Навоий “хамса” сидаги баъзи образлар талқинига доир



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/23
Sana02.03.2022
Hajmi0,98 Mb.
#478608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
alisher navoiy xamsasini organish

KIRISH 
 
 
Ushbi kitobimni volidayi
muhtaramamiz Nazofat Chori 
qizining xotiralariga bag`ishlayman. 
Muallif 


 3 
Muqaddima 
Hazrat Alisher Navoiy ijodi cheksiz ummon. Taniqli adabiyotshunos 
Abduqodir Hayitmetov Navoiy she’riyatini o`rganish bo`yicha muhim 
mulohazalarni bayon etib, shunday yozadi: “Navoiyning lirik merosini bundan 
buyon ma’lum bir tematik qismlarga bo`lib o`rganish ular bo`yicha muayyan 
xulosalarga kelishni osonlashtiradi”. Bizningcha, Navoiy “Xamsa”sini o`rganish 
va o`rgatishda ham bu qimmatli fikrlarga suyanish lozim, chunki undagi 
mazmun-mohiyat, voqea-hodisalar tizimi, obrazlar silsilasi, so`z, jumla talqini, 
umuman, g`oyaviy-badiiy nafosatini tushunib yetish yetarli darajada 
tayyorgarlikni talab etadi. Maktab o`quvchilari, oliy o`quv yurti talabalarining 
bu masalada anchagina qiyinchiliklarga duch kelishi tayin. Shu sabab ham 
“Xamsa”dek ulkan asarni to`laroq anglash, baytlar mohiyatini mukammal his 
qilish uchun keng qamrovli bilim sohibi bo`lish talab qilinadi. Arab, fors, eski 
o`zbek tili so`zlarining ma’nosini bilish, dunyo mamlakatlari, ularning o`rni, 
jug`rofiy joylashuvi, qator payg`ambarlar obrazlari, islomiy g`oyalar, diniy 
talqinlar uchrashi – Qur’oni karim sabog`ining muhimligi, turli sulolalar, 
podsholar, tarixiy kishilar nomlarining mavjudligi – tarix fanidan yetarlicha 
ogohlik, mifologiya, tasavvuf, falsafa, she’rshunoslik va hokazolarga doir 
ilmlardan ma’lum darajada xabardorlikni taqozo etadi.
Bu jihatlarning hammasini o`quvchilardan talab qilish mushkul. Eng oson 
va tez amalga oshiriladigani yuqorida zikr etilgan har bir masala tadqiqiga 
bag`ishlangan alohida-alohida yoki ikki-uch tomonini qamrab olgan qo`llanma, 
sharh tarzidagi kichik tadqiqotlar tayyorlash lozim bo`ladi. Bizningcha, Navoiy 
“Xamsa”sini to`liqroq anglashda quyidagilarga e’tiborni qaratish zarur:
-
“Xamsa”da turli afsonalarga ishora qilinuvchi baytlarni aniqlab, ularning 
sharhini berish; 
-
asarda qayd etilgan joy nomlarini, mamlakatlarning joylashgan o`rni, ayni 
kundagi nomi, hududi, ularni qo`llashda shoirning g`oyaviy-badiiy niyatini 
ko`rsatish; 
-
“Xamsa” dostonlarida uchraydigan obrazlarni quyidagicha tasniflab
mohiyati, o`ziga xosligini oydinlashtirish: 
a) tarixiy shaxslar obrazlari; 
b) payg`ambarlar obrazlari; 
v) mifologik obrazlar; 
g) an’anaviy obrazlar (sevgi-muhabbat, saxiylik, adolat va hokazolar bilan 
bog`liq timsollar). 


 4 
- “Xamsa” dostonlaridagi voqealar, holatlar: obrazlar, falsafiy tushunchalar, 
ayrim istilohlarning majoziy yoki haqiqiy, dunyoviy yoki tasavvufiy ma’nolarini 
aniq, asosli va ishonarli tarzda sharhlash; 
- “Xamsa”da hayotiy manzaralar ifodasi (inson, uning urf-odatlari, hayot va 
tabiatdagi o`zgarishlar, voqea-hodisalar); 
- dostonlarda uchraydigan turli badiiy usul va vositalar (ramzlar, tush 
manzaralari, hushdan ketish holatlari); 
- “Xamsa” da xalq maqollari, hikmatli so`zlar tasnifi va boshqalar.
Ushbu qo`llanmada mazkur masalalarning bir qismi yoritishga harakat 
qilinadi. Kitob uch bobga ajratildi. Har bir bob masala va xarakteri jihatidan 
ma’lum tomonlarni yoritishga qaratildi. 
Birinchi bobda obrazlar xususida mulohaza yuritildi. “Xamsa”da 
uchraydigan payg`ambarlar, diniy-tasavvufiy, mifologik va boshqa obrazlar 
haqida qaydlar keltirildi. Odam ato, Nuh, Iso, Muso, Sulaymon, Yusuf kabi 
payg`ambarlar, Xizr, Surush kabi mifologik, Bahrom bilan bog`liq fikrlar 
bildirildi. Ularning “Xamsa” voqealari talqinidagi o`rni ko`rsatishga harakat 
qilindi.
Ikkinchi bob “Xamsa” badiiyati masalasiga bag`ishlandi. Unda 
dostonlarda ko`zga tashlanadigan she’riy san’atlar, badiiy vositalar, tush 
voqealari, turli afsona va rivoyatlarga ishora qiluvchi baytlar, ramzlar, xalq 
maqollarining ishlatilishi imkon qadar yoritildi.
Qo`llanmaning keyingi bobida “Xamsa” dostonlarining mazmun-
mohiyati, mavzular, odob-axloq, ba’zi tushunchalar talqinini berish nazarda 
tutildi.
Bu ishlar “Xamsa” dostonlarini o`rganishdagi kichik bir qadam. Yuqorida 
zikr etilgan masalalarni tadqiq etishni davom ettirish galdagi muhim 
vazifalardandir.


 5 

Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish