. Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar. . Ushbu maktab namoyondalari tilning morfologik tuzilishi, sintagmalar, lingvistik nominatsiyalarni jiddiy o‘rgandilar, sintagmatikani alohida nazariya sifatida ilgari surib, gap bo‘laklarini an’anaviy o‘rganuvchi sintaksisga qarama-qarshi qo‘ydilar. Xususan, o‘zaro mantiqiy munosabatlarda gap bo‘laklarining aktual qismlarga bo‘linishi to‘g‘risidagi Mateziusning ta’limoti katta obro‘ga ega bo‘ldi. Uning fikricha, agar rasmiy, an’anaviy mantiqiy grammatik bo‘linishdagi asosiy elementlar grammatik ob’ekt va grammatik predikat bo‘lsa, unda dolzarb bo‘linishda so‘zning o‘zak va yadrosi o‘zini namoyon qiladi. Gapning aktual bo‘linishida ohang (intonatsiya) va gap tartibi asosiy vositalar sifatida xizmat qiladi. Til va nutqni chegaralash til va stil faoliyatining chegaralanishiga olib keladi. Ushbu lingvistik maktab Amerikaning mashhur lingvisti va antropologi Frans Boas (1858-1942) ilmiy qarashlari asosida 1933-1957 yillarda AQShda vujudga keldi. F.Boas Amerika hindularining tasviriy grammatikasiga bag‘ishlangan asarlarida barcha tillarni tasvirlashning yagona tamoyilini inkor qilishga va aniq tilning o‘z mantiqi asosida, tilning “ichidan” induksiya yo‘li bilan o‘rganishga chaqirgan edi. F.Boasning ishini Eduard Sepir (1884-1939) hamda Leonard Blumfild (1887-1949) davom ettirdilar. E.Sepir Kanada, Meksika va AQShdagi mahalliy aholilar tillari bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, o‘zining asosiy “Til” (1921) asarida tilni insonning aloqa quroli bo‘lgan aniq tillar ta’siri ostida bo‘lishini, insonlarning madaniyati qanday bo‘lishi ham tillarga bog‘liq bo‘lishini ilgari surgan. Sepir tilshunoslikda etnolingvistika yo‘nalishining shakllanishiga asos soldi. Sepirning izdoshi E.Sepir va uning izdoshlari Benjamen Uorf (1897-1941), L.Blumfildlar dastlab Sossyur ta’limotidan ilhomlangan bo‘lsalar ham, keyinchalik chetga chiqib ketdilar. Sossyurdan farq qilgan holda Sepir tilda shaklni (formani) ikkilamchi deb hisoblaydi. L.Blumfild tilni tasvirlashning metodini psixologiyadagi bixeviorizm (hatti-harakat psixologiyasi) oqimiga mosladi. Shunga ko‘ra u so‘zlashish jarayoni qator fiziologik stimullar va reaksiyalar – qabul qilish, eshitish, tinglab tushunish, bunda tashqi ta’sirning o‘rni va ahamiyati kabilardan iborat bo‘ladi. Ularning fikricha, til – tashqi va ichki aloqalarga ega bo‘lgan signallar (xabarlar) sistemasi, shunga ko‘ra til metalingvistika va makrolingvistika qismlaridan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |