144
timsoli. Ammo u o`tinchi cholni o`zidan ham ustun qo`yadi. O`z mehnati bilan
yashash, birovning minnatisiz umr kechirish – komillik nishonasi. Chol
shunchaki oddiy mehnatkash emas. U aqli komil, ilm-ma’rifatdan xabardor
ulug` zot. Sharq allomalari halol mehnat bilan kun kechirishi ko`p targ`ib
etishadi. Buning boisi bor. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”da Abdulloh Ansoriy
shayxlar haqida yozganda, shayx Abu Said Xarrozni “barchadin alarni ko`prak
vasf qilibdurlar”
2
deydi. Sababki, “alar o`t uk /etik/ tikarga mansubdirlar”, ya’ni
mehnat qilib, halol luqma bilan kun kechirishni odat qilgan ekanlar.
Navoiy
keltirgan bu hikoyat bilan “Hotami Toyi”dagi chol orasida o`xshashlik, yaqinlik
ko`zga tashlanadi. Chol obrazini ana shu asosda tahlil etish muvofiqdir.
Navoiyning lirik asarlari, “Xamsa”, “Nasoyim ul-muhabbat” va boshqa
asarlarida “Futuvvat”, “Javonmard” /“juvonmard”, “jo`mard”/, “Muruvvat” kabi
atamalar ko`zga tashlanadi. Bu so`zlarning ma’no va mohiyatini bilmaslik, ular
uchraydigan misralar mazmunini yetarlicha anglamaslikka sabab bo`ladi.
Ularning istilohiy, lug`aviy ma’nolari, futuvvat shartlari, qonun-qoidalari
Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik
tariqati”
3
kitobida va boshqa ko`pgina manbalarda qayd etilgan.
Professor
N.Komilovning bu boradagi fikrlari e’tiborga loyiq.
4
Bu boradagi ma’lumotlarni bilish- Navoiyning ayrim fardlari, qit’alari-
umuman lirik asarlari, “Xamsa”dek yirik asarlaridagi mohiyatni, ayrim
obrazlarga xos xususiyatlarni to`g`ri va yetarlicha tushunib olish imkonini
beradi. Hammamizga ma’lum bo`lgan va 10-sinf uchun chiqarilgan “O`zbek
adabiyoti” darsligiga kiritilgan ushbu fardga e’tibor beraylik:
Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo`q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo`q.
1
She’r tahlili darslikda berilgan. Ammo
uning mazmunini yana ham
batafsil anglash uchun “Futuvvat”, “Muruvvat” tushunchalaridan yetarlicha
xabardor bo`lish zarurga o`xshaydi. Agar o`quvchi ulardagi mohiyatni, bu
guruhga taalluqli shaxslar xarakteri, tabiatidan bexabar bo`lsa, fard mazmunini
chuqur his qila olmaydi.
“Xamsa”– umumta’lim maktablarida keng o`rganiladi. Asardagi ayrim
hikoyatlar, obrazlarni “Futuvvat”, “Muruvvat”, “Javonmard” kabi atamalar bilan
bog`langan holda kengroq tadqiq etish zarur. Zero, shularsiz ularning mohiyati
yetarlicha ochilmaydi. Shoir asarlarida gadodan tortib adolatli shohgacha,
payg`ambardan tortib, shayx, so`fi, oddiy kishilargacha, ma’shuqa-yu oshiqlar,
2
O`sha asar, 15-bet.
3
Husayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy yoxud javonmardlik tariqati. Toshkent, 1994.
4
N.Komilov. Tasavvuf. 1-kitob. Toshkent, 1996.
1
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar. 6-tom. Toshkent, 1990. 529-bet.
145
navjuvon
yigitdan tortib, mehnatkash cholgacha mana shu sifatlarga ega
shaxslar tarzida sharh etiladi. “Xamsa”dagi Farhod, Shirin, Layli, Majnun,
Iskandar, Axiy, Mas’ud, Ayyub, o`tinchi chol, gado va boshqalarni esga olaylik.
Ularning har birida “Futuvvat ahli”, “javonmard”larga xos yoki bu xususiyatlar
kuzatiladi.
Birgina misol: “Layli va Majnun”da bir necha o`rinda “Muruvvat”,
“Futuvvat”, “Javonmard”, “Futuvvat ahli”, “Muruvvat ahli” jumlalari ko`zga
tashlanadi. Avvalo, Majnun ham javonmardlardan edi. Uning hech kimga ozor
yetkazmasligi, insonlarga, hatto hayvonlarga bo`lgan munosabati va muhabbati,
pok qalb-u toza ko`ngli shunga ishora. U “nafsdin kechib tamomi”, ya’ni nafs
balosidan qutilgan, ruhan yuksaklikka ko`tarilgan, axloqi yuksak zot. Axloq
komilligi, nafsni mag`lub etish ham javonmardlarga xos. Zayd Majnunga “Ey
juvonmard!”- deya murojaat etadi. Shoir shunday yozadi:
Majnunki futuvvat ahli erdi,
Ihsonu muruvvat ahli erdi.
1
Umuman, Majnun obrazini ham, boshqa obrazlarni ham ana shu jihatdan
tahlil etsak, Navoiy qarashlari, shoir ilgari surgan g`oyalar mohiyatini to`g`ri
anglay boshlaymiz. O`quvchilarimiz Navoiyning shoirona iste’dodi, asarlaridagi
ulug`vor salohiyatni yanada yorqin his qila boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: