N. S. Safaev, N. A. Mirashirova, N. G. Odilova, Sh. D. Turabekova, Sh. K. Karimova



Download 12,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/208
Sana04.07.2022
Hajmi12,63 Mb.
#739058
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208
Bog'liq
fayl 196 20210327

Flegmatik
- senzitivligi sust, hissiy qo’zgaluvchanligi oz, kuldirish, 
jahlini chiqarish, kayfiyatini buzish qiyin. Ammo bir narsa yuzasidan qattiq 
kulganda u vazminligicha qolaveradi. Katta ko’ngilsiz hodisa yuz berganda ham 
osoyishtaligini buzmaydi. Imo-ishoralari oz, harakatlari ifodasiz. G’ayrati 
ishchanligi bilan ajralib turadi. Yuksak faolligi oz, reaktivligidan ancha ustunlik 
qiladi. Chidamliligi, matonati, o’zini tuta bilish bilan ajralib turadi. 
Harakatlarining tempi va nutqining tempi sust, ifodasiz. Diqqatini sekinlik bilan 
to’playdi. Rigid (qotib qolgan), diqqatini qiyinchilik bilan ko’chiradi. Yangi 
sharoitga qiyinchilik bilan moslashadi. Introvert. Yangi odamlarga qiyinchilik 
bilan qo’shiladi. Tashqi taassurotlarga qiyinchilik bilan javob qaytaradi.
Melanxolik -
yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak 
(sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko’ra, ko’zlaridan yosh oqib 
ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig’laydi. Samimiy, juda oz kuladi, 
faolligi sust. O’ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug’iladigan 
bo’lsa, qo’lini yuvib qo’ltig’iga urib qo’ya qoladi. G’ayratsiz qatiy emas. 
Diqqati tez chalg’iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). 
Introvertlik xususiyatiga ega.
Shunday qilib, temperament individning tabiiy belgilangan psixik 
xususiyatlarining individual o’ziga xos yig’indisidir. bu xususiyatlarga umumiy 
nerv-psixik faollikning jadallligi, zo’riqqanligi, ta’sirlanish va harakatlaming 
maromi, individning motorli, aqliy va kommunikativ sohasida namoyon 
bo’iadigan xususiyatlaming kuchayishi va susayishi; sub’ekt emotsional 
tuzilishining qo’zg’aluvchanligi, reaktivligi, barqarorligi, hissiyotlaming nazorat 
qilinishi kiradi. Temperament faqat faoliyat va hulq-atvor usullarining dinamik 
xususiyatlarini belgilaydi.
3 0 9


16.5. Mehnatfaoliyatida
Temperamentning mehnat va ta’limda
temperamentning hisobga
tutgan 
o’mi 
uning 
yoqimsiz 
sharoit,
olinishi
emotsiogen 
omillar, 
pedagogik 
ta’sirlar
tomonidan keltirib chiqariladigan turli psixik 
holatlarning faoliyat ta’siriga bog’liqligidan iborat. Nerv-psixik zo’riqish 
darajasini belgilovchi turli omillar ta’siri temperamentga bog’liq bo’ladi, 
(masalan, faoliyatni baholash, faoliyat nazoratini kutish, ish maromini 
tezlashtirish, intizomiy ta’sirlar va h.k.
Temperamentning faoliyat talablariga moslashishning to’rt xil yo’nalishi 
mavjud.
Birinchi y o ’nalish
-kasbiy tanlov, uning vazifalaridan biriga ushbu 
faoliyatga temperamentning zarur xossalariga ega bo’lmagan shaxslami yaqin 
yo’latmaslik kiradi. Ushbu yo’nalishni shaxs xossalariga yuqori talablami 
qo’yuvchi kasblami tanlashda joriy etadilar (energiya tizimlari nazoratchilari, 
tog’dagi qutqaruvchilar, uchuvchilar va h.k.).
Shuni ta’kidlash lozimki, kasbiy tanlov bilan birga kasbiy yo’nalganlik 
ham muhimdir, ya’ni, bunday mehnat faoliyatining inson qiziqishlariga emas, 
balki uning individul xususiyatlari va imkoniyatlariga ham muvofiq kelishi 
zarur.
Temperamentning faoliyatga moslashishining 
ikkinchi y o ’nalishi
insonga 
qo’yiladdigan talablar, mehnat sharoitlari va usullarini (individual yondoshuv) 
individuallashtirishdan iborat. Bunda ta’lim va tarbiya temperamentni 
o’zgartirmasdan, insonga temperamentining u yoki bu kamchiliklarini yengib 
o’tishga, ijobiy tomonlarini rivojlantirishga ko’mak berishi lozim.
O’quv-tarbiya jarayonida xoleriklarda mashqlar vositasida tormozlash 
jarayonini rivojlantirishga intilish kerak. Ulardan muntazam ravishda 
yumshoqlik bilan, xotirjam, o’ylab javob qaytarishni, hulq-atvor va boshqalar 
bilan munosabatlarda o’zini tuta bilishni, ishda 
sarishtalik va tartibni talab 
qilish zarur. Melanxoliklarga yumshoqlik, sinchkovlik bilan ta’sir ko’ratish 
lozim, bunda ma’qullash, maqtov, ruhlantirish katta ahamiyatga ega. 
Flegmatiklarda harakatchanlik, faollikni rivojlantirish zarur. Sangviniklarda 
qat’iyatlilik, maqsadga intiluvchanlik, quntni tarbiyalash kerak.
Uchinchi y o ’nalish
temperamentning salbiy ta’sirini faoliyatga nisbatan 
ijobiy munosabat va mos keluvchi motivlami shakllantirish vositasida bartaraf 
etishdan iborat. Masalan, o’quvchilaming yuqori faolligiga sabab bo’ladigan 
o’ta qiziqarli mashg’ulotda xoleriklaming vazminlik darajasi, sangviniklaming 
vazminlik darajasidan kam bo’lmaydi, melanxoliklaming ishchanligi ham 
flegmatiklamikidan qolishmaydi.
3 1 0


To’rtinchi,
asosiy va barcha yo’nalishlar ichida universal bo’lgan faoliyat 
talablariga moslashish 
yo ’nalishi
- uning individual uslubini shakllantirishdan 
iborat. Faoliyatning 
individual uslubi
deganda ushbu odam uchun xos va 
muvaffaqiyatli natijaga erishish uchun maqsadga muvofiq bo’lgan harakat 
usullari va vositalarining individual tizimi tushuniladi. Inson, odatda, o’zining 
temperamentiga mos bo’lgan harakat usullari va vositalarini tanlaydi, lekin bu 
har doim ham anglangan holatda amalga oshirilmaydi. Pedagog ongli ravishda 
ijodiy faoliyatning individual uslubini ishlab chiqishi kerak.
Temperamentlar bo’yicha farqlar- bu psixika imkoniyatlari darajasidagina 
emas, balki ifodalanishining o’ziga xosligi bo’yicha farqlar bo’lib hisoblanadi. 
Aniqlashlarga ko’ra, temperament xususiyatlari va yutuqlar darajasi o’rtasidagi 
bog’liqlik mavjud emas.

Download 12,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish