Tilshunoslik maktablari



Download 485,9 Kb.
bet1/6
Sana13.06.2022
Hajmi485,9 Kb.
#661180
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tilshunoslik Maktablari

TILSHUNOSLIK MAKTABLARI

MOSKVA LINGVISTIKA MAKTABI

XIX asrning oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar vujudga keldi. Ulardan biri Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) asos solgan Moskva lingvistik maktabi bo‘lib, bu maktab tilshunoslik fanining taraqqiyotiga va qiyosiytarixiy tilshunoslikning Rossiyada rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shdi. F.F. Fortunatov so‘zlarni shakl tomonidan tasniflab, ularni o‘zgaruvchi va shakli o‘zgarmaydigan (grammatik shaklsiz, faqat so‘z yasovchi shakllardan iborat) kabi turlarga tasniflaydi, ushbu so‘z shakllarining so‘z turkumlari va gap tarkibidagi o‘rni haqidagi ta’limotlarni ilgari suradi.

Moskva lingvistik maktabida yaratilgan so‘zning shakli hamda so‘zning grammatik turlari,so‘z turkumlarining ikki tomonliligi va gap to‘g‘risidagi ta’limotlar uning shogirdlari Shaxmatov, Peshkovskiy, Pokrovskiylar tomonidan davom ettirildi. Bunga misol sifatida A.A.Shaxmatovning eng yirik asari “Rus tili sintaksisi” (1925-1927), A.M. Peshkovskiyning “Rus sintaksisining ilmiy yoritilishi” (1914), “Ona tili metodikasi, stilistika va lingvistika masalalari” (1930), M.M.Pokrovskiyning “Qadimgi tillar sohasida semasiologik tadqiqotlar” (1895) hamda “Semasiologiya metodlari to‘g‘risida” (1896) kabi asarlarini ko‘rsatib o‘tish mumkin.

QOZON LINGVISTIKA MAKTABI

Qozon lingvistik maktabining asoschisi rus va polyak tilshunosi Ivan (Yan) Aleksandrovich (Ignausыs) Boduen de Kurtene (Nesislav) (1845-1929) avval Varshavadagi gimnaziyada, so‘ng Praga, Berlin, Laypsng, Vena, Berlinda tahsil olgan. Uning dastlabki “XVI asrgacha bo‘lgan qadimgi polyak tili haqida” nomli asari 1870 yildayoq Leypsigda chop qilinadi. Bu ishi uchun unga magistrlik darajasi va privat dotsent unvonini berishdi. 1874 yilda 29 yoshida “Rezyan shevalarining fonetikasini o‘rganish tajribasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qiladi. Asosiy asarlari: “Tilshunoslik va tildagi ayrim umumiy mulohazalar” (1871), “Fonetik alternatsiyalarning mahorat nazariyasi” (1895), “XIX asr lingvistikasi yoki tilshunosligi” (1901), “Lingvistik maqolalar va aforizmlar (iboralar)” (1903), “Tilshunoslikka kirish” (1917).


Download 485,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish