N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova


Q obiliyatlam ing rivojlanishida shartli



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Q obiliyatlam ing rivojlanishida shartli
18.5. Q obiliyatlarning 
ravishda bir nechta bosqichlam i ajratish
rivojlan ish i 
mumkin. Har bir odam o ’z rivojlanishida u
yoki bu ta’siriarga, biror-bir faoliyat turlarini egallashga nisbatan yuqori
sezuvchanlik davrlaridan o ’tadi. Bola 2-3 yoshiga yetganida og’zaki nutqi jadal
rivojlanadi, 5-7 yoshda o ’qishni egallashga tayyor bo’ladi. Bolalar maktabgacha
davm ing o ’rta va katta yosh bosqichlarida rolli o ’yinlam i berilib o ’ynaydilar va
rolga kirishib ketib, o ’zlarida uni gavdalantirishga bo’lgan qobiliyatni sezadilar.
SHuni ta’kidlash muhimki, faoliyatning m axsus turlarini egallashga bo’lgan
shaylik davrlari ertami kechm i yakun topadi, agar bu qulay davrda qandaydir
xususiyat rivojlantirilmay qolgan b o’Isa, keyinchalik bunday rivojlantirish o ’ta
qiyinlashadi yoki amalga oshm aydi. Shuning uchun bola qobiiiyatlarining
rivojlanishi uchun uning shaxs sifatida rivojlanishining barcha bosqichlari
muhimdir.
345


Istalgan qobiliyat rivojlanishining birlamchi bosqichi lining uchun zarur 
bo’lgan organik hosilalaming yetilishi yoki ulaming asosida kerakli fundamental 
organlaming shakllanishi bilan bog’liq. Odatda, bu tug’ilishdan boshlab, 6-7 
yoshgacha bo’lgan davrda sodir bo’ladi. Ushbu bosqichda barcha analizatorlar 
faoliyatining takomillashuvi, bosh miya po’stlog’i alohida sohalarining 
rivojlanishi va ular vazifasining bo’linishi amalga oshriladi. Bu bolada umumiy 
qobiliyatlaming shakllanishi va rivojlanishining boshlanishi uchun qulay sharoit 
yaratib beradi, bu qobiliyatlaming ma’lum darajasi maxsus qobiliyatlar keyingi 
rivojlanishining sharti bo’lib hisoblanadi.
Maxsus qobiliyatlaming rivojlanishi maktabda, ayniqsa, kichik va o’rta 
sinflarda davom ettiriladi. Maxsus qobiliyatlaming rivojlanishiga aw al 
bolalaming turli xil o’yinlari yordam beradi, so’ngra esa ularga o’quv va mehnat 
faoliyati o’z ta’sirini o’tkaza boshlaydi.
O’yinlar jarayonida ko’pchilik harakatli, konstruktorlik, tashkilotchilik, 
badiiy-tasviriy va boshqa ijodkorlik qobiliyatlarining rivojlanishi sodir bo’ladi. 
O’yinlaming muhim bo’lgan o’ziga xos xususiyati ularda bir emas, birdaniga bir 
qancha qobiliyatlar yaxlit majmuasining rivojlanishi hisoblanadi.
Bola shug’ullanayotgan barcha faoliyatlar hammasi ham, u o’yin, yasash 
yoki chizish bo’lsin qobiliyatlaming rivojlanishi uchun birday ahamiyatga ega 
bo’lmaydilar. Qobiliyatlaming rivojlanishiga ko’proq, bolani o’ylashga majbur 
qiladigan ijodkorlik faoliyati yordam beradi. Bunday faoliyat har doim biror 
yangilik yaratish, o’zi uchun yangi bilimni kashf etish, o’zida yangi 
imkoniyatlami aniqlash bilan bog’liq va u bilan shug’ullanish uchun, hamda 
yuzaga keladigan qiyinchiliklami bartaraf etishga qaratilgan zarur kuchlami 
ishga solishga kuchli rag’bat bo’ladi. Bundan tashqari ijodkorlik faoliyati ijobiy 
o’zini baholashni mustahkamlaydi, talablar darajasini oshiradi, o’ziga ishonch 
va erishilgan yutuqlardan mamnunlik hissini uyg’otadi.
Agar bajarilayotgan faoliyat eng maqbul qiyinchiliklar sohasida, ya’ni, bola 
imkoniyatlari chegarasida joylashgan bo’lsa, u holda qobiliyatlaming 
rivojlanishiga olib keladi.
Qobiliyatlaming rivojlanishi ko’p darajada iste’dod nishonalarining joriy 
etilishiga imkon yaratuvchi sharoitlarga bog’liqdir. Bunday sharoitlardan biri 
oiladagi tarbiya xususiyatlaridir. Agar ota-onalar o’z bolalarida qobiliyatlaming 
rivojlanishi haqida qayg’urar ekanlar, bolalarda biror-bir qobiliyatning 
aniqlanish ehtimolligi o’z hollariga tashlab qo’yilgan bolalarga qaraganda ancha 
yuqori bo’ladi.
Qobiliyatlar rivojlanishi mumkin bo’lgan sharoitlaming boshqa gumhini 
makromuhit xususiyatlari belgilab beradi. Makromuhit deb, inson tug’ilib, 
o’sgan jamiyat xususiyatlariga aytiladi. Makromuhitning ijobiy omili bo’lib,
346


jamiyatning o’z a’zolaridagi qobiliyatlaming rivojlanishi haqida g’amho’rlik 
ko’rsatishidagi vaziyat hisoblanadi.
Qobiliyatlaming rivojlanishida muhim o’rinni motivatsiya va u sababli 
yuzaga keladigan zo’riqishli faollik egallaydi. Xuddi shunday, iste’dodli bolalar 
o’zlari intilayotgan faoliyatga nisbatan moyillik bildiradilar. Ular muntazam va 
jadal ravishda toliqmay, o’zlariga qiziqarli faoliyat bilan shug’ullanadilar.
Qobiliyatlaming rivojlanishini insonga tabiat tomonidan berilganlarning 
yetilishi kabi tabiiy iste’dod nishonalarining ham miqdor jihatdan o’sishi sifatida 
tushunish yaramaydi. Qobiliyatlaming rivojlanishi insonga uning faoliyati 
jarayonida, bu faoliyatning turli-tumanligi va mazmundorligi, unda kuchlami 
maksimal darajada ifodalanishi bilan qo’yiladigan talablar orqali belgilanadi. 
Bundan kelib chiqadiki, faoliyatni qobiliyatlar shakllanishining manbai va omili, 
mehnatsevarlik, qat’iyatlilik va ishchanlikni esa - hayotda orttirilgan 
qobiliyatlar shakllanishining muhim shartlari sifatida ко’rib chiqish lozim. Inson 
amaliyotda foydalanmay qo’ygan rivojlantirilmagan qobiliyat vaqt o’tishi bilan 
yo’qoladi. Faqat muntazam mashqlar tufayli biz o’zimizda maqbul qobiliyatlami 
mustahkamlab, rivojlantirib boramiz
Qobiliyatlami samarali tarzda rivojlantirish uchun «chegara nazariyasi» 
xulosalarini hisobga olgan holda, unga binoan, inson o’zining jismoniy yoki 
aqliy imkoniyatlari chegarasida faoliyat yuritib, o’z qobiliyatlarini to’liq 
namoyon etadi va rivojlantiradi. Lekin bunda to’siqlar tamoyilining 
xususiyatlarini hisobga olish zarur, unga binoan, to’siq aynan ushbu odam uchun 
muvofiq bo’lishi lozim.
Rivojlanishining birinchi bosqichida qobiliyatlar reproduktiv va taqlidiy 
xususiyatga ega bo’ladilar, lekin o’ziga xos, ijodiy elementlaming qanchalik tez 
va aniqroq namoyon bo’lishi, iste’dod haqida so’z yuritishga asos bo’la oladi. 
Qobiliyatlar rivojlanishining ikkinchi bosqichida faoliyatdagi ijodiy elementlar, 
masalalami tuzish va hal etishda mustaqillik xususiyatlari kuzatiladi. Xuddi shu 
tartibda o’zida qobiliyatlami rivojlantirish va tarbiyalash uchun ichki shartlar 
yaratiladi.
Qobiliyatlar baravar rivojlanmaydi: bilim va tajribaning to’planish 
me’yoriga ko’ra, birlari - oldinroq, boshqalari - kechroq taraqqiy etadi. 
Barchasidan aw al musiqiy, so’ngra tasviriy qobiliyatlar (maktabgacha yoshda) 
rivojlanadi. SHe’riyatga bo’lgan qobiliyat o’smirlik yoshida jadal rivojlanadi, 
fanlarga bo’lgan qobiliyatlar orasida matematikaga bo’lgan qobiliyat erta 
rivojlanadi. Bir xil qobiliyatlar faoliyat va tarbiya sharoitlariga bog’liq ravishda 
yoki juda tez, yoki juda sekin maromda rivojlanishi mumkin. Xuddi shunday, 
harakat usullarini shaxsan kashf etish yoki boshqalar tomnidan ishlab chiqilgan 
yangi harakat usullarini egallash mehnat mahsuldorligini oshirish bilan birga,
347


qobiliyatlaming rivojlanishini tezlashtirishga yangi imkoniyatlar yaratadi. 
Aksincha, izlanishdan to’xtash, xotitjamlik va o’zidan mamnunlik qobiliyatlar 
rivojlanish maromini keskin pasaytirishi mumkin.
Qobiliyatlami aniqlash va rivojlantirish muammosi kasbga yo’naltirish va 
kasb tanlash munosabati bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Kasbga 
yo’naltirishning zarurligi har bir odam duch keladigan o’ta dolzarb muammo -
hayot yo’lini tanlash va kasbiy yo’nalganlik bilan bog’liq bo’lgan o’z taqdirini 
o’zi belgilashi bilan bog’liqdir. Kabga yo’naltirishning, frantsiyalik psixolog A. 
Leon 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish