MUNDARIJA
KIRISH
BIRINCHI BOB. Adabiyotlararo mushtaraklik va o’ziga xoslik
Adabiy aloqalar: rivojlanish yo’llari va vositalari
1.2. Mark Tven va G’afur G’ulom asarlarining o’ziga xos jihatlari
Birinchi bob bo’yicha xulosalar
IKKINCHI BOB. Mark Tven hamda G’.G’ulom ijodida bolalar adabiyoti va ularning qiyosiy talqini
2.1. Mark Tven va G’afur G’ulom ijodida bolalar mavzusi
2.2. Mark Tven va G’afur G’ulom ijodida darbadarlik va ularning o’hshash jihatlarining tasvirlanishi
Ikkinchi bob bo’yicha xulosalar
UCHINCHI BOB. O’zbek va AQSh adabiyotida bolalikning badiiy olami
3.1. Voqelikning bolalarga xos tasviri
3.2. Dunyoning badiiy tasvirida muallif va personajlar munosabatlari
Uchinchi bob bo’yicha xulosalar
XULOSA
SUMMARY
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Xalqlar madaniy hamkorligining o’sib, mustahkamlanishida adabiyot olamShumul ahamiyat kasb etmoqda. Millat va elatlar madaniyati yuksalishini adabiy aloqalarsiz hamda mazkur jarayonning doimiy rivojlanishisiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Istiqlol sharofati tufayli mamlakatimizda horijiy tillarni chuqurroq o’rganishga va turli sohalarda horij bilan aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. SHu o’rinda chet el adabiyoti durdonalarini o’zbek tiliga tarjima qilish va o’z navbatida o’zbek adabiyotining shoh asarlarini boshqa tillarga o’girish muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiy aloqalar ayniqsa mustaqillik yillarida o’z rivojini topmoqda, ya’ni chet el adiblarining asarlari o’zbek tiliga, o’zbek adiblarining asarlari xorijiy tillarga bevosita tarjima qilinmoqda. Shu nuqtai-nazardan AQSh-o’zbek adabiy aloqalari ham kundan-kunga rivojlanmoqda.
Jahon adabiyoti tarixida shunday adiblar borki, ular ijodining ahamiyati zamonlar o’tgan sari tobora to’laroq ochila boradi. Mashhur AQSh yozuvchisi Mark Tven (1835-1910) va atoqli o’zbek shoiri G’afur G’ulom (1903-1966) shunday adiblardandir. Mark Tven ijodiga turlicha qarash adib hayotligidayoq namoyon bo’ldi. U olamdan o’tganidan keyin esa adibni ayrimlar faqat yumorist, o’tkir kulgi ustasi sifatida baholashsa, ayrimlar unga Amerika jamiyatining tanqidchisi sifatida qarashdi.
G’.G’ulom she’riyati bilan dunyoning besh qit’asidagi kitobxonlar yaqindan tanish. Uning asarlari o’ttizga yaqin chet tillarga: olmon, ingliz, arab, hind, urdu, farang, ispan, xitoy, bolgar, chex, slovyan, rumin tillariga tarjima qilinib, nashr etilgan. G’.G’ulom asarlarini, ayniqsa Amerika Qo’shma Shtatlarida sevib o’qishadi.
M.Tven va G’.G’ulom ijodiga zamonaviy adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan baho berish, har ikki adib ijodidagi mushtarakliklar va o’ziga xosliklarni ko’rsatib berish tadqiqotimizning dolzarbligini belgilaydi.
Har ikkala adib o’z davri bolalar va o’smirlarining tipik namunasini aks ettirgan mashhur asarlar yaratishgan. Ammo shu paytgacha ikki xil muhit va tuzum vakili bo’lgan bosh qahramonlarning umumiy ruhiyati va yosh fiziologiyasining bosqichlaridagi mushtarak tuyg’ular qiyosan ko’rib chiqilmagan hamda mualliflarning ularni ochib berishdagi badiiy mahorati masalalari o’rganilmagan. Mustaqillik yillarida qiyosiy adabiyotshunoslikni rivojlantirish, ilgari yetarli darajada e’tibor berilmagan turli xalqlar bolalar adabiyoti o’rtasidagi mushtarak ijodiy metod masalalarini o’rganish zarurligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |