tanqidiylik,
tashkilotchilik
faoliyatiga
moyillik,
shaxsning
individual
xususiyatlari shular jumlasidandir.
O’quvchilaming
texnikaviy
qobiliyatlari M.G. Davletshin tomonidan
o’rganilgan. Texnikaviy qobiliyatlar tarkibida muallif tomonidan tayanch va
yetakchi xossalar, shuningdek, yordamchi sifatlar ko’rsatilgan. Texnikaviy
qobiliyatlaming tayanch xossasi bo’lib texnikaviy kuzatuvchanlik hisoblanadi
(inson idrokining mashina, asosiy bo’g’inlar
va tuzilmalaming tuzilish
tamoyiliga, ulaming o’zaro ta’siriga yo’nalganligi). Yetakchi xossalar bo’lib
texnikaviy tafakkur va texnikaviy xayol hisoblanadi (texnikani tushunish,
amaliy zakovat, texnikaviy moslamani tahlil qilish, qismlardan yaxlitlikni
yasash qobiliyati, fazoviy tasawurlarning jonliligi va aniqligi, shakllar va
masofalami yodda olib qolish, konstruktiv fantaziya). Yordamchi xossa qo’l
epchilligi hisoblanadi.
Lingvistik
qobiliyatlami A.X. Yugay o’rgangan. Lingvistik qobiliyatlar
tarkibida u fonematik eshitish qobiliyati (tilning sezgirligi),
lingvistik tafakkur
va verbal xotirani ajratdi.
Qobiliyatlaming mavjud emasligi odamning u yoki bu faoliyatni bajarishga
yaroqsizligini bildirmaydi, chunki ega bo’lmagan qobiliyatlaming o’mini
to’ldirish psixologik mexanizmi mavjud. Ko’p hollarda faoliyat bilan faqat
qobiliyatlilar emas, balki ularga ega boTmaganlaming ham shug’ullanishiga
to’g’ri keladi. Agar odam bu faoliyat bilan shug’ullanishni davom ettirishga
majbur bo’lsa, u ongli ravishda yoki anglanmagan holda, o’z shaxsining kuchli
sifatlariga tayanib, qobiliyatlar yetishmovchiligini toTdirishga harakat qiladi.
Ye.P. Ilinning fikriga ko’ra, bu to’ldirish egallanadigan bilim va ko’nikmalar,
yoki faoliyatning individual-tipik uslubini shakllantirish orqali, yoki boshqa,
rivojlanishi yuksakroq bo’lgan qobiliyat orqali amalga oshirilishi mumkin.
Yetishmagan qobiliyat juda keng muayyan insondagi yuksak rivojlangan
qobiliyatlar bilan toTdirilishi mumkin. Aynan, shu
xususiyat insonning turli
sohalarda samarali faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi.
Qobiliyatlarda bir qancha darajalami ajratish mumkin: layoqat, mohirlik,
iste’dod, geniallik.
Qobiliyat
deb, insonni u yoki bu faoliyatning samarali bajarilish imkoniyati
bilan ta’minlovchi layoqatlaming o’ziga xos uyg’unligiga aytiladi. Ushbu
ta’rifda qobiliyatga bog’liq ravishda faoliyatning samarali bajarilishi emas,
balki, faqat shunday bajarilishi mumkin bo’lgan imkoniyatga e’tibor qaratish
lozim. Faoliyatni samarali tarzda amalga oshirish uchun muvofiq keladigan
qobiliyatlar uyg’unligining mavjudligi
emas,
balki, zarur bilim va
ko’nikmalaming egallanganligi ham muhimdir. Qobiliyat faqat u yoki bu
faoliyatda muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatini belgilaydi, bu imkoniyatning
339
joriy qilinishi esa muayyan qobiliyatlaming rivojlanish darajasi va qanday bilim
va ko’nikmalaming egallanganligi bilan belgilanadi.
Qobiliyatli insonlaming individual farqlari qiziqishlarning yo’nalganligi
bilan belgilanadi. Xuddi shunday, ayrimlar matematikaga, boshqalar tarixga,
uchinchilar esa jamoatchilik ishiga qiziqadilar.
Inson qobiliyatlarini xarakterlaganda ko’pincha, ular taraqqiyotining
mohirlik
deb ataluvchi, ya’ni, ma’lum faoliyatda mukammallikka erishish
darajasi alohida ko’rsatiladi. Insonning mohirligi haqida so’z yuritilganda,
awalambor,
uning
ishlab
chiqaruvchi
faoliyat
bilan
muvaffaqiyatli
shug’ullanish qobiliyati nazarda tutiladi.
Lekin bu, mohirlik orttirilgan malaka
va ko’nikmalaming yig’indisi, degani emas. Mohirlik yuzaga keladigan
muammolami ijodiy hal qilishga psixologik shaylikni taqazo etadi. «Mohirlik -
bu «nima» va «qanday»laming bir vaqtning o’zida kelishi»,- deb bejizga
aytilmagan, bu bilan, usta uchun ijodiy masalani anglash bilan uni yechish
usullarini topishning o’rtasida uzilish mavjud emasligi ta’kidlanadi.
Qobiliyatlar rivojlanishining keyingi darajasi -
iste’dod.
«Iste’dod» so’zi
muqaddas kitoblarda uchraydi, bunda kumush o’lchov birligi nazarda tutilgan,
kumushni xo’jayinidan olgan tanbal ishchi uni tijoratga ishlatib, foyda olishning
o’miga, yerga ko’mib qo’ygan («Iste’dodini yerga ko’mgan»
iborasi shundan
paydo bo’lgan). Hozirda
iste’dod
deb, maxsus qobiliyatlar (musiqiy, adabiy,
Do'stlaringiz bilan baham: