N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Geniallik
- shaxsning eng yuksak darajadagi ijodi bilan o’zini namoyon qilish 
hodisasi.
Genius is the demonstrated exceptional achievement in a person.
Frenologiya
- odamda u yoki bu xildagi qobiliyatlaming rivojlanganligini bosh
331


suyagining tuzilishiga qarab aniqlash murnkin degan nazariya bo’lib, bu 
nazariya avstriyalik vrach F.Gall tomonidan tavsiya etilgan.
Phrenology is a theory of personality that primarily focused on measurements of 
the human skull developed by a German doctor named Franz Josef Gall.
18.1. Qobiliyat haqida
Qobiliyat insonning shunday psixologik
tushuncha
xususiyatidirki, bilim, ko’nikma, malakalarini
egallash shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi. Lekin, 
bu xususiyatlaming o’zi bu bilim va ko’nikmalarga taalluqli bo’lmaydi. Malaka, 
ko’nikma va bilimlarga nisbatan odamning qobiliyatlari qandaydir imkoniyat 
tarzida namoyon bo’ladi. Qobiliyatlar imkoniyatlardan iborat bo’lib, biror bir 
ishdagi mahorat darajasi haqiqatdir. Bolada namoyon bo’ladigan musiqaga 
qobiliyati uning musiqachi bo’lishi uchim imkoniyatlar, maxsus ta’lim berilishi, 
qat’iylik, salomatligining yaxshi bo’lishi, musiqa asbobi, notalar va boshqa 
ko’pgina sharoitlar bo’lishi kerak. Bularsiz qobiliyatlar taraqqiy etmay turiboq 
so’nib ketishi murnkin.
Qobiliyatlar faqat faoliyatda namoyon bo’ladi. SHuning uchun ham faqat 
ana shu qobiliyatlarsiz amalga oshirilishi murnkin bo’lmagan faoliyatlardagina 
namoyon bo’ladi. O’quvchida ham zaruriy ko’nikma va malaka tizimi hamda 
mustahkam bilimlar tarkib topish uslublari yo’qligiga asoslanib, jiddiy tekshirib 
ko’rilsa, shoshilinch ravishda unda qobiliyatlar yo’q, deb xulosa chiqarish 
pedagogning jiddiy psixologik xatosi bo’ladi.
Masalan, Albert Eynshteyn o’rta maktabda uncha yaxshi o’qimaydigan 
o’quvchi hisoblangan va uning kelajakda genial bo’lishidan hech narsa dalolat 
bermas edi.
Qobiliyat bilim va malakalaming o’zida ko’rinmaydi, balki ulami 
egallash tizimida namoyon bo’ladi ya’ni, boshqacha qilib aytganda mazkur 
faoliyat uchun muhim bo’lgan bilim va ko’nikmalami o’zlashtirish jarayonida 
turli sharoitlarda qanchalik tez, chuqur, yengil va mustahkam amalga oshirishida 
namoyon bo’ladi.
Qobiliyatlar individual psixologik xususiyatlar bo’lishi bilan aql sifatlari 
xotira xususiyatlariga, hissiy xususiyatlar va shu kabilarni qarama-qarshi qo’yib 
bo’lmaydi, hamda qobiliyatlami shaxsning bu xususiyatlari bilan bir qatorga 
qo’yish ham murnkin emas. Agar shu sifatlaming birortasi yoki ulaming 
yig’indisi faoliyat talablariga javob bersa yoki bu talablar ta’siri bilan tarkib 
topsa bu shaxsning mazkur individual xususiyatlarini qobiliyatlar deb 
hisoblashiga asos bo’ladi.
Qobiliyat kishining psixologik va fiziologik tuzilishi xususiyatidir. 
Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit bo’lib, shuning bilan birga u
332


ma’lum darajada bilim olish mahsuli hamdir. Umumiy va maxsus bilimlami 
o’zlashtirish, shuningdek, kasbiy ko’nikmalami egallab olish jarayonida 
qobiliyat mukamallashib va rivojlanib boradi. Qobiliyatga yaqinroq turadigan 
tushunchalar ko’nikma va maiakadir. Ular faoliyat mexanizmini tashkil 
qiladilar. Hamda ular qobiliyat bilan birgalikda mahoratga erishishni 
ta’minlaydilarki, buning natijasida mehnatda katta yutuqlar qo’lga kiritiladi. 
Qobiliyatli, ammo noshut inson ko’p narsaga erisha olmaydi. Qobiliyat 
ko’nikmada ro’yobga chiqadi.
Darhaqiqat, qobiliyatli kishining ko’nikma va malakalari ko’p qirrali va 
mukammallashgan bo’ladi. SHuning bilan birga ko’nikma va malalakalar 
yetishmagan qobiliyatni bir muncha to’ldirish yoki undagi kamchilikni tugatish 
mumkin. Ko’nikmalami umumlashmasi mohirlik deb ataladi. Mohirlik ham 
qobiliyatning o’zginasidir.
Har qanday qobiliyat ham murakkab bo’lib, u kishiga turli-tuman 
talablar qo’yadi. Agar shaxs xususiyatlari tizimi shu talabga javob bera olsa 
kishi faoliyatni muvaffaqiyat bilan amalga oshirish uchun o’z qobiliyatliligini 
ko’rsata oladi, agarda xususiyatlardan qaysi biri rivojlanmagan bo’lsa, shaxs 
mehnatning muayyan turiga nisbatan ham qobiliyatli deb baholanadi. Har bir 
qobiliyatning o’ziga xos tuzilishi mavjud. Qobiliyat tarkibida tayanch va 
yetakchi xususiyatlami, muayyan asosiy yoki yordamchi xususiyatlami farq 
qilish lozim.
Barcha qobiliyatlar uchun asosiy tayanch xususiyat kuzatuvchanlik, 
bilish ko’nikmasidir. Bu individual narsaning o’ziga xos tomoni, ijodiy faoliyat 
uchun boshlang’ich materialni ko’ra bilish demakdir. Qobiliyatning yetakchi 
xususiyati ijodiy tasavvur qilishlik hisoblanadi.
Quyidagilami yordamchi xususiyat deb hisoblash mumkin: xotira (u 
faoliyat talablariga muvofiq ravishda o’ziga xos tuzilishda bo’ladi), 
emotsionallik, ya’ni his tuyg’uga beriluvchanlik (bu xususiyat shaxsning 
faoliyatini oshiradi) va shunga o’xshashlar. Amaliy faoliyatning ba’zi 
ko’rinishlarida shaxsning irodasi oldingi o’ringa chiqadi. Qobiliyat tuzilishidagi 
turli xususiyatlaming tarkibi faoliyatning turli davrlarida yoki ijodiyotning 
bosqichlarida turlicha bo’lishi mumkin. Demak, tuzilish ham barqaror, ham 
o’zgaruvchandir.
Rus psixologi B.M.Teplov va uning shogirdlari ishlarida oliy nerv 
faoliyati tiplarining xislatlari ta’siri tufayli shaxs qobiliyatlarining tuzilishida 
qandaydir sifat xususiyatlari paydo bo’lishini aniqlashga urinishgan. Jumladan
nerv tizimining alohida sezgirligi ma’lum qobiliyat nishonasi sifatida vujudga 
kelishi mumkin.
333


Qobiliyatlar B.M. Teplovning fikricha, muntazam rivojlanish jarayonida 
mavjud bo’ladilar. SHuningdek, ta’kidlab o’tish lozimki, har bir faoliyatning 
bajarilish samaradorligi bir xil emas, balki, turli qobiliyatlar uyg’unligiga 
bog’liq. Ba’zi qobiliyatlar rivojlanishiga zarur nishonalaming mavjud emasligi
ulaming tanqisligi boshqa qobiliyatlaming yuksak darajada rivojlanganligi 
hisobiga to’ldirilishi mumkin.
Rus psixologiyasida qobiliyatlar muammosini o’rganishda ikki yo’nalish 
mavjud. Birinchisi - asab tizimi asosiy xossalarining aloqalari va insonning 
umumiy psixik qobiliyatlarini tadqiq etuvchi 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish