O’ta hayajonli
ftp-bunday odamlarga yuqori muloqotchanlik,
sergaplik, oshiqlik xosdir. Ular ko’p bahslashadilar. Lekin nizogacha olib
bormaydilar. Nizoli vaziyatlarda ham faol, ham sust holatda bo’ladilar. SHu
320
bilan birga, bunday tipdagi odamlar do’stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli
bo’ladilar. Ular altruistlikka moyil, ularga hamdardlik hissi, yaxshi did xos
bo’lib, sezgilaming yorqinligi va samimiyligini namoyon qiladilar. Yoqimsiz
qirralari: vahimachilik, vaqtinchalik kayfiyatga berilganlik kabilardir.
11.
Ekstravert tip -
bunday odamlar yuqori muloqotchanlik bilan ajralib
turadilar, ulaming do’stlari, tanishlari ko’p, ular sergap, istalgan ma’lumotni
qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar bilan nizolarga boradilar, bunda,
odatda, sust tarafda bo’ladilar. Do’stlar bilan muloqotda, ishda va oiladagi ko’p
holatlarda liderlikda boshqalarga yon bosadilar, bo’ysunishni va chetda turishni
afzal ko’radilar. Boshqalami tinglay olishga shaylik, iltimoslami bajarish,
ishchanlik kabi yoqimli qirralarga egadirlar. Yoqimsiz qirralari: ta’sirlarga
beriluvchanlik, yengil tabiatlilik, o’ylamasdan harakat qilish, ko’ngilochar
qiziqishlarga, gap-so’z va mish-mishlami tarqatishda ishtirok etishga
ishtiyoqmandlik.
12.
Introvert tip
- ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan
uzilganlik, falsafa so’qishga moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlami
yolg’izlikni xush ko’radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy hayotlariga takallufsizlik
bilan aralashish holatlaridagina nizolarga borishlari mumkin. Ular ko’pincha
odamlarga nisbatan
kuchsiz bog’langan emotsional sovuqqon odamlardir.
Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik kabi ijobiy qirralarga egadirlar. Salbiy qirralari
ham mavjud - qaysarlik, tafakkur rigidligi, o’z g ’oyalarini qat’iy ravishda
himoya qilish hisoblanadi.
Keyinchalik A.E. Lichko o’smirlar aktsentuatsiyalarini ta’riflash asosida
xarakterlar tasnifini taklif etdi.
M.I. Yenikeev shaxs muhitga moslashishining umumiy usuli asosida
xarakteming quyidagi tiplarini keltiradi:
1.
Uyg’unlashgan yaxlit tip
- munosabatlaming barqarorligi va, shu bilan
birga, atrof-muhitga yuqori moslashganlik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi
xarakterli odamda ichki nizolar bo’lmaydi, uning tilaklari bajarayotgan ishi bilan
mos tushadi. Bu muloqotchan, irodali, e’tiqodli odam.
2.
Ichki nizoli,
lekin
tashqaridan muhit bilan uyg’unlashgan tip -
ichki
intilishlar va, muhit talablariga mos ravishda katta zo’riqish bilan amalga
oshiriladigan, tashqi hulq-atvor o’rtasidagi qarama-qarshilik bilan ajralib turadi.
Bunday tipdagi xarakterli odam ixtiyorsiz harakatlarga moyil, lekin ular doimo
iroda kuchi tomonidan tutib qolinadi. Munosabatlari tizimi barqaror, lekin
kommunikativ xossalari yetarlicha rivojlanmagan. Bu har kungi kurashdan voz
kechgan oqil kuzatuvchi tipidir.
3.
Moslashganligi kuchsiz nizoli tip -
emotsional va ijtimoiy vazifalar,
impulsivlik, salbiy xissiyotlarning ustunligi, kommunikativ xossalaming
321
rivojlanmaganligi, o’zini anglashning yetarlicha tarkib topmaganligi o’rtasidagi
kelishmovchilik bilan ajralib turadi. Bunday tipdagi xarakterli odamlaming
hayotidagi voqealar soddalashtirilgan chizma bo’yicha sodir bo’ladi:
o’zgaruvchan extiyojlari ularning shaxsiy fikrlari bo’yicha qiyinchiliklarsiz
darhol qondirilishi kerak. Bunday odamlar hayotiy faoliyatning asosiy
mexanizmi - zavqlanish (gedonizm). Bunday tipdagi odamlar barcha og’ir
vaziyatlami keskin kelishmovchilik sifatida idrok qiladilar va anglanmagan
psixologik soxta himoya - voqealikni buzib aks ettirilishi (injiqliklar, qaysarlik,
mevasiz orzular va shirin xayyollar olamiga g’arq bo’lish) ga murojaat qiladilar.
4.
Do'stlaringiz bilan baham: |