146
ko`proq olamning bevafoligi, inson umrining omonatligiga ishora bor.”Farhod
va Shirin”da gardunga nisbatan shunday deyiladi: “Shioring har necha javru
jafodur”. Ha, dunyoning shiori: javru jafo.
Navoiy ko`p o`rinlarda umrning o`tkinchiligiga e’tiborni tortadi:
Ey ko`ngul, boqmag`il jahon ishiga,
Kim jahon qilmadi vafo kishiga. (“Sab’ai sayyor”. 328-bet)
Hayotning inson uchun abadiy emasligini shoir bir baytida shunday
ta’kidlaydi:
G`amim yo`qtur o`lmakda
emgak uchun,
Nedinkim tug`ar kimsa o`lmak uchun.
(“Saddi Iskandariy”.18-bet)
Insonning qismati azaldan ma’lum.U o`lish uchun tug`iladi.Bundan hech
kimga omonlik yo`q. Shoir dunyoning o`tkinchiligini bot-bot e’tirof etadi.
Nega? Bu tushkunlik, hayotga ko`ngil qo`ymaslikka chaqiriqmi? Navoiyning
niyati boshqacha. Olamning yaratilishi, kishilarning kelib-ketishi hayot qonuni.
Hech kim bu dunyoda abadiy qolmaydi. Birov keladi, boshqaning nasibasi tugab
bitadi:
Turfa bukim, yuz
kelibon ming ketar,
Ming chu ketar, keynicha yuz ming yetar.
(“Hayrat ul-abror”. 249-bet)
Shoir ta’kidicha, yuz kishi tug`ilsa, ming odam bu olamni tark etadi. Uning
o`rnini yana yuz ming kishi egallaydi. Bu –hayotning davomiyligi, siru sinoati.
Dunyo shu: kelish-u ketish. “Ketguchi bu bazmga kelgan kishi”. Dunyo –bazm.
Qisqa fursat. Umr shunday davom etaveradi:
Silsila bu nav’ azal to abad,
Kelguchi-yu ketguchi behaddu ad.
(“Hayrat ul-abror”. 249-bet)
Navoiy tasviricha: “Osoyish yeri ermas bu manzil”. Inson - omonat. Bu
holatni “suv ichinda kesak”, “kesak manzili istiqomat emas” o`xshatishlari
orqali bayon etadi:
Bir ulug`roq kesak erur bu jahon,
Ki erur ko`pragi suv ichra nihon.
(“Sab’ai sayyor”. 328-bet)
Suv – qudrat timsoli.Kesak uning oldida hech narsa:
147
Kim kesakni suvda nazora qilur,
Bir-ikki lahza chun o`tar ezilur.
(“Sab’ai sayyor”. 328-bet)
Kesakning “bir-ikki lahzada ezilur”i inson umriga ishora. “Barchag`a chun
adam sori yo`ldur, Karvon ichra karvon uldur”. “Karvon”-olam. “Karvon ichra
karvon” –inson umri. Hammaning yo`li adam- yo`qlik sari borishi aniq. Boshqa
bir o`rinda shoir inson hayotini suv yuzidagi hubobga qiyoslaydi:
Muni ma’man dema, degil xarobe,
Muni maskan dema, degil hubobe.
(“Farhod va Shirin”. 421-bet.)
Bu olam “ma’man” –tinch, omonlik joyi emas. Xarob bir maskan.Uni
maskan deb ham bo`lmaydi. U “hubob”-suvning pufagi, lahzalik hodisa.
Navoiy olam haqida fikr yuritib, uning o`tkinchiligi, zolim va bevafoligi,
“g`am yemakka kiro aylamasligi”ni ta’kidlaydi. Ayni paytda,
olam paydo
bo`lganidan maqsad odam ekanligini uqtiradi:
Karam birla haq aylagay olame,
Bu olamda maqsud anga odame.
(“Saddi Iskandariy”. 14-bet)
Shoirning olam haqidagi yuqoridagi mulohazalarining ma’lum asosi bor.
Dunyo o`tkinchi, uning gultoji inson hisoblanar ekan, umr mazmuni nima bilan
bog`liq? Ana shu yerda shoirimizning bosh muddaosi oydinlashadi: umrni, “bir-
birga siz borchangiz mehmonsiz” deya tiriklikni g`animat bilish,hayotni
mazmunli o`tkazish. Shoir shunday yozadi:
Qo`yub borin oxir chu ketgungdurur,
Deginkim olib oni netgungdurur.
(“Saddi Iskandariy”. 472-bet)
Inson uchun oxir-oqibat tuproq oromgoh bo`lar ekan, yig`ib-yig`ishtirganini
tashlab ketishga mahkum ekan, yelib-yugurish, tinib-tinchimasligining ma’nisi
nimada? Shoir aytmoqchi:
Chu oxir bo`lurbiz adam, ey rafiq,
G`animat tutoli bu dam, ey rafiq.
(“Saddi Iskandariy”. 468-bet)
Navoiy
talqinicha,insoniylikning, yashashdan maqsadning muhim shartlari
bor. Shoir tasviricha, yaxshi nom qoldirish, ezgu ishlari, so`zu amallari bilan el
148
ko`nglidan joy olish –umr mazmuni. Olam bevafo, umr bebaqo,
tiriklik abas
ekan, har bir kishi faqat yaxshi nom qoldirishga harakat qilishi zarur:
Ming yil umid erurki qilg`aysen,
Yaxshi ot-o`q jahonga solg`aysen.
(“Sab’ai sayyor”. 343-bet)
Navoiyning “Farhod va Shirin”dan olingan mana bu bayti har bir o`quvchiga
umr mazmuni, tiriklik va hayot maqsadini anglatib turgandek bo`ladi:
Qila olg`oncha ul bo`lsun shioring
Ki, yaxshi ot qolg`ay yodgoring. (465-bet)
Do'stlaringiz bilan baham: