N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

grafologiya
hisoblanadi, bu yo’nalish dastxatni shaxsning psixologik xossalarini aks 
ettiravchi ifodali harakatlaming bir turi sifatida ko’rib chiqadi. Asrlar davomida 
to’plangan grafologiya ma’lumotlari ikki qator dalillar - dastxat xususiyatlari va 
xarakter o’rtasida aloqa o’matar edilar. Har bir odam o’ziga xos dastxatga ega. 
Bu dalil xarakteming dastxatga bog’liqligi masalasini ko’rib chiqish uchun asos 
bo’la oladi.
Lekin hozirda dastxat va xarakter aloqasini tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi 
ma’lumotlar mavjud emas. Dastxatning emotsional holat va oliy nerv 
faoliyatining ayrim tipologik xossalariga bog’liqligi to’liqroq dalillarga ega.
Biz xarakterlar tipologiyalarini ko’rib chiqdik, lekin inson shaxsining 
murakkabligi va xilma-xilligini ko’rsatib o’tilgan tipologiyalarga to’laligicha 
jamlab bo’lmaydi. Har birimizning biror bir tipga yoki tiplardan bir nechtasiga 
moyilligimizni yetarlicha baholamaslik ham xatolikdir. SHuning uchun 
xarakterlar tipologiyasi bilan tnanishib chiqish odamning kuchli tomonlaridan 
to’liqroq foydalanish, zaiflarini kamaytirish imkonini beradi, shuningdek
insonlar qarori va harakatarining yashirin mexanizmlariga yo’l topgani uchun 
boshqa odamlaming qulfl-dilini ochishga yordam beradi.
biologik omillar bilan emas, balki tarixiy tarkib topgan erkak va ayol ijtimoiy 
rollarining bo’linishi, 
jinsiy belgilar bo’yicha mehnatning taqsimlanishi, 
erkaklik va ayollikning madaniy-tarixiy stereotiplariga muvofiq ravishda qizlar 
va o’g’il bolalami an’anaviy tarbiyalashdagi farqlar bilan ham bog’liqdir. Jinsiy 
indentifikatsiya - individ o’zini ma’lum jinsga tegishli deb bilishi uning jinsiy 
ijtimoiylashuvi, jinsga muvofiq holda o’zini anglashning rivojlanganligi, 
ijtimoiy-jinsiy rolni egallash bilan bog’liq. Individning jinsiy o’zini anglashi 
to’g’ri jinsiy hulq-atvomi mustahkamlaydigan va bo’lishi mumkin nuqsonlami 
qoralaydigan ijtimoiy muhitda shakllanadi.
17.3. Xarakteming jinsiy-rolli
farqlari
Odamlar xarakterining ba’zi xususiyatlari 
ulaming 
qaysi 
jinsga 
tegishliligi 
bilan 
belgilanadi. Jinsiy psixik xususiyatlar faqat
325


Jinsiy me’yorlar, erkak va ayol stereotiplari tizimi odamda «erkak obrazi» 
yoki «ayol obrazi»ni shakllantiradi. Birlamchi jinsiy o’zini identifikatsiyalash 2 
yoshgacha shakllangan bo’ladi, 6-7 yoshlarda esa o’yin, hulq-atvor uslubini 
tanlashda, jinsiy segregatsiya (jins umumiyligining shakllanishijda namoyon 
bo’ladigan jinsiy mayllar jadallik bilan shakllanadi
Ayniqsa, o’smirlikda jinsiy-rolli yo’nalish tengdoshlar muloqotida yetakchi 
o’rinni egallagan holda kuchayadi. Bunda an’anaviy erkaklik xususiyatlariga 
ayollik xususiyatlariga nisbatan bir muncha ortiqcha baho beriladi.
O’smirlikda jinsiy o’xshashlik tanqidiy anglanadi. Ayrim o’smirlarda bu 
yoshda dismorfobiya - jinsiy nomuvofiqlikdan qo’rqish sindromi yuzaga kelishi 
mumkin. Jismoniy va psixologik ijtimoiy rivojlanishning nomutanosibligi og’ir 
kechiriladi, jinsiy rolli o’z mavqeini o’matish jadallik sodir bo’ladi, shaxsning 
psixoseksual yo’nalganligi shakllanadi.
Qanday psixologik xususiyatlar individning jinsga mansubligi bilan 
bog’liq? Bu muammo bo’yicha ilmiy ma’lumotlar yetarli darajada emas. Ba’zi 
tadqiqotchilaming fikriga ko’ra, qizlar nutq qobiliyatlari bo’yicha o’hil 
bolalardan ustun keladilar, o’g’il bolalar ko’rish-fazoqiy qobiliyatlari bilan 
ustundirlar, erkaklar ayollarga nisbatan tajavozkorroq va beqarordirlar, 
ayollaming aqliy qobiliyati va idroki ko’proq tahlil qilishga moyildir. Qizlar va 
ayollar og’ir murakkab faoliyat turlarini yaxshiroq eplaydilar. Inson tashqi 
ko’rinishi ayollar tomonidan izchilroq idrok qilinadi. Ayollar emotsional 
ta’sirchandirlar. Ayol psixikasi irsiyat tomonidan, erkaklamiki - muhit ta’sirlari 
tomonidan belgilangandir.
Ta’sirlanish, xavotirlanish, raqobatchilik va dominantlikning jinsiy farqlari 
haqida fikrlar bildiriladi. Ayollar uchun hulq-atvoming ko’proq emotsional- 
ekspressiv, erkaklar uchun -jismli-instrumental uslublari xosdir.
Jamiyat madaniy rivojlanishining yuqori darajalari ijtimoiy ishlab 
chiqarishda erkak va ayollaming qarama-qarshiligini yengishga nisbatan nuqtai 
nazar bilan xarakterlanadi, ayollar tomonidan «erkaklar» kasbining egallanishi, 
ularda muvofiq keladigan psixik sifatlaming shakllanishiga olib keladi. Lekin bu 
jinsiy rolli intilishlaming ayrim noaniqligini, shaxslararo munosabatlarda 
nizolami yuzaga keltirishi mumkin bo’lgan jinsiy rollar an’anaviy 
stereotiplarining tubdan o’zgarishini keltirib chiqaradi.
«Mukammal erkak» va «mukammal ayol» obrazlari hozirda to’la 
aniqlanmagan.
Xulosa o’mida Parijda chop etiladigan oynoma o’tkazgan so’rovnoma 
savollarini keltiramiz. Quyidagi savollar berilgan edi: «Erkaklaming qaysi 
sifatlarini ayollar asosiy deb hisoblaydilar, va erkaklar nazarida ayollaming 
kamchiligi nimadan iborat?».
326


Xuddi shunday, 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish