N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Xarkter qirralari
deganda insonning umumiy sharoitlardagi hulq-atvorini 
aniqlovchi psixik xossalar tushuniladi. Jasurlik yoki qo’rqoqlik xavfli 
vaziyatlarda namoyon bo’ladi, muloqotchanlik yoki odamovilik - muloqot 
vaziyatida, xotiijamlik yoki dovdirash - stress vaziyatlarida namoyon bo’ladi.
Xarakteming alohida xossalari bir-biriga bog’liq va ular 
xarakter tuzilishi
deb ataladigan yaxlit hosilani tashkil etadi. Xarakter tuzilishida qirralaming ikki 
xil guruhini ajratadilar. Birinchi vaziyatda xarakteming barcha qirralarni psixik 
jarayonlar bilan bog’liqligi uchun iroda, emotsional va aqliy qirralarni 
ajratadilar.
Xarakteming 
irodaviy qirralari -
hulq-atvor va faoliyatni ongli, 
tushunchaviy-vositali 
boshqarishning 
barqaror 
individual-tipologik 
xususiyatlari. Xarakteming irodaviy qirralari insonning qiyinchiliklami yengish 
bilan bog’liq faoliyatini ongli boshqarish malakasi va bunga shayligini, hulq- 
atvomi ma’lum tamoyillar va vazifalarga muvofiq ravishda yo’naltirishni 
belgilaydilar. Xarakteming irodaviy qirralariga maqsadga yo’nalganlik, 
mustaqillik, qat’iyatlilik, dadillik, o’zini tuta bilish, jasurlik, matonat, 
intizomlilik, sabr va x.k.lar kiradi. Iroda sifatlarining turli xillari 
shaxs 
xarakterining iroda tuzilishini belgilaydi . Iroda tuzilishining asosiy 
xususiyatlariga 
xarakteming yaxlitligi
- turli vaziyatlarda qarashlar va 
fikrlaming barqarorligi, so’z va xarakat birligi; 
xarakteming kuchi -
insonning 
xarakatchanligi, davomli zo’riqish vaziyatlarida qiyinchiliklami yengishi; 
xarakter mustahkamligi
- xarakter kuchining asoslaganlik bilan birligi; 
vazminlik
- faollik va bosiqlikning qulay nisbati, hulq-atvoming bir tekisdaligi, 
o’z imkoniyatlarini turli sharoitlarda qo’llash kiradi.
Xarakteming emotsional qirralari
- xarakatning bevosita, o’z-o’zidan 
boshqarilishning barqaror individual-tipologik xususiyatlari. Xarakteming 
emotsional qirralari xaqida so’z yuritganda qo’zg’alish ko’rsatkichi, insonning 
real xodisalarga, nimani yoqtirish va yoqtirmasligi, befarqligi, ustunlik qiluvchi 
kayfiyat ko’zda tutiladi. Eng muhim emotsional xususiyat insonning ustunlik 
qiluvchi kayfiyati, uning emotsional barqarorligi hisoblanadi. Hissiyotlar bilan 
bir qatorda shaxs xarakterining qirralari sezgilaming o’ziga xos xususiyatlari 
bilan belgilanadi. Barqaror sezgilar kengligi va chuqurligi, voqeiyligi, aqliy va 
irodaviy soha bilan uyg’unligi - shaxsning muhim xarakterologik xususiyati
315


hisoblanadi. Xarakterning emotsional qirralariga: shiddatlilik, ta’sirchanilik, 
qiziqqonlik, faoliyatsizlik, befarqlik, hozirjavoblik va boshqalar kiradi.
Xarakterning intellektual qirralari
- aqliy qobiliyatlaming barqaror 
individual-tipologik xususiyatlari. Xarakterning intellektual qirralari xaqida so’z 
yuritganda, awalambor, aqlning tarkib topgan sifati ko’zda tutiladi. Intellektual 
sifatlar bo’yicha nazariy yoki amaliy aql egalari, aql egiluvchanligi va 
chuqurligining turii darajalari, tafakkur jarayonlari kechishining tezligi, tajriba 
elementlarining ijodiy o’zgarishiga, qobilyatning turli-tumanligiga, yangi 
muammolami tuzish va hal etish mustaqilligiga ko’ra farqlanadilar. 
Xarakterning intellektual qirralariga qiziquvchanlik, mulohazalilik, sinchkovlik 
va boshqalar kiradi.
Boshqa vaziyatda xarakter Qirralari 
shaxs y o ’nalganligiga
muvofiq 
ravishda ko’rib chiqiladi. Shaxs yo’nalganligining mazmuni odamlarga, 
faoliyatga, atrof-olam va o’ziga bo’lgan munosabatda namoyon bo’ladi. Xuddi 
shunday, insonning atrof-olamga munosabati yoki ma’lum mulohazalar 
mavjudligida, dunyoni sezish va bilishda, tamoyillarning mavjud emasligida 
namoyon bo’ladi. Insonning jamiyatga, boshqa odamlarga munosabatini shaxs 
sifati va inson xarakteri, uning axloqiyligini belgilab beradi. 

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish