Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир


NAVOIY PANDLARI – HAYOT SABOG`I



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana02.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#478608
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

5.NAVOIY PANDLARI – HAYOT SABOG`I 
 
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy” kitobida futuvvat 
ahli, ya’ni komil, har jihatdan yetuk kishilar ega bo`lishi zarur bo`lgan qirq 
sakkizta ijobiy, shuningdek, inson uchun qusur sanalgan yigirma uchta yomon 
jihatlar sanab o`tilgan. Ollohni, islomni tan olishdan boshlab, aql, ilm, bilim, 
karam, vafo, shafqatu kasallarni borib ko`rishgacha bo`lgan ko`pdan ko`p 
sifatlar qayd etilsa, gap tashish, ko`p kulishdan tortib, yolg`on qasam, may 
ichish-u zinogacha bo`lgan qator illatlardan parhez qilish zarurligi uqtirilgan
1

Ana shu jihatlarning hammasi Navoiy asarlarida ham o`z ifodasini topgan. Shoir 
merosida ko`p uchraydigan pand-u-nasihatlar, inson, hayot, tiriklik, yashash 
mazmuni borasidagi o`gitlar otaning farzandiga, ustozning shogirdiga, akaning 
ukasiga, ulug` donishmandning kelajak avlodiga yetkazayotgan hayot sabog`i 
deyish mumkin.
Navoiyning uch kishi– Husayn Boyqaroning o`g`illari Badiuzzamon Mirzo, 
Shoh G`arib Mirzo va o`z ukasi Darveshaliga qilgan pandlari xuddi bugunning 
gaplaridek taassurot uyg`otadi.
Ma’lumki, Navoiy merosining bir qismini uning xatlari –“Munshaot” asari 
tashkil etadi. Shoirning Badiuzzamon Mirzoga yozgan qator xatlari ham 
xarakterli. 
Navoiy bilan bu shahzodaning munosabatlari ancha yaxshi bo`lgan. Husayn 
Boyqaro bilan Badiuzzamon Mirzo orasida bo`lib turadigan nizo, 
kelishmovchiliklarni bartaraf etishda shoir ko`p vaqt vositachilik vazifasini 
bajargan. Shahzodaga nasihatlar qilgan. Bu fikrlarni bir maktub orqali asoslash 
mumkin. Navoiy Badiuzzamon Mirzoga xat yo`llab, Olloh roziligini ota 
roziligiga tenglashtiradi. Ota g`azabiga uchragan Tangri taolo g`azabiga duchor 
bo`lishini ta’kidlaydi. U mashhur shayxlarning “otang parvardigoringdur” degan 
1
Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. T., 1994. 11-12-betlar.


 149 
so`zlarini esga oladi. Ayni paytda mashhur adib Ahmad Yugnakiyning bir 
ruboiysini keltiradi:
Atodin xato kelsa ko`rma xato, 
Savob bil xato toki qilsa xato.
Atoning xatosini bilgil savob, 
Seni yuz balodin qutqarg`ay xudo. 
Bu- har bir farzand uchun shior. Bugungi kunda ba’zan uchrab turadigan 
ota va farzand nizolari, arzimas narsalar sabab, otasini behurmat qilayotgan 
ayrim noqobillarga o`ziga xos ibrat. Otaning har qanday kamchiligi, xatosini 
farzand qusur deb bilmasligi, uni savob o`rnida qabul qilishi, shunda Olloh uni 
har qanday balo-yu ofatlardan omon saqlashi ta’kidlanmoqda. Otasi Ya’qubga 
bir 
ozgina 
odobsizlik 
qilgani 
uchun 
Yusuf 
payg`ambar 
boshqa 
payg`ambarlardan yetmish yil keyin jannatga kirgani, Hom ham otasi Nuhga 
tarki adab qilgani uchun rangi qora bo`lib, uning nasli payg`ambarlikdan judo 
bo`lganini misol qilib ko`rsatadi.
Navoiy Badiuzzamondan sodir bo`lgan ba’zi kamchiliklarni arz qilib o`tadi. 
Shoir e’tiroficha, ushbu shahzodaga doimo duo tilab, nimaiki nomunosib ish 
qilsa aytib o`tgani yoki kitoblarida nasihat qilganini eslatadi. Navoiy 
Badiuzzamonga yetkazishni farz sanagan va bu ishi noto`g`ri deb bilgan 
quyidagi sabablarni ko`rsatadi.
1.Viloyatdan olinadigan mollar, soliqlarni maslahatsiz yig`ayotgani. Agar 
ozgina ishora qilsa ham, ya’ni ruxsat so`ralsa yo`q deyilmas edi. 
2.Ota bilan suhbatda muloyimroq, so`zni yumshoqroq so`zlash. 
“Astrobodg`a kishi yubormangkim, bermagumdir” degan jumlani Navoiy 
keskinroq javob deb biladi. Buni boshqacharoq, samimiyroq tarzda ham bayon 
qilish mumkin edi.
3.Badiuzzamon yozgan nishon-farmonning tug`rosi-maxsus o`rnida Husayn 
Boyqaro nomini qayd etmagani. Navoiy bularni gina tarzida bildirib, 
Badiuzzamonday oqil, iymonli yigitga bunday ishlar ravo emasligini uqtiradi.
Navoiy Husayn Boyqaroning Badiuzzamonga munosabatini, uning eng 
sevimli farzandligini hammadan yaxshiroq sezishini eslatadi.
Shoir Badiuzzamonning bu ishlarini Husayn Boyqaroning keksayib qolgani 
sababli qilayotgan bo`lsa, noto`g`ri ekanligini, chunki farzand otasi 
zaiflashganda, qariganda ko`proq xizmat qilishi, jonini nisor etishi kerakligini 
aytadi.
Navoiy bu so`zlarni aytishni qarz deb biladi. Bu pandlarini Husayn 
Boyqaro topshirig`i bilan buyruq asosida yozmaganini, hatto Husayn Boyqaro 
bundan bexabar ekanligini ta’kidlab o`tadi.


 150 
Umuman, bu maktub-Husayn Boyqaro va Badiuzzamon munosabatlarini 
yumshatish, Badiuzzamonga nasihatlar qilib, noto`g`ri ishlarini ko`rsatish va 
uning farzandlik burchini bajarishga undash edi.
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonining bir bobini Abul Favoris Shoh 
G`arib Mirzoga bag`ishlagan. U Husayn Boyqaroning o`g`li. Laqabi Abul 
Favoris. “Favoris- “foris”ning ko`pligi; suvoriy, sher demakdir.
1
Navoiy 
“Majolis un-nafois” ning yettinchi majlisida Shoh G`arib Mirzo haqida ham 
gapirib o`tadi. Uni sho`x tabiatli, o`tkir zehnli, nozik xayol yigit ekanligini, 
nazm va nasrda naziri yo`qligini aytib samimiy munosabat bildiradi
1
. “Farhod 
va Shirin”da bu shahzodani madh etadi. Ayni paytda bir necha nasihatlar qiladi. 
Bu pandlar ham bugungi yoshlar – o`quvchi va talabalarga qaratilgandek 
tuyuladi:
Quyoshliq istasang kasbi kamol et, 
Kamol ar kasb etarsen, bemalol et. (“Farhod va Shirin”. 462-bet) 
Quyoshlik istash – quyoshdek nurposh bo`lish, zaminga, el-u yurtga nur 
bag`ishlash. Buni istagan kishi komil bo`lishi – ilm-u hunar o`rganishi zarur. 
Shoir ilm va ta’lim haqida gapirar ekan, ta’limda kim malollik – loqaydlik qilsa, 
“ilm ahli oldinda xijolat” tortishini aytadi. Bu- haq gap. Ilm olib, olim bo`lish 
ulug` sharaf. Kim olimlarga ta’zim qilsa, xuddi payg`ambarga ta’zim qilgandek 
bo`ladi. Olimlar, ilm ahli-payg`ambarga voris hisoblanadi deydi shoir. Albatta, 
gap bu yerda haqiqiy olim, ilm-u irfonda mukammal inson haqida bormoqda. 
Ilm egalarining yaxshi nomi qoladi. Iskandar ilm-u hunari tufayli “bahru barni” 
–dengiz-u quruqlikni egallaydi. Navoiy shu o`rinda Mirzo Ulug`bekni tilga 
oladi, ilmi sabab osmonni kashf etgani, “Zichi Ko`ragoniy” nomli ilmi 
osmoniyni yozganini ta’kidlaydi. Inson ilm borasida hech qachon qanoat 
qilmasligi, ilm o`rganishdan to`xtamaslikni, bir necha ilmlardan xabardor 
bo`lishini aytadi. Diniy ilmlar, ayniqsa fiqh, hadis, tafsirni o`rganish zarurligini 
qayd etadi. Tibbiyot, hikmat – falsafani o`rganish ham xo`b. Inson tarixga nazar 
solishi, hech kim abadiy qolmasligi, Tahmuras, Jamshid, Zahhok- hammasi
o`tgani, faqat kimdandir yaxshi ot qolishi, boshqasi yomonlik bilan nom 
chiqarishini uqtirib, inson yaxshi nom qoldirish uchun yashashi kerakligini 
aytadi:
Qila olg`oncha ul bo`lsun shioring,
Ki, yaxshi ot qolg`ay yodgoring. (“Farhod va Shirin”. 465-bet)
1
Alisher Navoiy. Farhod va SHirin. MAT. 20 tomlik. 8-tom. T., 1991. 526-bet.
1
Alisher Navoiy. Majolis un-nafois. Asarlar XV tomlik. 12-tom. T., 1966. 175-bet.


 151 
Haq nima buyursa shuni qilish, Ollohga manzur bo`lmagan ishlardan voz 
kechishni aytadi.
Navoiy shahzodaga o`git berar ekan, mizojini yaxshi bilib olishni, ovqat 
yeyishda ham me’yorga rioya qilishni, ko`p ovqat badanga yuk ekanligini 
uqtiradi. Tiriklik suvi bo`lsa ham, me’da hazm qilmasa, iste’mol qilmaslikni 
aytadi. Bundan tan sihat topadi.
Shoir tarixga nazar solib, o`tgan jahongirlardan ibrat olishni, kim zulm, kim 
adolat qilgani, qaysining harakatlaridan yurt obod bo`ldi, qaysidan barbod, 
qaysi ishlardan el salomatlik topdi. Shulardan xulosa chiqarishni, yaxshi nom 
qoldirishni nasihat qiladi.
Navoiy bu pandlari foyda berishini, uni ham duo bilan yod etishni Shoh 
G`arib Mirzodan so`raydi.
Shoir pand berganidek, ilm-u hunar o`rganish, hayotdan saboq olish, yaxshi 
nom qoldirish uchun yashash barchaning umr mazmuniga aylansa.
Navoiyning ukasi Darveshaliga qilgan nasihatlari ham bugungi yosh 
avlodga qaratilgan o`ziga xos o`git hisoblanadi.
“Saddi Iskandariy”da keltirilgan 64 misrali bu pandda Navoiyning o`z 
jigariga, eng yaqin kishisiga qilgan qalb so`zlari bayon qilingan. Navoiy “Saddi 
Iskandariy”- dagi bobda dastlab Darveshaliga o`zining qarindoshi ekanligini, 
“besh ganj”- “Xamsa”dek sehrli asar yaratgani, unda bir qism gavharlarni –
hikmatomuz so`zlarni unga bag`ishlashini, bu gavharlar unga “pand” – nasihat 
ekanini – ularni tinglab, amal qilishni, nimagaki erishgan bo`lsa Haq ehsoni deb 
bilishni ta’kidlaydi. Olloh “vahhobu g`affor”- baxsh etuvchi va kechiruvchi, 
ayni paytda “jabboru qahhor”- g`azab-u qahr qiluvchi ham. Shoir birinchi 
o`rinda, Darveshaliga doimo Ollohni yodda tutishni, din qoidalaridan chetga 
chiqmaslikni, Xudo-yu Rasul amriga quloq tutishni, so`ngra valine’mat-shoh 
amriga itoat etishni so`raydi. Agar Olloh shoh lutfini bizga ato etmaganda edi, 
men bilan sen – bir – ikki gado edik, xolos, deydi shoir. Lutf etgan shoh uqubat-
u g`azab ham ko`rsata oladi. Ikkinchi o`rinda, Darveshalining hukmdorligiga 
e’tiborni qaratadi. Xalqni adolat bilan boshqarishni aytadi. Shu o`rinda mashhur 
misralarni keltiradi:
Navosiz ulusning navobaxshi bo`l, 
Navoiy yomon bo`lsa sen yaxshi bo`l. (561-bet) 
Shoir o`zini g`oyatda kamtar tutib, men yomon bo`lsam sen yaxshi bo`l 
deydi. Xalqqa yaxshilik qil, bechora ulusning navobaxshi bo`l deya nasihat 
qiladi. 
Bu – hammamizga ibrat. Xalq koriga yarash, uning og`irini yengil qilish – 
oliy maqsad. Shoir balki pandlari ukasiga og`ir botmasin degan andishada, bu 


 152 
gaplarni senga aytishga ehtiyoj yo`q, o`zing bularni yaxshi tushunasan, lekin 
yana bir bor aytishning ziyoni yo`q. Chunki bu dunyoga, tiriklikka baqo yo`q. 
Hayot- bevafo. Men bormi – yo`qmi, bu so`zlarim senga yodgor deydi. 
Haqiqatdan ham, ota-onalarni e’zozlash, ilm-u hunar egallash, turli fanlarni 
o`rganishga jahd etish, har ishda Ollohni yod etib, insof chegarasidan 
chiqmaslik, xalqqa adolat bilan munosabatda bo`lish, yaxshi nom qoldirish 
uchun yashash Navoiydan bizga qolgan buyuk ma’naviy yodgor, asrlar osha 
boqiy qoladigan mangu hikmat.


 153 
Xulosa 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish