Aytgan dostonlar



Download 20,68 Kb.
Sana17.11.2022
Hajmi20,68 Kb.
#867669
Bog'liq
AYTGAN DOSTONLAR


AYTGAN DOSTONLAR
Qadim zamonda Boysun tomonda o'zbek xalqlaridan qo'ng'irot urug'idan Boybo'ri va Boysari degan aka-uka o'tgan edi. Boybo'ri, Boysarining otasini Davanbiy der edilar. Da- vanbiyning otasini Alponbiy der edilar. Akasi Boybo'ri, uka- si Boysarilar chorvadorlar edi. Ikkovi ham boy kishilar edi, Qo'ng'irotni[ng] e'tiborli boshliqlari edi.
Ikkovining o'g'il-qizi boʻlmaganligi uchun to'ylarda, maʼraka-majlislarda har xil gaplardan xafa boʻlib, ikkovi ovga chiqib ketdi, ov qilaverdi. Bir yerda Boysari bir kiyikni ko'rdi. Boysari buni Boybo`riga ko'rsatdi. Boybo'ri:

  • Uka, sen o'zing ot, ko'zing o'tkirroq ham epchilsan, dedi.

Boysari o'zini otdan taylab, otni bir qoziqqa boylab, mil- tiqqa bir o'qni joylab, shu kiyikni poylab, pana joydan moʻra- lab, chalov butalarni oralab, dushpati miltiqni o'qlab, piltani cho'qlab, dagakka dori qotirib, piltani cho'qqa botirib, kiyikka miltiqni yotqirib, ko'kragiga miltiqni qoplab, chakkasiga tutib japliy kiyikka tutib choqlab, otmoqchi bo'lib qarovlanib tiklab turgan vaqti edi. Qarasa, kiyik bo'g'oz, yelini bor ekan. Mil- tig'idan o'q otmadi, qaytarib oldi. Kiyik qirdan oshib, choʻlga ketdi.
Boybo'ri aytdi: - Uka, nima uchun kiyikni otmading?
Boysari aytdi: - Aka, kiyik bo'g'oz, yelini to'lgan ekan, shuning uchun «bolalari ham hayf bo'lmasin» deb otmadim. Keliningizning gumonasi bor, shuning uchun kiyikni otmadim.
Boybo'ri xursand bo'lib, ukasini yoniga chaqirdi. Ukasi ke- lib o'tirdi. Boybo'ri:

  • Mening ham eshituvim bo'yicha, chechangning ham gumonasi borday, kel, endi bu cho'lda ikkimiz yaxshi niyat qilaylik, uka, endi shu vaqtgacha yurdik, turdik, hamma nar- sani ko'rdik, davrni surdik, oqibat ikkovimizning armonimiz oʻgʻil-qiz boʻlsa, kamchiligimiz yo'q. Endi sening ayoling o'g'il tug'sa, mening ayolim qiz tug'sa, ikkovimiz quda boʻlaylik, ik- kovi ham qiz boʻlsa, bir-biriga do'st bo'lsin, o'g'il boʻlsa ham do'st bo'lsin, agar birimizniki oʻgʻil, birimizniki qiz bo'lsa, ha- ligi shartdan qaytgan pes bo'lsin, - dedi.

Boysari:
- Aka, to'g'ri, shu gapimiz - gap, so'zimiz - so'z, - deb fo- tiha qilib, turib otlanib ketdi.
Kunlardan bir kuni Boybo'rining ayoli o'g'il tug'di. Boy- bo'ri shunda xursandchilik bilan o'zining butun xalqiga har tomonga ot choptirib xabar qilib, o'choq o'yib, qo'y so'yib, qo- zon qo'yib, to'y qildi. - El, hammang kel, - deb chaqirdi. Och-yalang'och, kam-bag'al-sambag'al demasdan bir hafta to'y berdi. Oradan uch oy o'tgandan keyin Boysarining ayoli qiz tug'di. Boysari ham qiz bo'lsa-da, o'g'il o'rnida ko'rib, bu ham akasi singari butun xalqning hammasini bosh-adog'ini chaqi- rib, yaxshi-yomon, yugruk-chopon demasdan, och-yalan- g'ochlarni chaqirib, sakkiz kun to'y berib, tomosha qildi.
Shu to'yda o'z atrofidagi xalqlariga niyatlarini e'lon qildi: - Endi, qavmi-elatlar, bizning dunyoda armonimiz o'g'il-qiz edi, ikkovimiz ovlab yurib, cho'lda bir niyat qilgan edik. Bu maq- sadga yetdik, ikkovimizning ayolimiz o'g'il tug'sa, do'st bo'lsin, qiz tug'sa ham do'st bo'lsin, agar biri o'g'il, biri qiz tug'sa, quda bo'lamiz, shu shartdan qaytgan pes bo'lsin degan edik.
To'yga yig'ilganlar bu aka-ukaning qilgan niyatini juda ma'qullashdi. Endi ikkovini olib kelib: - El ichida ikkovimiz quda bo'ldik, - dedi. To'yga kelgan keksalar Boybo'rining o'g'lining nomini Hakimbek deb, Boysarining qizining otini Oybarchin qo'ydi. Kundan kun, oydan oy o'tdi. Hakim bilan Oybarchin olti yoshli bo'lishdi. Hakim o'zi olti yoshda bo'lsa ham, suyagi yi- rik, alp bola edi. Shuning uchun uning otini el ichida Alpo- mish deb yuritdilar.
Olti yoshda ikkovini ota-enalari maktabga qo'ydi. Ikkovi birga-birga maktabda o'qib, yetti yoshga qadam qo'ydi. Alpomish o'g'il bola emasmidi, biroz sho'xroq edi. Oybar- chin bilan hazillashib Alpomish Oybarchinni bir shapati urdi. Oybarchin ham erka qiz emasmi, yig'lab uyiga, enasiga bordi.
Oytug'mush yig'lab borgan qizini ko'rib, joyidan irg'ib turib: Qizim, sensan rizqi-ro'zim, gavhardan tiniq ko'zim, ta- sadduqman senga o'zim, aytishing menga lozim, nima uchun xafa boʻlib yig'lab kelding? - deb so'radi.
Oybarchin erka qiz-da, enasiga: Alpomish mening chakkamga urdi, turtkilab har kuni qo'ymaydi, - dedi.
Oytug'mush ham og'zi katta, gapini qaytarmagan boybicha emasmi, qora uydan tashqari chiqib, Alpomishga qarab: Tanasi tentak, kallasi katta kalpang juvonmarg, nima uchun mening qizimni har kuni turtkilab urasan? Sening za- moningda bolalar tinch yuradimi yoki yurmaydimi? deb baland ovoz bilan qarg'andi.
Alpomishning enasi Kuntug'mush ham bu gapni eshitgan- dan keyin qora uydan chiqib, ovsini Oytug'mushga qarab bir so'z dedi:
- Hu og'zi katta boybicha, nima deyapsan? Og'zingdan chiqqan gapni qulog'ing eshityaptimi? Sarg'aytib nurli yuzim- ni, koʻzga ilmaysan o'zimni, dunyoda ko'rgan rizqi-ro'zim- ni, nima uchun qarg'aysan yolg'iz qo'zimni? Sening qizing ko'zingga qanday ko'rinsa, mening o'g'lim ham shunday ko'rinadi. Bola bo'lgandan keyin urishaveradi, ertaga yarasha- veradi, undayin haddingdan oshib, yuraging toshib, o'zingdan ko'p ketma. «Tanasi tentak, kallasi katta kalpang»,- deysan, shunday bo'lsa ham, qizingning yori, urishadimi, so'kishadimi o'zining yori, nima ishing bor? Oytug'mush aytdi:
Ho Kuntug'mush boybicha, og'zingni borla, mening qizim sening o'g'lingga yor bo'lmaydi. Bu aytgan so'zingga yurmayman, sening kalpang o'g'lingga qizimni bermayman. Tanasi tentak, kalpang o'g'lingga Oybarchinni berguncha dar- yoga oqizib yuborganim yaxshiroq.
Kuntug'mush:
- Boybicha, bermay hudda qilolmaysan, Oybarchin sening qorningda ekanligida mening o'g'limga baxshida edi. Yana Oybarchin yer yuziga tushganda xalq o'rtasida fotiha qilib, to'y qilingan edi-ku, o'zing bilasan-ku, - dedi.
Shundan bunisi bunday dedi, unisi unday dedi, uning us- tidan bir-biri bilan yulishdi, boʻlganicha boʻlishdi, ikkovi o'l- guday olishdi.
Shu tobda Boysari dashtdan kelib qoldi. Bu ahvolni ko'rib hayron boʻlib, xotinidan:
Qani, o'zi nima gap? - deb so'radi. Shunda xotini yig'lab:
-Mendan bu gapni so'rama, Alpomish bilan Kuntug'mush- ning g'azabida birov shuytib yurama? - dedi.
Xotinidan bu gapni eshitgandan keyin Boysarining achc- hig'i chiqib ketdi, borib Kuntug'mushga:
- Nima uchun bezovta qilasan, g'azablanasan? - deb qi- ziqqonligi tutib, achchig'i chiqib urdi, boshini yorib, hamma yog'ini qonga qorib tashladi. Biroz muddatdan keyin Boybo'ri dashtdan kelib ko'rsa, xotini Kuntug'mush haligi ahvolda yig'lab, holsizlanib yotibdi.
- Ha, qani, nima gap? - deb so'radi.
Xotini yig'lab:
- So'rab nima qilasan, ukang meni urib, hamma joyimni mayib qilib tashladi. Oʻldirib tashlar edi-yu, qo'shnilarimiz oraga kirib, shunchalik ayirib oldi, - deb yig'ladi.
Boybo'rining achchig'i chiqib ketdi. Ukasi Boysarining eshigiga borib, Boysariga:
- Juvonmarg, rahmsiz, beaql, bola-bachaning orasiga kirib, nima uchun shunday qilib tashlaysan? - dedi.
Boysari birni gapirdi, Boybo'ri birni gapirdi, ikki aka-uka so'kisha ketdi. Bir-birini urib, beti-boshlarini yorib tashlashdi. Atrof-boshlari, tengi-to'shlari, qavm-qardoshlari - hammasi:
- Nima boʻldi aka-ukaga, nima gap? - deb to'p bo'lishib kelib qoldi. Boysari yig'ilganlarga arz qilib dedi:
Quloq solinglar, qavmi-elim, Bunday qolmaydi bu ahvolim, O'z akamdan ko'rib zulm, Rozi bo'linglar, qavmi elim,
Men endi bunda turolmayman, Buytib izza yeb yurmayman, Yana yuzini ko'rmayman, O'lsam qizimni bermayman.
Endi men qaytay - netaman? Bu yerdan ko'chib ketaman.
Alqissa, janjalga yig'ilgan atrof-betdagi og'a-ini, qavm-qa- rindoshlari, Yortiboy oqsoqol, Nodir elbegi, Ko'char elbegi,
Shozamon mergan, Chuvdali so'filar Boybo'ri va Boysarini chaqirib olishib, maslahat qilib, bularga bir so'z deyapti:
Download 20,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish