Davlat tuzilmasining turlari va ularning xususiyatlarini aytib bering



Download 33,73 Kb.
Sana11.04.2022
Hajmi33,73 Kb.
#542497
Bog'liq
Davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishi va amalga oshirilishi


Davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishi va amalga oshirilishi murakkab, ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, u davlat tuzilishining muayyan tartibini, davlatning alohida tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni o‘z ichiga oladi. Bunga ma'muriy-hududiy tuzilma, xo'jalik va maxsus hududiy bo'linmalar kiradi. Davlatning tashkil topish shakli bu davlatning siyosiy, ma'muriy, hududiy tuzilishi va uning oliy organlari bilan mahalliy hokimiyat organlari o'rtasidagi munosabatlardir.
Davlat tuzilmasining turlari va ularning xususiyatlarini aytib bering.
Savollar:

  1. Davlatning tuzilish shakllariga nimalar kiradi.

  2. Davlatning siyosiy shakllari qanday.

  3. Davlatning maʼmuriy boʻlinishi qanday amalga oshiriladi.

  4. Davlat hokimiyatining hududiy tashkil etilishi qanday amalga oshiriladi.

  5. Davlatning oliy organlari bilan mahalliy hokimiyat organlari o’rtasidagi munosabatlar qanday amalga oshiriladi.

Ushbu kazusdagi savollarga javob berishda quyidagi adabiyotlardan foydalandim:


1.”Davlat va huquq nazariyasi”-Odilqoriyev X.T.”Adolat”,2018. – 528bet.
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.TOSHKENT-“O’zbekiston”-2019
3.” Davlat va huquq nazariyasi”-Saydullayev.Sh.A – Toshkent: TDYUU, 2020.-248bet.

Javob:
Davlatning tuzilish shakliga tarif berishdan oldin avvalombor davlat nima ekanligi, uning mazmun mohiyati haqida qisqacha to’xtalib o’tish o’rinlidir. Davlat bu muayyan hududdagi o’z boshqaruv hokimiyatiga ega , o’z aholisi, o’z qonunlariga ,o’z davlat ramzlariga ega bo’ladi. Davlat mamlakat sarhadlarini qo’riqlaydi,chet mamlakatlar bilan diplomatik aloqalarni taminlaydi. Davlat tushunchasi bizning hayotimizga birdaniga kirib qolmagan. U avvaldan shakllanib asta sekin rivojlanib hozirgi shakliga yetib kelgan.

Davlat shakli haqidagi masala muhim nazariy va amaliy ahamiyatga ega.Davlat shakli tushunchasi davlat va huquq nazariyasi fanining predmati sifatida, huquqshunoslikning eng muhim, sermazmun mavzularidan biri bo’lib uning ma’nosinianglash va izohlashga jiddiy yondashuv talab etiladi. Ushbu fikrning tasdig’i sifatida huquqshunos olim I.Ilin quyidagilarni ta’kidlaydi:”Davlat shakli – murakkab va g’oyat mas’uliyatli masaladir, uni ehtiyotkorlik bilan va mutlaqo xolis fikr bilan o’rtaga qo’yish zarur. Eng avvalo, davlat shakli xalqlar hayotiga daxlsiz bo’lgan ”mavxum tushuncha” ham, “siyosiy chizgi” ham emas, balki hayot tarsi va xalq hokimiyatining jonli tashkil etilishidir”1
Davlatning tuzilish shakllari ikkiga bo’linadi oddiy va murakkab. Oddiy davalat tuzilishi jihatidan ma’muriy hududiy qismlariga bo’linadi, o’ziningmilliy valyutasi,o’z armiyasi,o’z davlat chegarasiga ega bo’ladi.Unitar davlatda o’z tarkibida boshqa mustaqil davlatlar bo’lmaydi . Fransiya, Italiyani Unitar davlatlarga misol qilib olsak bo’ladi. Murakkab davlat ya’ni Federativ davlat yoki Ittifoqdosh davlat deb ham atasak bo’ladi . Federativ davlat degani bu bir nechta davlatlarning ixtiyoriy ravishda birlashuvi demakdir. Federativ davlatlarga Rossiya Federatsiyasi va Germaniya federativ respublikalarini misol qilib olsak bo’ladi.

Siyosiy rejim asosan ma’lum bir davlatda boshqaruv hokimiyatini amalga oshiradi. Davlatning boshqaruv hokimiyati har bir manlakatda atroflicha bo’ladi.siyosiy rejim tarkibida nodemokratik rejimning ham ayrim turlari mavjud, bular totalitar, fashistik va avtokratik rejimlardir . 1991-yilning 31-avgustida o’zbek xalqining bir qarashda ushalmasdek bo’lib tuyulgan orzulari ro’yobga aylandi. O’zbekiston Respublikasi o’z davlat mustaqilligini e’lon qildi. O’shandan so’ng respublika birin ketin o’z qonunlarini e’lon qildi.bularning barchasi qonun chiqarishda mamlakatimiz qanchalik ildamlaganligini sezish mumkin. “Siyosiy rejim” atamasi yuridik adabiyotlarda XX asrning 60-yillarida yuzaga kelgan va olimlar o’rtasida turli xil baxs munozaralarga sabab bo’lgan. “Siyosiy rejim” barcha siyosiy institutlar, jumladan davlat, siyosiy partiyalar, saylanadigan birlashmalar, ommaviy ijtimoiy tashkilot va boshqalarningamaldagi faoliyatini ifoda etadi. Siyosiy yoki davlat rejimlarini o’rganish davlat nazariyasi fanining asosiy vazifasidir. Davlat nazariyasida “davlat rejimi” tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu ibora davlat nazariyasida davlat faoliyatining usullarini, metodlarini tavsiflash uchun foydalaniladi. Bu esa, o‘z navbatida, davlat hokimiyati muayyan jarayonlarda qanday amalga oshirilayotganini ta’riflashga imkon yaratadi. Davlat rejimi davlat shakllarining boshqa elementlaridan farq qiladi va o‘ziga xos siyosiy-huquqiy kategoriya hisoblanadi. U davlat hokimiyatini amalga oshirishning real mexanizmi sifatida hokimiyat tarmoqlari munosabatlaridagi yuridik prinsiplarni emas, balki ularning haqiqiy holatini, avvalo, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar o‘rtasidagi mavjud real munosabatlarni ochib beradi.2

O’zbekiston Respublikasi ma’muriy hududiy jihatdan o’n ikki viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog’iston respulikalariga bo’linadi “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
O‘zbekiston Respublikasi hududining yaxlitligi va bo‘linmasligi;
qonuniylik;
ma’muriy-hududiy birliklardagi davlat boshqaruvining samaradorligi;
ma’muriy-hududiy birliklarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirilishi.”3
Mamuriy hududiy tuzilishning o’ziga ta’rif beradigan bo’lsak mamuriy hududiy tuzilish bu biror bir davlatning viloyatlar, shaharlar tuman, shaharchalar, qishloqlar va ovullardan iborat bo’ladi. Hokimiyatlar ham huddi shu tarzda bo’linadi. Ushbu holatni “ierarxiya”ga misol qilib aytsak bo’ladi. Ierarxiya atamasiga ta’rif beradigan bo’lsak bu – pog’onama pog’ona bo’ysunish prinsipi.Ya’ni viloyat hokimlari Prezidentga, tuman, shahar hokimlari viloyat hokimiga , qishloq ovullar esa tuman hokimiga bo’ysunadi. Shu tartibda hokimiyatlar tashkil etilib mamuriy hududiy birliklarni tashkil etadi. Ma’muriy hududiy tuzilish davlat yagona markazdan turib boshqarishda ancha qulaykilar tug’diradi . Tarixdan ma’lumki podshohlar viloyatlarda o’z ishongan insoni noiblikka tayinlagan. Chunki hudud sarhadlari uzoq uzoqlarga cho’zilgan va butun mamlakat hududini bir paytning o’zida aylanib chiqishning imkoni bo’lmagan . Viloyatdagi noiblar podshoh nomidan ish yuritgan va mamlakatni uzoq yillar boshqarishgan.

O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi.


O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.4
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi.5
Davlat hokimiyatining hududiy tahshkil etilishiga mana shu moddalarni misol qilib olishimiz mumkin.
Davlatning oliy hokimiyat organlari bilan mahalliy hokimiyat organlarida o’rtasidagi munosabatlar bu- oliy davlat organlarining hududlardagi vakillari hisoblanib uning joylardagi ijrosini ta’minlaydi.

1Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. – 82bet

2Odilqoriyev X.T. Davlat va huquq nazariyasi. Darslik. – Тoshkent. «Adolat», 2018. –100- bet

3 O’zbekiston Respublikasining ma’muriy – hududiy bo’linish to’g’risidagi 635-sonli 28.08.2020yildagi qonuni, 4-modda.

4 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.TOSHKENT-“O’zbekiston”-2019 3-modda

5 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.TOSHKENT-“O’zbekiston”-2019 69 modda


Download 33,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish