SURUSH OBRAZI
Navoiy she’riyatida rang-barang obrazlar ko`p uchraydi. Ularni
mifologik, diniy, tarixiy, afsonaviy, an’anaviy kabi timsollar tarzida
guruhlashtirish mumkin. Adabiyotda ko`p ko`zga tashlanadigan Yusuf, Nuh,
Dovud, Sulaymon kabi payg`ambarlar, “badiiy adabiyotda bir ijodkordan
ikkinchi ijodkorga o`tib yuruvchi, ko`pchilikka tanish bo`lgan, qachonlardir
adabiyotga kirib kelgan va qattiq o`rnashib qolgan”
2
Farhod, Shirin, Layli,
Majnun, Hotam, Bahrom, No`shiravon, Iskandar kabi an’anaviy obrazlar
ko`pchilikka yaxshi tanish. Bu obrazlarning har biri ma’lum belgilari, o`ziga
xos yetakchi xususiyat va sifatlari bilan namoyon bo`ladi.
Ammo ba’zi obrazlar mavjudki, ularga xos mohiyat, asosiy tomonlarni
aniqlash muhim vazifalardan. Ana shunday obrazlardan biri Surushdir.
Navoiy “Xamsa” sida, g`azallarida bu timsol uchrab turadi. Surush kim?
Unga xos asosiy belgilar nima? “Navoiy asarlari lug`ati” da shunday qayd
berilgan: “Surush-f. Farishta, Xudodan xabar keltiruvchi deb hisoblanadigan
farishta, Jabroil”
3
. Xuddi shunday izoh “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli
lug`ati” ning III tomida ham keltirilgan: «Surush-1. Farishta, Jabroil farishta. 2.
Ovoz»
1
. Ushbu izohlardan Surushning farishta, Jabroil ekanligi, ayni paytda
“ovoz” ma’nosi ham borligi oydinlashmoqda. Professor B.To`xliyevning 9-
sinflar uchun mo`ljallangan “O`zbek adabiyoti” darsligida ham shu ruhdagi
mulohaza keltiriladi: “Avesto”da ifodalangan zardushtiylik diniga ko`ra,
odam vafot etgach, to`rtinchi kuni tangri farishtasi Surush (farishta
Jabroilning boshqacha ismidir) uning ruhini Chinvod (Chinobod) qil
ko`prigiga olib keladi. U yerda odamning bu dunyoda qilgan yaxshiliklari
o`lchanadi”
2
.
1
Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. 30-bet.
2
Qarang: Hayitmetov A. Adabiy merosimiz ufqlari.-Toshkent: “O`qituvchi”, 1997. 208-bet.
3
Navoiy asarlari lug`ati.-Toshkent: G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1972. 577-bet.
1
Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug`ati. To`rt tomlik, 3 – tom.-Toshkent: “Fan”, 1984.131-bet.
2
To`xliyev B. O`zbek adabiyoti. 9-sinf uchun darslik.-Toshkent: “O`qituvchi”, 2000. 20-bet.
44
Ushbu fikrlar Surush ko`p bor tilga olingan ilk manba- “Avesto”
ekanligiga e’tiborni tortgani bilan ahamiyatli. Bu yerda ham Surush va
Jabroil aynan bir farishtaligi ta’kidlanmoqda.
“Avesto” ni mutolaa qilish jarayonida Surush nomi ko`p uchrashi
kuzatildi. Unga xos sifatlarga diqqat qilindi. “...olamlarga firo`zlik va kenglik
baxsh aylaguvchi porso Surush...”
3
, “jasoratli, tanmansara, ahuraviy qudrat
sohibi, qattiqqo`l va porso Surush, bu nomdor va shuhratmand ilohga
xushnudlik bo`lsin!” (41-bet).
“Avesto” izohlarida Surushga xos tomonlar ko`rsatib o`tilgan. Ularda
qayd etilishicha, “Surush oxirat va oqibat amallarini hisob-kitob qiluvchi
xudolar sirasidan”. Surush xususida bildirilgan mana bu mulohazalar diqqatni
talab qiladi: “Forsiy va arabiy adabiyotlarda u Jabroil farishta bilan
tenglashtiriladi. Biroq zardushtiylikda bu vazifa Nayryuzsanghaning
zimmasida”
4
.
Biz ham ushbu fikrga qo`shilamiz. Ya’ni Surush bilan Jabroil aynan
bir timsol emas. Ularga xos o`xshash tomonlar bor. Jabroil – farishta: “Xudo
bilan payg`ambar o`rtasida vositachi, vahyi keltiruvchi farishta nomi”
5
.
Bizningcha, Surush va Jabroil o`rtasidagi farqlar quyidagilar:
1.Surush Jabroilga qaraganda qadimiyroq obraz.
2.Surush “Avesto”, zardushtiylik bilan bog`liq bo`lsa, Jabroil islom
diniga daxldor.
3.“Surush ilohiy oyat-belgi va ahuraviy so`zlarni maxluqlarga
yetkazuvchi” (314-bet) bo`lsa, Jabroil Olloh bilan payg`ambar o`rtasidagi
vositachi.
4.Surush iloh, xudo, farishta sifatida tilga olinsa, Jabroil faqat farishta
maqomidadir.
Yana bir narsani ta’kidlamoqchimizki, Navoiy “Xamsa” sida, g`azallarida
Surush nomi doimo kichik harf bilan yozilgan. Bizningcha, bu nomni ham
xuddi Jabroil yoki boshqa ilohiy obrazlar singari bosh harf bilan yozish
joizdir.
Mana shu mulohazalar asosida Navoiy asarlarida ushbu obrazning
o`ziga xos talqinlariga e’tiborni qaratsak. Navoiy “Xamsa”si, lirik she’rlarida
Zardusht, Surush kabi “Avesto” obrazlaridan tortib, shoir bilan bir davrda
yashagan ko`pgina tarixiy shaxslar nomlarigacha uchraydi. Navoiy turli
ilmiy, tarixiy, diniy, badiiy va boshqa manbalar orqali bu timsollardan yaxshi
tanish edi. Professor N.Mallayevning mana bu qaydlari ham e’tiborlidir:
3
Avesto. Asqar Mahkam tarjimasi. Toshkent, 2001. 38-bet.
4
O`sha asar, 340-bet.
5
Navoiy asarlari lug`ati. 214-bet.
45
“Alisher Navoiy mif va afsonalar bilan xalq ijodiyoti orqali, yozma
manbalar: tarix kitoblari, tazkiralar (masalan, “Devonun-nasab”, “Tazkiratul-
avliyo” kabi), ilmiy asarlar va alalxusus badiiy asarlar orqali tanish edi”
1
.
Olimning e’tiroficha, Navoiy uchun Firdavsiyning “Shohnoma”si muhim badiiy
manba hisoblanadi. Shoir asarlarida “Shohnoma” obraz, sujetlarining ko`p
uchrashi ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“Xamsa” dostonlarining ko`p o`rinlarida Surush nomi uchraydi. “Farhod
va Shirin” da shunday bayt bor:
Ko`targach boshni ko`rdi sabzpo`she,
Yuzi nuroni andoqkim surushe.
2
Bu Farhodning Suqrot tog`i tomon borishida Xizr bilan uchrashganining
ifodasi. Baytda Xizrga xos “Sabzpo`sh” lik – yashillik, “yuzi nuroni” lik
jihatlari ta’kidlanib, u Surushga qiyoslanmoqda. Bundan Surushga xos ayrim
belgilar oydinlashmoqda. Nuroniylik, yaxshilarga hamroh va qo`ldosh
bo`lish.
“Sab’ai sayyor” ning nasriy bayonida “surush” nomi “farishta” sifatida
tilga olingan, xolos
1
. Surush uchun asosiy belgi- farishtalik. Dostonda Sa’d
bilan bog`liq hikoyatda bir necha o`rinda Surush nomi tilga olingan:
Dedi farrux surush ruhoni:
K-ey nasibing bu sirri pinhoni. (46-bet)
Ul ikki rahravi zumurradpo`sh,
Rahnamoi aning, nechukki surush. (181-bet)
Birisi chekti mujda birla xurush,
Qildi mundoq nido nechukki surush. (183-bet)
Bu baytda Sa’d bilan hamrohlik qilgan ikki musofir Surushga
o`xshatilmoqda. Surushga xos rahnamolik sifati namoyon bo`lmoqda.
“Layli va Majnun” izohida “Surush-xushxabar yetkazuvchi farishta”
2
sifatida qayd etiladi. Majnun uchun Zayd – Surush:
Jon dardig`a chorako`sh sen sen
Odam demayin, surush sen sen. (192-bet)
1
Mallayev N. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. – Toshkent: G`.G`ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyoti, 1974. 96-bet.
2
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin. MAT. 20 tomlik. 8-tom. -Toshkent: “Fan”, 1991. 163-bet.
1
Alisher Navoiy. Sab’ai sayyor. Nasriy bayoni bilan. – Toshkent: G`afur G`ulom nomidagi nashr-matbaa
birlashmasi, 1991. 448-bet.
2
Alisher Navoiy. Layli va Majnun. MAT. 20 tomlik. 9-tom. – Toshkent: Fan, 1992. 341-bet.
46
Bu misralarda Surush odamzot xaylidan emas, farishta ekanligi aniq
ta’kidlanmoqda. Majnun uchun Layli haqida xabar yetkazgan Zayd Surush
darajasida. Demak, Surush yaxshi xabarlar, kishilarga manzur, jonbaxsh
voqealardan darak beruvchi farishta. U hatto tushda ham bu vazifani bajaradi:
Kim, yetti qulog`iga xurushe,
Aytur edi bu xabar surushe. (288-bet)
Bu baytda Surushning Majnun tushida Laylining ahvolidan xabar
berishi ifodalangan.
Navoiy g`azallarida ham oz bo`lsa-da, Surush nomi tilga olingan.
“Navodir ush-shabob” da shunday bayt bor:
Turmadi shayxi riyoyi, chun yetishti piri dayr
Qochmayin Iblis netsun, chun nuzul etti surush
1
.
“Avesto” da yaxshilik va yomonlik olami haqida gapiriladi. Har ikki
olamning o`ziga xos kuchlari, timsollari tilga olinadi. Iblis – yomonlik,
aldoq, yo`ldan ozdirish timsoli. Riyokor shayxlar- shayton. Ularga qarshi
turuvchilar “piri dayr” – Surush. Bu baytda ham Surushning ezgulik
farishtasi ekanligi qayd etilmoqda. “Badoye’ ul-vasat” dan olingan mana bu
baytda ham ana shu ruh o`z ifodasini topgan:
Subhidam ul but sabuhiy bazmin ettim orzu,
Chiqmag`il dayri fanodin deb nido qildi surush
2
.
Umuman, Surush kabi nazarga unchalik ham tashlanavermaydigan
obrazlarni tahlilga tortish, ularga xos mohiyatni aniq yoritib berish mumtoz
adabiyotimiz namunalarini yana ham teranroq anglash imkonini tug`diradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |