qobiliyati
- bu musiqali tovushlami farqlash va ulami aniq joriy etish
qobiliyatida namoyon bo’ladigan eshitish orqali idrok qilishning ma’lum sifati
sanaladi. Musiqali eshitish qobiliyati - bu musiqali qobiliyatlaming tarkibiy
qismlaridan bin. Maxsus odatdagi qobiliyatlar ta’lim jarayonida iste’dod
nishonalari asosida rivojlanadi.
Umumiy murakkab qobiliyatlar
- bu umuminsoniy faoliyat turlari:
mehnat, ta’lim, o’yin, bir-biri bilan muloqotga bo’lgan qobiliyatlar. Ular u yoki
bu darajada barcha odamlarga xos. Bu guruhga mansub qobiliyatlaming har bin
shaxs xossalarining murakkab tarkibini tashkil etadi.
Maxsus murakkab qobiliyatlar
turli darajada emas, umuman barcha
odamlarga xos bo’lmagan qobiliyatlar. Ular inson madaniyati tarixi jarayonida
yuzaga keladigan ma’lum kasbiy faoliyatga bo’lgan qobiliyatlar hisoblanadi.
Ular, odatda, kasbiy qobiliyatlar deb ataladi.
«Umumiy psixologiya» (Sankt-Peterburg, 2002) darsligining muallifi A.G.
Maklakov qobiliyatlami tabiiy yoki odatdagi qobiliyatlar,
va ijtimoiy-tarixiy
kelib chiqqan maxsus qobiliyatlarga ajratadi.
Tabiiy qobiliyatlar
odamlar va hayvonlar uchun xos bo’lib, idrok qilish
xotirada saqlash, oddiy muloqotga kirisha olish shular jumlasidandir. Biologik
jihatdan asoslangan bu qobiliyatlar asosini shartli reflekslar hosil bo’lish
jarayoni tashkil etadi. Insondagi va yuksak darajada rivojlangan hayvonlardagi
bu qobiliyatlar bir-biridan farq qiladi.
Maxsus insoniy qobiliyatlar
ijtimoiy-tarixiy tabiatga ega bo’lib, ijtimoiy
hayot va taraqqiyotni ta’minlaydi. Maxsus insoniy qobiliyatlar o’z navbatida
umumiy va xususiy qobiliyatlarga bo’linadi.
Umumiy qobiliyatlar
insonning turli
faoliyatlari
muvaffaqiyatini
ta’minlovchi aqliy qobiliyatlar xotira
va nutqning rivojlanganligi, qo’l
harakatlarini aniqligi va boshqa xususiyatlardan iborat.
Maxsus
qobiliyatlar deb,
inson yutuqlarini amalga oshirish uchun alohida turdagi iste’dod va uning rivoji
zarur bo’lgan maxsus faoliyat turlarida aniqlaydigan qobiliyatlar tushuniladi.
Bunday qobiliyatlarga musiqa, matematika, lingvistik, texnikaviy, badiiy,
adabiy, sportga bo’lgan qobiliyatlami kiritish mumkin.
Qobiliyatlar muammosini tadqiq qiluvchilaming ko’pchiligining
fikriga
ko’ra, umumiy va maxsus qobiliyatlar nizoga bormaydilar, ular o’zaro bir-birini
to’ldirgan va boyitgan holda birgalikda mavjud bo’ladilar. Bundan tashqari,
ayrim holatlarda umumiy qobiliyatlar rivojlanganligining darajasi ma’lum
faoliyat turlariga nisbatan maxsus qobiliyatlar sifatida namoyon bo’lishi
mumkin.
Inson umumiy qobiliyatlari sirasiga
Do'stlaringiz bilan baham: