N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

munajjimlar bashorati
nomini olgan.
Xaraktemi tadqiq qilishga 
fiziognomika
- insonning tashqi ko’rinishi va 
uning ma’lum shaxs tipiga mansubligi o’rtasidagi aloqa haqidagi ta’limot ham 
katta ta’sir ko’rsatdi. Ushbu ta’limotning asosiy g’oyasi tashqi belgilarga 
asoslangan holda u yoki bu tipga mansub bo’lgan insonning psixologik 
xarakteristikasini aniqlash mumkinligi taxminlaridan iborat. Inson xarakterini 
bilishning asosiy yo’li bosh tuzilishi, kalla qutisining shakli, mimikasini 
o’rganish deb hisoblagan I.K. Laiateming fiziognomik tizimi keng 
ommalashgan edi.
Xarakterologiyaning 
alohida 
yo’nalishi 
sifatida 
inson 
individual 
xususiyatlarini uning tana holati bo’yicha aniqlashga asoslangan yondoshuvni 
ajratish mumkin. Ba’zi psixologlaming fikriga ko’ra, inson tana holati, yurish- 
turishi, o’tirishi va qay holatda uyquga ketishi bo’yicha inson xarakterini ochib 
berish mumkin.
Fiziognomikadan tashqari, 
xiromantiya
(yunonchadan qo’l - fol ochish) 
ham qiziqarli tarixga ega. Xiromantiya - bu inson xarakteri qirralari va taqdirini 
qo’l kaftining teri relefi bo’yicha bashorat qilish tizimi. Ilmiy psixologiya 
xiromantiyani inkor etadi, lekin, barmoqlardagi chiziqlami o’rganish irsiyat 
bilan bog’liq bo’lgan yangi soha -
dermatoglijikaning
paydo bo’lishiga turtki 
berdi. tadqiqotlar jarayonida har bir odam kaft chiziqlarning shakllanishi 
miyaning rivojlanishi kabi ona qomidagi rivojlanishning 3-4 oyida sodir bo’ladi, 
bu jarayonga ota-ona irsiy belgilari yoki homilaning xromosoma nuqsonlari bir 
xilda ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun barmoqlar chiziqlarini organizmning 
anatomik yoki fiziologik xususiyat sifatida o’rganish lozim, dermatoglifika esa 
xarakterologiyaning asosiy yo’nalishlari qatoridan joy olishi mumkin.
Xarakter tipologiyasining quyidagi asosiy turlarini aytib o’tish mumkin: 
inson xarakteri xususiyatlarini insonning tashqi ko’rinishi, tana tuzilishi, gabitus 
bilan bog’lovchi konstitutsion nazariyalar (E. Krechmer, Rostan, Lombrozo, U. 
SHeldon va boshqalar); xarakter xususiyatlarini uning 
aktsentuatsiyasi -
psixikaning psixopatiya quyi chegarasi bo’lib hisoblanadigan 
xarakteming 
alohida qirralari va ular yig’indisining o’ta ifodalanganligi bilan bog’lovchi 
aktsentual nazariyalar (K. Leongard, A.E. Lichko va boshqalar); shaxsning 
yetakchi yo’nalganligi bo’yicha nazariyalar (E. SHpranger, M.I. Yenikeev); 
shaxsning ijtimoiy muhitga moslashishning umumiy usuli bo’yicha nazariyalar 
(M. Yenikeev); insonning hayotga, jamiyatga, ma’naviy qadriyatlarga
318


munosabati asosidagi xarakterlaming ijtimoiy tipologiyasi (E. Fromm); 
ekstraversiya-introversiya (K. Yung) bo’yicha nazariyalar shular jumlasidandir.
«Aktsentuatsiya» tushunchasi psixologiyaga K. Leongard tomonidan 
kiritilgan edi. 
Xarakter aktsentuatsiyasi
- xarakter alohida xossalarining 
boshqalarga ziyon keltirish hisobiga ortiqcha rivojlanishi, buning natijasida 
atrofdagilar bilan o’zaro aloqalar yomonlashadi. Leongardning fikriga ko’ra, 
shaxs aktsentuatsiyasi, awalambor, boshqa odamlar bilan muloqotda namoyon 
bo’ladi. SHuning uchun, muloqot uslublarini baholashda aktsentuatsiyaning 
ma’lum tiplarini ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi tiplarai keltiradi;
1. 
Gipertim tip
o’ta muloqotchanligi, sergapligi, imo-ishoralar, mimika va 
pantomimikaning kuchli ifodalanganligi bilan xarakterlanadi. Bunday odamda 
suhbatning boshlang’ich mavzusidan chetlashishi kuzatiladi. Xizmat va oiladagi 
vazifalariga yetarlicha jiddiy e’tibor bermasligi vajidan 
atrofdagilar bilan 
tasodifiy nizolar sodir bo’lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko’p hollarda nizolar 
tashabbuskori bo’lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh eshitsalar, 
hafa bo’ladilar. Ushbu tip odamlarining ijobiy sifatlaridan chaqqonlik, faoliyatga 
chanqoqlik, ruhiy ko’tarinkilik, tashabbuskorlik kabilami keltirish mumkin. SHu 
bilan birga, ular ba’zi bir yoqimsiz qirralar: yengil tabiatlilik, ahloqsiz 
harakatlarga moyillik, o’ta ta’sirchanlik, xomxayollik, o’z vazifalariga yetarlicha 
jiddiy yondoshmaslik kabilarga ega. Ular qat’iy intizom, zerikarli faoliyat 
majburiy yolg’izlik sharoitlariga qiyin moslashadilar.
2. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish