N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

ayollarning fikriga k o ’ra,
erkaklar o’zlarida kasbiy 
muvaffaqiyatlari, tashqi ko’rinishlari, ayniqsa, jismoniy ko’rsatkichlari, insoniy 
fazilatlari, matonat, shaxsiy holat, kiyim-boshni qadrlaydilar. 
Ayollar nazdida
erkaklar 
o’zlarining 
ziyoliligi, 
hazilkashligi, 
umumiy 
madaniyati, 
xushmuomalaligi, xususiy muiki bilan jozibadordirlar, ularga suyansa bo’ladi.
Ayollar nazdida erkaklarning asosiy kamchiliklari
:
a) 
ishda -
ustunlik 
hissi, maqtanchoqlik, 
ichki 
hisning
yetishmovchiligi, 
hukmronlikka 
intilish,
ikkiyuzlamachalik, 
qo’rqoqlik, qo’pollik
b) 
hayotda
xudbinlik, munofiqlik, 
tashabbussizlik, 
ayollarni 
himoya 
qilmaydilar, ayollarga 
kamroq 
achinadilar, 
xushmuomala emaslar, 
ayollarni orzu qilishga 
majburlamaydilar
v) 
oilada —
TV oldida 
o'tiradilar, ayollarga quloq 
tutmaydilar, 
tanbaldirlar, 
samimiy 
emaslar,
qovoqlarini uyub o’tiradilar, 
ovqat 
ustida 
gazeta 
o’qiydilar, 
o’z 
onalarini 
maqtaydilar, 
ayolning 
didlariga mos kiyinganligini 
yashiradilar
Erkaklar nazdida ayollarning kamchiliklari:
zaif aqliy xususiyatlar, 
ziyraklik, 
hazilkashlik, 
chaqqonlik, 
hozirjavoblilikning yetishmasligi, 
arzimagan narsalardan hafa bo’lish, betartiblilik, betayinlik.
Odamlaming xarakteri turli yoshlarda yanada ifodaliroq namoyon bo’lishi 
mumkin. Ba’zilar yoshlik davrida ko’zga yaqin, boshqalar - yetuklik davrida 
faol, samarali va go’zal boTadilar. Ba’zilar keksayganda samimiy, xayrixoh, 
ko’ngilchan bo’lib qolganlarida, shuningdek, oqilligi, hamda xolisona 
insonparvarligi bilan foydali bo’lganlarida, ayniqsa, jozibadorroq boTadilar. 
Balki, individ xarakterida ma’lum yoshda to’liq namoyon bo’lishga qaratilgan 
biror bir xususiyat mavjud bo’lsa kerak.
Inson hayotining yakuniga kelib, illyuziyalar batamom yo’qoladi, xarakter 
o’z samimiyati bilan to’liq namoyon bo’ladi, yuzaga kelgan ijtimoiy-rolii 
xususiyatlar kuchsizlanadi. Va inson, o’zini, o’zining haqiqiy munosabatlarini 
taniydi. Hayot qaytadan oqillik tusiga ega bo’ladi, ehtiroslar tinchiydi, 
inson 
barcha narsalaming haqiqiy bahosini bilgan holda o’zini erkin sezadi. Va inson, 
nihoyat, undagi eng qadrli narsa uning o’zi ekanligini tushunib yetadi.
17.4. Xarakterning
Inson xarakteri manbalari va namoyon
shakllanishi
bo’lishining 
dastlabki belgilarini hayotning
boshlang’ich nuqtalarida izlash lozim. Bola xarakterining shakllanishi va 
rivojlanishida uning atrofdagi odamlar bilan muloqoti asosiy o’rinni egallaydi. 
Bola o’ziga xos bo’lgan harakatlar va hulq-atvor shakllarida o’z yaqinlariga
327


taqlid qiladi. To’g’ridan-to’g’ri o ’rganish yordamida taqlid qilish va emotsional 
mustahkamlanish orqali kattalar hulq-atvori shakllarini o’zlashtirib oladi.
Xai'akter tarkib topishining senzitiv davri bolalaming kattalar, shuningdek, 
tengdoshlari bilan faol ravishda muloqotda bo’ladigan, 2-3 yoshdan 9-10 
yoshgacha bo’lgan davr sanaladi. Bu davrda ular chetki ta’sirlarga beriluvchan 
bo’ladilar, barchaga taqlid qilgan holda ulami shaylik bilan qabul qiladilar. Bu 
davrda kattalar bolaning cheksiz ishonchidan foydalanadilar, unga so’z, harakat 
va faoliyat orqali ta’sir ko’rsatish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa hulq- 
atvoming zarur shakllarining mustahkamlanishiga qulay sharoitlar yaratib 
beradi.
Bola xarakterining tarkib topishida kattalaming bir-birlari bilan muloqot 
uslubi, shuningdek, kattalaming, ayniqsa, ota-onalaming, birinchi navbatda, 
onaning bolaga murojaat qilish usuli o’ta muhimdir.
Inson xarakterida mehribonlik, muloqotchanlik, hozirjavoblik, shuningdek, 
ularga qarama-qarshi sifatlar - xudbinlik, shafqatsizlik, odamlarga nisbatan 
befarqlik kabi qirralarga boshqa qirralarga nisbatan ertaroq asos solinadi. Bu 
qirralar shakllanishining boshlanishi bola hayotining birinchi oylariga, 
maktabgacha yoshga borib taqalishi va onaning bolaga bildiradigan munosabati 
bilan aniqlanishi haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Xarakteming mehnat qilishda yorqin namoyon bo’ladigan mehnatsevarlik, 
puxtalik, vijdoniylik, mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik kabi xossalari erta va 
maktabgacha yoshda tarkib topadi. Ular bolalar o’yinlarida va bolaning qo’lidan 
keladigan uy ishlarida shakllanadi va mustahkamlanadi. Ulaming rivojlanishiga 
bola yoshi va ehtiyojlariga mutanosib bo’lgan holda bolaning kattalar tomonidan 
rag’batlantirilishi kuchli ta’sir ko’rsatadi.
Maktabning 
boshlang’ich sinflarida 
xarakteming 
odamlar 
bilan
munosabatlarda namoyon bo’ladigan qirralari tarkib topadi. Bunga bolaning 
atrofdagilar bilan muloqot sohasining ko’plab yangi maktabdosh do’stlar, 
shuningdek, o’qituvchilar hisobiga kengayishi ko’mak beradi. Agar bolaning 
shaxs sifatida oila sharoitida orttirganlari maktabda qo’llab quwatlansa, u holda 
unda xarakteming mos kelgan qirralari mustahkamlanadi va ko’p hollarda 
keyingi hayoti davomida saqlanib qoladi.
O’smirlikda 
xarakteming irodaviy 
qirralari 
faol 
rivojlanadi 
va
mustahkamlanadi, erta o’spirinlikda esa shaxsning tub ahloqiy, dunyoqarash 
asoslari shakllanadi. Maktabni tamomlashga yaqin inson xarakterini tamoman 
tarkib topgan deb hisoblash mumkin, va unda keyinchalik yuzaga keladigan 
xususiyatlar maktab yillarida u bilan muloqotda bo’lganlar uchun bu insonni 
notanish qilib qo’ymaydi.
328


Xarakter qotib qolgan hosila emas, u inson hayot yo’li davomida 
shakllanadi va o’zgarib boradi. Maktabni tamomlagan bola xarakteri 
shakllanishda, o’z shaklini o’zgartirishda davom etadi. Lekin endilikda odam 
o’z xarakterining yaratuvchisi bo’lib hisoblanadi, chunki xarakter dunyoqarash, 
inson amalga oshiradigan ishi va harakatlari, yaxlit ongli faoliyatida hosii 
qilgan ahloqiy hulq-atvor e’tiqodlari va odatlaridan tarkib topadi. Bu jarayon 
o ’zini tarbiyalash jarayoni
deb ataladi.
O’z xarakterini tarbiyalash insonning ortiqcha fikrlaridan xalos bo’la olishi, 
o’ziga tanqid ko’zi bilan qaray olishi, o’z kamchiliklarini ko’ra olishi, asosiysi 
esa, o’zini rivojlantirishi bilan shug’ullanishi mumkinligini taqazo etadi. 
Xaraktemi tarbiyalashda kattalaming ko’rsatadigan yordami beqiyosdir, shuning 
uchun ko’pchilik o’ziga yaxshi ustoz izlashga harakat qiladi. 
SHarqda 
«O’quvchi o’qiyman desa, ustoz topiladi» deb bejizga aytilmagan. Bunda 
chuqur ma’no yashiringan. Hech qaysi o’qituvchi o’qishni xohlamagan 
o’quvchini o’qita olmaydi. Kimki o’qishni xohlasa, o’ziga namuna bo’la 
oladigan odamni topishi aniq haqiqat.
Inson xarakterining shakllanishida taqlid uchun yorqin misollar 
(kinoqahramonlar, badiiy qahramonlar, urush qahramonlari, yetakchi olimlar va 
h.k.lar), hamda mehnat katta ahamiyatga ega. Ishda o’z oldiga katta vazifalami 
qo’yadigan, ulami sabot bilan hal qiladigan, bu maqsadlarga erishish yo’lida 
uchragan to’siqlami yengib o’tadigan, ko’zlanganlar bajarilishining muntazam 
nazoratini amalga oshiradigan insonlar kuchli xarakterga ega bo’ladilar.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish