qiladilar. Emotsional xotiijamlik xolatda ushbu tipdagi odamlar vijdonli, puxta,
xayvonlar va yosh bolalami yaxshi ko’radilar. Lekin emotsional qo’zg’alishda
ta’sirchan, jizzaki bo’lib, o’z xarakatlarini yaxshi nazorat qila olmaydilar.
5.
Suqiluvchi tip -
ularga o’rtacha muloqotchanlik, mijg’ovlik,
nasihatgo’ylikka moyillik, kamgaplik xosdir. Nizolarda bunday odam, odatda,
tashabbuskor, faol tomon sifatida namoyon bo’ladi. U qo’l urgan har bir ishida
yuqori ko’rsatkichlarga erishishga intiladi, o’ziga o’ta talabchan, ijtimoiy
adolatga alohida sezgir, shu bilan birga, jizzaki, saiga ranjiydigan,
shubhalanuvchi, qasoskor; ba’zida o’ta o’ziga ishongan, izzattalab, rashkchi,
yaqinlari va ishdagi qo’l ostidagilarga nisbatan o’ta talabchan.
6.
Rasmiyatchi tip
- bunday tipdagi odam nizolarga bormaydi, sust tarafhi
egallaydi. Xizmatda rasmiyatchi, atrofdagilarga ko’plab rasmiy talablar qo’yadi.
SHu bilan birga, u bajonudil liderlikda boshqalarga yon beradi. Ba’zan u
yaqinlarining ozodagarchiligiga katta talab qo’yadi. Uning ijobiy qirralari:
vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolami
keltirib chiqaradigan qirralari esa - rasmiyatchilik, mijg’ovlik, hadeb noliyverish
hisoblanadi.
7.
Xavotirli tip
- bunday tipdagi odamlarga muloqotga kirishuvchanlikning
past bo’lishi, jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular
atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda sust o’rinni egallaydilar, bunday
vaziyatlarda tayanch izlaydilar. Ular quyidagi ijobiy qirralarga ega: samimiylik,
o’zini tanqid qilish, ishchanlik. O’zining himoyasizligi oqibatida, shuningdek,
ko’p hollarda boshqalaming gunohiga javobgar, masxara bo’lib qoladilar.
8.
Emotiv tip -
bunday odamlar yaxshi aloqalar o’matilgan saralanganlar
tor doirasidagi muloqotni afzal ko’radilar. Sust tarafhi egallagan holda nizolarga
bormaydilar. Hafagarchiliklarini
ichlariga yutadilar. Yoqimli qirralari:
mehribonlik, hamdardlik, kuchli mas’uliyat hissi, ishchanlik. Yoqimsiz qirralari:
o’ta ta’sirchanlik, yig’loqilik.
9.
Namoyishkor tip
- aktsentuatsiyaning bu tipi aloqalami oson o’matishi,
liderlikka intiluvchanlik, hukmronlik va maqtovlarga chanqoqligi bilan
xarakterlanadi. Ushbu tipga mansub odamlar o’ziga o’ta ishonganligi va
intilishlarining yuksakligi bilan atrofdagilaming g’ashiga tegadi, muntazam
ravishda nizolami keltirib chiqaradilar, lekin o’zlari faol himoyalanadilar. Ular
sertakalluflik, ustalik, boshqalami orqasidan ergashtirish, tafakkur va
harakatlaming o’ziga xosligi kabi ijobiy sifatlarga ega. Salbiy qirralari:
xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir.
10.
Do'stlaringiz bilan baham: