TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FAKUL’TETI
AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA TA’LIM YO’NALISHI
2-KURS 201-GURUH TALABALARINING YIG’ILISH
BAYONNOMASI
27 aprel 2021 yil Termiz shahri
Qatnashdilar: Guruh murabbiyi: F.Xolliyev, 201-guruh talabalari
KUN TARTIBI:
1. Talabalar ijara to’lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishiga tavsiya etish haqida
Eshitildi: Guruh murabbiysi F.Xolliyev so’zga chiqib, mamlakatimiz Prezidentining 2021 yil
20 apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6208-sonli farmonining 3-bandi 2-qismiga asosan 2021 yil 1 maydan boshlab: talaba turar joyi bilan qamrab olinmagan va o’ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo’lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to’lanadigan oylik ijara to’lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishini ta’kidlab, bunda: ijara to’lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (245 ming), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari(122ming 500 so’m)dan oshmasligi lozimligi, ijara to’lovining qoplab beriladigan qismi birinchi navbatda ehtiyojmand oila farzandlariga, o’rnak ko’rsatgan va faol talabalar uchun qoplab berilishi, oliy ta’lim muassasalari tomonidan ularning byudjetdan tashqari mablag’lari hisobidan ijara huquqi asosida yashaydigan boshqa talabalarga ham oylik ijara to’lovining bir qismi qoplab berilishi mumkinligini ta’kidladi. Guruhda 17 nafar ijarada yashaydigan talabalar borligini aytib, ularning hujjatlari o’rganib chiqilib 11 nafarini tavsiya etish mumkinligini aytdi.
Ular quyidagi talabalar:
Xamidova Guljahon Xusan qizi – oilada 4 nafar farzand, otasi nafaqada, onasi uy bekasi
Tangirov Eldor Baxtiyor o‘g‘li – oilada 3 nafar farzand, otasi nafaqada, onasi uy bekasi
Qosimova Nafosat Shoydullo qizi – oilada 2 nafar farzand, otasi ishsiz, onasi uy bekasi
Omonturdiyev Ro‘ziboy SHerqobil o‘g‘li – oilada 3 nafar farzand, otasi o’qituvchi, onasi uy bekasi
Boynazarov Sanjarbek Farhod o‘g‘li – oilada 4 nafar farzand, 2-nafari talaba, otasi nafaqada, onasi uy bekasi
Ikromov Husniddin Abdivoid o‘g‘li – oilada 5 nafar farzand, otasi texnik xodim, onasi uy bekasi
Nomozova Muxayyo Shokir qizi – oilada 3 nafar farzand, otasi ishsiz, onasi uy bekasi
Shukurov Otabek Baxtiyor o‘g‘li – oilada 6 nafar farzand, otasi ishsiz, onasi uy bekasi
Toshmurodov Nurbek Norqobil o‘g‘li – oilada 4 nafar farzand, otasi ishsiz, onasi uy bekasi
Ochildiyev Sardorbek Rahmad o‘g‘li – oilada 4 nafar farzand, bir nafari talaba otasi nafaqada, onasi uy bekasi
Mustafoyev Nurbek Isroil o‘g‘li – oilada 3 nafar farzand, otasi ishsiz, onasi uy bekasi
Mazkur masala yuzasidan guruh talabalaridan, Abdumurodova Muattar, Shukurov Otabeklar so’zga chiqib guruh rahbarining tavsiyalarini bir ovozdan qo’llab quvvatladilar.
Yuqorida aytilgan fikr va mulohazalardan kelib chiqib, yig’ilish qaror qiladi:
1. 201-guruh murabbiyi F.Xolliyevning ma’lumoti axborot uchun qabul qilinsin.
2. Yuqorida nomlari keltirilgan talabalar ijara to’lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishiga tavsiya etilsin.
Yig’ilish raisi: F.Xolliyev
Yig’ilish kotibi: O.Shukurov
Do'stlaringiz bilan baham: |