N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

«Mazoxist-sadist».
SHaxsiy 
hayotidagi 
muvaffaqiyatlari 
va 
omadsizliklarini, shuningdek, kuzatiladigan voqealar sababini sharoitlarda emas, 
balki, odamlarda ko’rishga moyildir. Bu sabablami bartaraf etishga intilib, 
tajovuzkorligini omadsizlik sababi bo’lib ko’ringan odamga yo’naltiradi. 
Bunday odam mustaqil bilim olish, o’z ustida ishlash, odamlami yaxshi 
tomonga o’zgartirish bilan ko’p shug’ullanadi. O’zining qat’iy harakatlari, 
cheksiz talablari va intilishlari bilan ba’zan o’zini va atrofdagilarni toliqtirib
323


qo’yadi. Bunday odam, ayniqsa, 
atrofdagilar ustidan hukronlik qila 
boshlaganida, «ezgu niyatlar»dan kelib chiqqan holda odamlami dahshatga sola 
boshlaydi.
Bunday odamlami xarakterlagan holda, E. Fromm: «Eng ko’p namoyon 
bo’ladigan mazoxist qarashlar - bu shaxsiy norasolik, muhtojlik, notavonlik 
hissi» deb yozgan edi. Mazoxist-odamlar o’zini kamsitish va kuchsizlantirishni 
namoyon qiladilar, o’zini tanqid qilish va azoblashdan rohatlanadilar, o’zlariga 
be’mani bekorchi ayblovlami qo’yadilar, barcha holatlarda bunga aloqador 
bo’lmasalarda, aybdorlikni o’zlariga olishga harakat qiladilar.
Fromm fikriga ko’ra, bunday tipdagi odamlarda deyarli har doim 
sadistlikka moyillik mavjud bo’ladi. Bu ulaming odamlami o’zlariga tobe 
qilishlarida, ulaming ustidan to’liq hukmronlikka ega bo’lishlarida, ulardan 
manfaatdor bo’lishlarida, ularga azob berishlarida, ulaming azoblanishlaridan 
rohatlanishlarida namoyon bo’ladi. Bunday tipdagi odam Fromm tomonidan 
avtoritar shaxs
deb nomlangan. Masalan, Gitler, Stalin va boshqalar bunday 
tipdagi odamlar edi.
2. 
«Buzg’unchl».
Ushbu odamda frustratsiya, umidlaming chilparchin 
bo’lishiga sabab bo’lgan ob’ektga nisbatan ifodalangan tajovuzkorlik va uni 
bartaraf etishga faol intilish bilan xarakterlanadi. «Buzg’unchilik,- deb yozadi 
Fromm,- bu chidab bo’lmaydigan kuchsizlik hissidan xalos bo’lish». 
Buzg’unchilikka, odatda, xavotirlanish va kuchsizlik hissini boshidan 
kechiruvchi, 
aqliy va emotsional imkoniyatlarini joriy qilishi cheklangan 
odamlar o’zining hayotiy muammolarini hal etish vositasi sifatida murojaat 
qiladilar.
3. 
«Konformist-avtomat
». Bunday individ, qiyin ijtimoiy va shaxsiy 
hayotiy muammolar bilan to’qnash kelganida, o’ziga o’xshamay qoladi. U 
so’zsiz, ushbu vaziyatda ko’pchilikka xos bo’lgan tafakkur tipi va hulq-atvor 
usulini darhol o’zlashtirgan holda sharoitlarga, turli ko’rinishdagi jamiyatga, 
ijtimoiy guruh talablariga bo’ysunadi. Bunday odamning deyarli hech qachon 
shaxsiy fikri ham, ifodalangan ijtimoiy qarashi ham bo’lmaydi. U shaxsiy 
«Men»ini, individualligini yo’qotgan va ma’lum sharoitlarda undan kutilgan, 
aynan, o’sha hislami boshidan kechirishga odatlangan. Bu ongli yoki ongsiz 
moslashuvchi tipi.
K.Yung tomonidan taklif etilgan xarakterlaming ekstravert va introvert 
tiplarga mansubligiga bog’liq ravishda tasniflanishi keng ommalashdi. 
Ekstraversiya-introversiya 
hozirgi 
zamon 
psixologiyasida 
temperament 
ifodalanishi sifatida ko’rib chiqiladi. Birinchi tip shaxsning ob’ektlari sub’ekt 
qiziqishlari, hayotiy quvvatini o’ziga tortuvchi atrof-olamga qaratilganligi bilan 
xarakterlanadi, bu esa ma’lum ma’noda shaxs sub’ektiv olami hodisalari
324


o’mining 
kamsitilishiga 
olib 
keladi. 
Ekstravertlarga 
ta’sirchanlik, 
tashabbuskorlik, 
hulq-atvoming 
egiluvchanligi, 
muloqotchanlik 
xosdir. 
Introvertlar esa shaxs qiziqishlarining shaxs ichki olami hodisalarida qayd 
qilinishi, odamovilik, o’zini tahlil qilishga moyillik, moslashishlarining qiyinligi 
bilan xarakterlanadilar. SHuningdek, konform va mustaqil, dominant va 
bo’ysunuvchi, me’yoriy va ayrim, hamda boshqa tiplarga bo’linish imkoniyati 
ham mavjud.
Xarakterga tegishli xarakter muammosini hal etish uchun asos bo’ladigan 
ko’plab ilmiy muammolar mavjud. Bunday masalalardan bin 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish