N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

psixofiziologik
yo’nalish (E.L. 
Golubeva, V.M. Rusalov). Boshqa yo’nalish -
qobiliyatlarni individual, o ’yin,
o ’quv, mehnat faoliyatida tadqiq qilish
(A.N. Leontevning faoliyatga 
yondoshuvidan). Bu yo’nalish faoliyat bo’yicha qobiliyatlaming rivojlanish 
aniqlovchilarini o’rganadi, bunda iste’dod nishonalari ahamiyatga olinmaydi. 
Keyinchalik 
S.L. 
Rubinshteyn 
maktabida 
(A.V. Brushlinskiy, 
K.A.
Abdulxanova-Slavskaya) 
qobiliyatlar 
muammosini 
o’rganishga 
o’zaro
kelishuvga asoslangan nuqtai nazar tarkib topdi. Bu qarashning tarafdorlari 
bo’lgan olimlar, odamda yuzaga keladigan qobiliyatlarni iste’dod nishonalari 
asosida, faoliyat usullarining rivojlanishi sifatida ko’rib chiqqan edilar.
Qobiliyatlaming rivojlanishi uchun dastlab iste’dod nishonalaridan iborat 
bo’lgan muayyan asos bo’lishi zarur. Iste’dod 
nishonalari
ostida, qobiliyatlar 
rivojlanishining tabiiy asosini tashkil etuvchi asab tizimining anatomik- 
fiziologik xususiyatlari tushuniladi. Masalan, qobiliyatning tug’ma nishonalari 
sifatida turli analizatorlar rivojlanishining xususiyatlari namoyon bo’lishi 
mumkin. Xuddi shunday, eshitish idrokining muayyan xarakteristikalari musiqiy 
qobiliyatlaming rivojlanishi uchun asos sifatida yuzaga kelishi mumkin. 
Intellektual qobiliyatlaming nishonalari esa, awalambor, miyaning u yoki bu 
darajadagi qo’zg’aluvchanligida, asab jarayonlarining harakatchanligida, 
vaqtincha aloqalaming hosil bo’lish tezligida, ya’ni, I.P. Pavlov 
genotip
- asab 
tizimining tug’ma xususiyatlari deb atagan miya faoliyatining shular kabi 
vazifalarida namoyon bo’ladi.
Miya, his-tuyg’u organlari, harakat (tug’ma nishonalar) tuzilishining 
tug’ma anatomik-fiziologik xususiyatlari odamlar o’rtasidagi individual 
farqlaming tabiiy asosini belgilab beradi.
Ko’pchilik psixologlaming fikricha, nishonalar - bu asab tizimining irsiyat 
tomonidan belgilangan (tug’ma) anatomik-fiziologik xususiyatlari. Lekin 
olimlaming ayrimlari, masalan, R.S. Nemov, odamda 
ikki xil nishonalaming: 
tug’ma (tabiiy) va orttirilgan (ijtimoiy) turlari mavjudligini faraz qiladilar.
Nishonalaming rivojlanishi 
- bu tarbiya sharoitlari va jamiyat 
rivojlanishining xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy shartlangan jarayon.
334


Jamiyatda u yoki bu kasbga ehtiyoj tug’ilgan sharoitda nishonalar rivojlanadi va 
qobiliyatlarga aylanadi; nishonalar rivojlanishining ikkinchi muhim omili 
tarbiyalash xususiyatlari hisoblanadi.
Nishonalar maxsus bo’lmaydi. Odamda muayyan turdagi nishonalaming 
mavjudligi qulay sharoitlarda ular asosida ma’lum qobiliyatning rivojlanishi 
zarurligini bildirmaydi. Bir xil qobiliyatlar asosida faoliyat talablarining 
xususiyatiga ko’ra turli xil qobiliyatlar rivojlanishi mumkin. Xuddi shunday, 
eshitish qobiliyati va ohang hissiga ega bo’lgan odam musiqa ijrochisi, dirijer, 
raqqosa, qo’shiqchi, musiqa tanqidchisi, pedagog, bastakor va h.k. bo’lib 
yetishishi mumkin. SHu bilan birga, nishonalar kelajakdagi qobiliyatlar 
xarakteriga ta’sir etmasligini inkor etish yaramaydi. Xuddi shunday, eshitish 
analizatorining xususiyatlari aynan ushbu analizator rivojlanishining alohida 
darajasini talab etadigan qobiliyatlarga o’z ta’sirini o'tkazadi.
Qobiliyatlardan farqli ravishda nishonalar insonning ularga murojaat qilishi 
yoki qilmasligi, amaliyotda foydalanishi yoki foydalanmasligidan qat’iy nazar, 
uzoq vaqt davomida mavjud bo’lib, saqlanishi mumkin.
Shunday qilib, nishonalar o’zida qobiliyatlami jamlamaydi va ulaming 
rivojlanishini kafolatlamaydi, deb aytish mumkin. Ular faqat qobiliyatlar 
rivojlanishining shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi.
ko’pchilikni tashkil etadi. Ulaming ichidagi umumiy tasniflashga ko’ra 
qobiliyatlar ikki guruhga: 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish