va ularga baxt-sodat bag`ishlashi kerak. «Fozil odamlar shahri» nomli asarda davlat boshlig`ining fazilatlari belgilab beriladi. Davlatni boshqaruvchi kishi sog`lom, jasur, aqlli va ma`rifatparvar, adolatparvar bo`lishi, kishilar bilan muomala qilish, san`atini chuqur bilishi va unga amal qilishi zarur.
Farobiy qarashlarinnig asosiy tamoyili bu adolatparvarlikdir. Ideal shaharda ham adolat hamma narsadan ustun: hammaning tengligi, hamkorligi va axilligi mana shu davlatni asosiy tayanchi va kelajak ravnaqidir. Farobiy Sharqda birinchilar katorida davlatning Monarxiya shaklida cheklanib qolmasdan uni bir necha kishi tomonidan boshqarish kerak degan xulosaga keladi. CHunki bir insonda Farobiy talab kilgan o`n ikkita fazilat mujassam bo`lmasligini aniq tushunib etgan mutafakkirdir.
Farobiy ko`plab xorijiy tillarni o`rganib, ular orkali Aflotun Arastu kabi buyuk mutafakkirlarning ilmiy merosidan bahramand bo`ladi, U matematika, meditsina kabi tabiiy fanlar bilan bir vaqtda filosofiya, logika, siyosat, davlat haqidagi ijtimoiy fanlarning soxalari bilan ham shug`ullanadi va o`zining yuzdan ortiq asarlarini yozib qoldiradi.
Farobiy kamtar, tartinchoq kishi bo`lib, mulki ham, boyligi ham bo`lmagan. U umrini ilm sohalarini o`rganishga, kitoblar yozishga sarflagan mutafakkir edi. U o`z vatanidan uzoqlashib ketishiga qaramasdan, o`z ona tili— turkiy tilni unitmagan va o`z milliy kiyimida yurgan, milliy odatlarga rioya qilgan. U o`zining yuksak ilmi bilan xammani hayratda qoldirgani uchun xam xalq orasida «mua`limi soniy»,ya`ni «ikkinchi muallim» degan nom bilan mashxur bo`lgan.
Farobiy bizga juda katta ijodiy meros qoldirgan. Bu asarlarning to`liq ro`yxati bo`lmasada, ilmiy adabiyotlarda u 130-160 dan ortiq asarlar yaratgani haqida fikrlar mavjud. Farobiy to`g`risida sharq adabiyotida turli-tuman hikoya,afsonalar mavjud bo`lib, ularning barchasida mutafakkirning o`z zamonasi fanning turli sohalari bo`yicha chuqur bilimga ega bo`lganligi haqida va u juda ko`plab tillarni bilganligi haqida hikoya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |