Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир


“HAYRAT UL-ABROR” SABOQLARI



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana02.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#478608
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

2.“HAYRAT UL-ABROR” SABOQLARI 
 
Navoiyning “Hayrat ul-abror”i – diniy – tasavvufiy, falsafiy, odob-axloq, 
pand-nasihat ruhidagi doston. Bu asarni shoirimizning hayot, inson, yashash, 
islom, yaxshilig-u yomonliklar haqidagi o`ziga xos saboqlari deyish ham 
mumkin. 63 bobdan iborat dostonning har bir bobida o`nlab masalalar, 20 
maqolatu, 20 hikoyatning har birida ko`plab g`oyalar, fikr-mulohazalar bayon 
qilinadi. Ayrim baytlar borki, undagi mazmun yirik asarlar salmog`i bilan teng 
turadi. Ularni shohbayt, hikmat, fikrlar qaymog`i deyish mumkin. Ana shunday 
baytlarga e’tiborni qaratamiz.


 139 
Shoir o`quvchi e’tiborini eng muhim tushunchalarga qaratadi. Ularning har 
biriga alohida urg`u beradi: Ko`ngul, iymon, islom, karam (saxovat), adab, 
qanoat, vafo, ishq, rostlik, ilm, dunyo (aflok) kabilar teran sharhlanadi.
“Hayrat ul-abror”da inson, insoniylik belgilari, “odamiylar odamiysi”, ya’ni 
bugunning tili bilan aytganda, komil shaxs haqida ko`pgina fikrlar uchraydi. 
Dostonning boshlaridayoq, olamning paydo bo`lishi, borliqdagi g`aroyibot, sir-u 
sinoatlarning yaratuvchisi Olloh qudrati madh etiladi. Shoir olamdagi barcha 
narsalarning yaratilishidan maqsad inson ekanligini bir o`rinda “Lek boridin 
g`araz inson edi” deya ta’kidlasa, boshqa bir baytda “Bor edi inson guli maqsud 
anga” deydi:
Bu chaman o`lmog`ida mavjud anga
Bor edi inson guli maqsud anga. (239-bet) 
Navoiy insonni ulug`laydi. Bu nomga musharraf bo`lish oliy saodat 
ekanligini uqtiradi. Haqiqiy insonni “odamiylar odamiysi” deya baholaydi. Va 
bunday kishining birinchi belgisi iymon ekanligini ta’kidlaydi:
Kimki jahon ahlida inson erur,
Bilki nishoni anga imon erur. (100-bet) 
Shoir iymonli, haqiqiy kishilarga xos sifatlarni ko`rsatib o`tadi. Ishi elga 
foyda keltirish, yaxshilik qilish, odob-axloqli, saxovatli, qilmishi rostlik va 
to`g`rilik, sabr-qanoatli, shukr qilib yashaydigan, halol mehnatni qadrlaydigan, 
shirin so`z, nafs va ta’madan yiroq kishilarni ana shu bahoga loyiq deb biladi. 
Shoir insonning suvrati bilan siyrati, ya’ni tashqi ko`rinishi bilan ichki dunyosi 
mos tushishini aytadi. Aytadigan so`z bilan qiladigan ish muvofiq bo`lmasa
foydasiz ekanligini uqtiradi: 
Kimniki, inson desang, inson emas, 
Shaklda bir, fe’lda yakson emas. (325-bet)
Komil insonning ko`ngli, so`zi, ko`rinishi, fe’l-atvori, qiladigan ishlari bir 
xil bo`ladi.
Haqiqiy inson sabr-qanoatli, shukrlidir. Insonni davlati, mol-mulki emas, 
qanoati sarbaland etadi: 
Mulk ila o`zni demagil arjumand, 
Mulki qanoat bila bo`l sarbaland. (166-bet) 
Navoiy asarlarida shukr qilib yashash g`oyasi ko`p tilga olinadi. 
Qit’alaridan birida ikki kishining holatini tasvirlash orqali shukronalikni 
ulug`laydi. Birov kelyapti: oyog`ida kiyishga kalishi yo`q. Ikkinchisi kelyapti – 


 140 
oyoqning o`zi yo`q. “Birni ko`rib fikr qil, birni ko`rib shukr qil” degan maqol 
mazmuniga juda mos. “Hayrat ul-abror”da bu fikr yana ham chuqurlashtiriladi: 
Biri aning ne’matig`a shukr erur, 
Kimsaki, shukr aylasa ko`prak berur. (123-bet) 
Navoiy komil insonga xos yana bir muhim belgi sifatida halol mehnatni 
ulug`laydi. Birovning minnatli oshidan halol mehnat bilan topilgan ozgina narsa 
ham qimmatliroq. O`zi mehnat qilib topgan bir dirham birovning “ganj”i - katta 
xazinasidan yaxshiroq: 
Bir diram olmoq chekibon dast ranj,
Yaxshiroq andinki birov bersa ganj. (153-bet) 
Boshqa bir o`rinda esa, halol mehnat bilan topilgan qatiqsiz umochni 
(suvda pishirib olinadigan xamir ovqat) kulochga, ya’ni sharbat, bodom, 
qaymoq solib pishirilgan kulchaga qarshi qo`yadi. O`z mehnati bilan topilgan 
umochda ko`ngil tinchligi, osoyishtalik bor. Birov bergan kulochning minnati
bezovtaligi ko`proq: 
Tinch ko`ngul birla qatiqsiz umoch 
Behki birov minnati birla kuloch. (170-bet) 
Komil insonga xos yana bir sifat-rostlik, to`g`rilik. Bu tushuncha 
Navoiyning ko`p asarlarida izohlanadi. “Xamsa” ning “Hayrat ul-abror”, “Sab’ai 
sayyor”, “Saddi Iskandariy” dostonlarida, ayniqsa chuqur mulohazalar bildirilib, 
ibratomuz hikoyatlar keltiriladi. “Sher bilan Durroj”, Muqbil va Mudbir, chin-u 
yolg`onni aks ettiruvchi sehrli oyna, kampir va daraxti, yolg`onchi kishi va 
uning uyi yonib ketishi kabi hikoyatlarni eslash kifoya. “Hayrat ul-abror”da bu 
mavzu o`ninchi maqolatda yoritilgan. To`g`rilik timsollari sifatida o`q, nay, 
nayza, sham’, sarv kabilar tavsiflanadi. Shoirning bu boradagi xulosasi 
quyidagicha:
Bir buki, tuz bo`lsa kishining so`zi,
Yo`q so`zikim, ham so`zi-yu ham o`zi. (205-bet) 
Tuz-bu to`g`rilik, rostlik degani. Insonning so`zi rost bo`lishi zarur. 
Nafaqat so`zi, o`zi ham, so`zda boshqayu, ishda o`zgacha bo`lish muvofiq emas.
Ya’ni:
Ulki shior ayladi yolg`on demak,
Bo`lmas ani er-u musulmon demak. (208-bet)


 141 
Yolg`onchi odam xalq e’tiboridan qoladi. Shoir “kizb” – yolg`on, “kozib” 
– yolg`onchi tushunchalariga ko`p to`xtaladi. “Tuz-haq”, “egri-botil” deydi. 
Egrilik, yolg`onchilikni “barqqa”– chaqmoq, yashinga o`xshatadi. O`zi osmonda 
bo`lsa ham quyiga tushishini xorlik deb biladi. Egrilik-rejasiz bog`, 
tekislanmagan, teng suv icha olmaydigan notekis yer. Yolg`onchilik yashirin 
qolmaydi. Tezda elga oshkor bo`ladi. Yolg`onchilikda nomi chiqqan odamning 
rost so`zi bo`lmaydi. Unga hech kim ishonmaydi. To`g`ri so`zi ham yolg`ondek 
tuyuladi. Shu sabab har qanday mushkul damda ham yolg`on gapirmaslik kerak: 
Necha zarurat aro qolg`on chog`i, 
Chin demas ersang, dema yolg`on dog`i. (209-bet) 
Haqiqiy inson nafsga mute bo`lmagan, uni yenga olgan kishidir. Navoiy 
e’tiroficha, to`qaydagi sherni yengish mardlik emas, o`z nafsini bo`ysundira 
olgan shijoatlidir. Kishini beburd qiladigan, har ko`yga solib, yo`ldan 
ozdiradigan balo-nafsdir. Nafs bilan jihod aylagan akbardir. Inson ehtiyojining, 
nafs nayranglarining cheki yo`q. Navoiy aytganidek:
Nafskim, ul ayshi mudom istagay, 
Sanga gunoh, o`ziga kom istagay. (323-bet) 
Nafs istagi – aysh, rohat-farog`at. Uni qondirish qiyin. Nafs qanchalik 
“kom” – bahra, lazzat uchun intilsa, inson shunchalik gunohga botaveradi. 
“Hayrat ul-abror” da bir bayt bor:
Chunki og`izning yemak o`ldi ishi, 
Harbi uchun chekti iki saf tishi. (167-bet)
“Hayrat ul-abror” ning nasriy bayonida bu bayt “Og`izning ishi ovqat 
yeyish bo`lgani sababli chaynash uchun (Xudo) ikki qator tish ham yaratdi” 
tarzida sharhlangan. Ammo bunday emas. Chunki bu bayt dostonning yettinchi 
maqolatidan olingan bo`lib, u “Qanoat bobidakim” deb boshlanadi. Shoir bu 
bobda qanoat, tama’, ularning foyda va zararlarini sharhlaydi. Shu asosda 
yuqoridagi bayt ham keltiriladiki, uning talqini quyidagicha: Og`izning ishi 
yeyish. Inson ehtiyojining cheki yo`q. Taom, nafs lazzati hammani ham mahv 
etishi mumkin. Navoiy e’tiroficha, og`izning, nafsning bu istagiga qarshi ikki 
qator tish berilgan. Ular ovqatni chaynash vositasi emas. Balki inson nafsiga 
qarshi kurashadigan ikki qator lashkar-jangchilardir. “Harbi uchun” birikmasi 
ana shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Navoiy asarlarida so`zga alohida e’tibor beriladi. “So`z” deganda til, nutq, 
muomala, badiiy adabiyot kabilar nazarda tutiladi. Shoir nazarida shirin so`z, 
yaxshi muomala ko`p mushkullarni hal qilishda foyda beradi. Gapirayotgan 


 142 
yuksak martabali kishi yoki gadomi, boy-u badavlat yoki kambag`almi- bu 
muhim emas. Muhimi u nima deyayotgani. “Hayrat ul-abror” ning o`n uchinchi 
maqolati foyda yetkazuvchilar haqida. Komil insonlarga xos belgilar qatorida 
yaxshi so`zga ham e’tiborni tortadi. Shoir talqinicha, ba’zan katta davlat, ganj-
xazina berib ham qilib bo`lmaydigan ishni “bir yaxshi so`z” bilan bajarish 
mumkin:
Ganj berib bo`lmas ekin tutsa ko`z, 
Ulcha qilur vaqtida bir yaxshi so`z. (239-bet) 
Shoir fikrlarini davom ettirib, so`z bilan eng yomon odam yaxshiga 
aylanishi, “kufr ahli musulmon”, “hayvon degan inson” bo`lishini ta’kidlaydi. 
So`zdan jonsiz vujudga jon, “o`luk tan hayot” topadi: 
Ham so`z ila elga o`lumdin najot, 
Ham so`z ila topib o`luk tan hayot. (240-bet) 
Navoiy asarlarida, “Hayrat ul-abror” da ham insoniylikning yetakchi 
omili sifatida o`zgalarga yaxshilik qilish ekanligi ko`p bor qayd etiladi.
Kimki, o`zgalarga yaxshilik qilish, foyda keltirishni odat qilsa, bundan 
o`ziga ko`proq foyda yetadi:
Naf’ing agar xalqqa beshak durur, 
Bilki bu naf’ o`zungga ko`prak durur. (234-bet) 
Yaxshilik qilib yashash yuksak baxt. Uni hamma ham qilolmaydi. 
Yaxshilik qilolmagan odam yomonlik ham qilmasa. Shuning o`zi yaxshilik 
qilish bilan teng: 
Yaxshilik ar aylamasang ish chog`i, 
Aylamagil bori yomonliq dog`i. (299-bet) 
Navoiy talqinida, yaxshilik qilishning ham o`z shartlari bor. Eng yaxshisi 
qilgan yaxshiligini aytmaydigan, minnat qilmaydigan kishidir. Ming yaxshilik 
qilib, bir marta ham aytmagan kishida “erlik asari yordur”: 
Yaxshi emas gar qilib aytur kishi,
Ko`r ne bo`lur qilmayin aytur ishi. (275-bet) 
Umuman, “Hayrat ul-abror” da yosh-u qari, erkak-u ayol-hamma-hamma 
uchun o`git bo`ladigan, hayoti davomida amal qilishi zarur bo`lgan ko`pdan 
ko`p saboqlar o`z ifodasini topgan. Ularni o`rganish har birimizning bugungi 
kundagi muhim vazifalarimizdandir.


 143 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish