O‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan tarbiya fani o‘qituvchilari
uchun test savollari
1. “Biz birlashib yengamiz” ushbu jumla muallifi kim?
A). Sh.Mirziyoyev B). Viktor Pak
C). A.Oripov D). A.Temur
2. “Har bir odam haqiqiy baxtga erishishi uchun o‘z shaxsiy manfaatini xalq manfaati bilan birlashtirishi, xalq baxti uchun kerak bo‘lsa jonini ham ayamasligi kerak. Inson oily axloqiy sifatlariga, chunonchi, beg‘arazlik, oliyjanoblik, vijdoniylik, mehnatsevarlik, mardlik fazilatlariga ega bo‘lishi lozim”. Ushbu so‘zlar muallifi kim?
A). U.Nosir B). A.Avloniy C). Berdaq D). Fitrat
3. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi qachon nishonlangan?
A). 1999-yil B). 2000-yil C). 2001-yil D). 2002-yil
4. Jaloliddin Manguberdi ordeni qachon ta’sis etilgan?
A). 1999-yil 30-avgust B). 2000-yil 30-avgust
C). 2001-yil 30-avgust D). 2002-yil 30-avgust
5. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni Oliy Majlis qonunchilik palatasi tomonidan qachon qabul qilingan?
A) 2020-yil 19-may B) 2020-yil 7-avgust
C) 2020-yil 23-sentabr D) 2020-yil 20-sentabr
6. Davlat ta’lim standarti nima?
A) Ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intelektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan talab.
B) Davlat tomonidan belgilanadigan talablar majmui.
C) Davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatanbelgilanadigan talablar majmui.
D) A va C.
7. Tarbiya bu-….
A) Shaxs ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan jarayon.
B) Aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan jarayon.
C) Ma’naviy ozuqa berish bilan yakunlanadigan muayyan jarayon.
D) Ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida shaxs dunyoqarashini shakllantirshga qaratilgan tizimli jarayon.
8. Insonning burchlari nechta turga bo‘linadi?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 6
9. Millat ruhini belgilaydigan asosiy omillaridan biri, bu…
A). Ma’naviy meros B). Milliy qadriyatlar
C). Milliy an’ana va urf-odatlar D) Xalq so‘zlashadigan til, ona tili
10. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan qaysi kun “Prokuratura organlari hodimlari kuni” deb belgilandi?
A) 9-yanvar B) 8-yanvar
C) 10-yanvar D) 12-yanvar
11. Mamlakatimizda bugungi kunda nechta diniy ta’lim muassasasi faoliyat olib bormoqda?
A) 10ta B) 11ta C) 12ta D) 13ta
12. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev qaysi nutqida Yoshlar huquqlari to‘g‘risida xalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi bilan chiqdi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda.
B) BMT Bosh assambliyasining 72 sessiyasida
C) BMT Bosh assambliyasining 70 sessiyasida.
D) Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashi 43-sessiyasi
13. Milliy istiqlol g‘oyasining maqomini aniqlang.
A) Davlat mafkurasi. B) Jamiyat mafkurasi.
C) Millatning g‘oyasi. D) Siyosiy partiyalar g‘oyasi.
14. Mamlakatimizda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi -.
A) demokratik islohatlarni yanada rivojlantirish.
B) aholi uchun munosib hayot darajasi va sifatini ta’minlash.
C) kuchli fuqarolik jamiyatini tashkil etish.
D) xalq xokimyati organlari rolini yanada rivojlantirish.
15. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ikkinchi bo‘limi nima deb nomlangan?
A) Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
B) Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
C) Inson va fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
D) Inson va fuqarolarning siyosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari.
16. “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi” qaysi qaror asosida tashkil etildi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 10 iyuldagi Qaroriga.
B) O‘zbekiston «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyi qaroriga.
C) O‘zbekiston Respubilkasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi Farmoniga.
D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi Farmoniga.
17. Globallashuvning ta’lim-tarbiya sohasiga salbiy ta’siri ko‘rinishlari?
A) Ma’naviyatga tahdid va o‘zlikdan begonalashish.
B) Ma’naviy yuksalish va taxdidlar.
C) Axborot hurujlari va axborot ko‘lamining ortishi.
D) Ommaviy madaniyat va o‘zlikni anglash.
18. O‘zbekiston Respublikasinnng Konstitutsiyasida Prezident instituti nechanchi moddada berilgan?
A) 91 B) 89 C) 83 D) 94
19. “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo‘lishi, baxtli bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog‘liq” ushbu fikr kimga tegishli?
A) A.Avloniy. B) I.Karimov.
C) A.Fitrat. D) Sh.Mirziyoev.
20. O‘zR Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan qanday yangi tuzilma tashkil etildi?
A) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi; Viloyat, tuman va shahar hokimlariningXalq qabulxonalari.
B) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi; Viloyat, tuman va shahar hokimlarining Xalq qabulxonalari; Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarning Xalq qabulxonalari.
C) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi; Viloyat, tuman va shahar hokimlarining Xalq qabulxonalari; Vazirlik, idora, korxona va tashkilotlarning Xalq qabulxonalari.
D) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virual qabulxonasi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati majlislari yiliga necha marta o‘tkaziladi?
A) Uch marta. B) Kamida to‘rt marta.
C) Kamida uch marta. D) To‘rt marta.
22. “G‘oyaga qarshi g‘oya, fikrga qarshi faqat fikr, jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin” g‘oyasi Prezidentning qaysi asarida ilgari surilgan?
A) O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda.
B) Yuksak ma’aviyat - yengilmas kuch.
C) Barkamol avlod orzusi.
D) “Ona Vatanimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish - eng oliy saodatdir”.
23. “Hozirgi paytda ro‘y berayotgan ayrim salbiy holatlar, nojo‘ya xatti-harakatlar, yovuz ishlar avvalo mafkuraviy bo‘shliq tufayli sodir bo‘lmoqda” g‘oyasi Birinchi Prezidentimizning qaysi asarida ko‘rsatib bergan?
A) O‘zbekiston buyuk kelajak sari.
B) O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li.
C) Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.
D) Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q.
24. So‘zingizga vafo qiling, ishda qat’iyatli bo‘ling. Sadoqat va samimiyatni saqlab qolmoq-cho‘qqining qorni ushlab qolishidek chiroylidir. Ezgulik uchun yaralgan yoki ezgulikdan mutlaqo mosuvo insonni ko‘rmadim. Kimki ezgulikka intilar ekan, hamisha hurmatda bo‘lur. Ushbu so‘zlar muallifi kim?
A) Ahmad Yugnakiy B) Arastu
C) Konfutsiy D) Rene Dekard
25. Sen taqdiri azalni emas, avvalo o‘zingni yengishga harakat qil. Dunyoni tartibga solishga urinma. Eng avval o‘z istaklaringni boshqara bil. Ushbu so‘zlar muallifi kim?
A) Ahmad Yugnakiy B) Arastu
C) Konfutsiy D) Rene Dekard
Do'stlaringiz bilan baham: |