1 h»p; fortune com forttme500 “Fortune” jumali ma’lumotlari asosida
18
Baynalmilal ishlab chiqarishni tashkil etishda, xalqaro marketing konsepsiyalaridan foydalanish bilan butun dunyoda katta talabga ega yangi tovarlar va xizmatlami ishlab chiqarishda xalqaro menejment tajribasi.
Moliyaviy jihatdan TMK turli mamlakatlardagi filiallari tarmog’i bilan milliy kompaniyalarga nisbatan qulay holatda, chunki:
ular o’zming xalqaro kapital tizimiga ega va ulami eng ko’p foyda keltiruvchi mamlakatga ko’chiradilar;
Sharqdan G’arbga yo’nalishi bo’yicha sutkasiga 24 soat jahon moliya bozorlari holati haqida maTumotga egadirlar. Masai an, kunning so’ngida Nyu- Yorkdagi bosh kompaniya eletron aloqa orqali jahon moliya bozoridagi holatni Gonkongdagi korxonasiga yuboradi. Keyingi kun ertalab bosh kompaniya Gonkongdan o’tgan 12 soat uchun bozordagi voqealar va vaziyat tahlili haqida ma’lumot oladi. Shunday qilib, bitta TMK miqiyosida to’xtovsiz tartibda ITTKI(NIOKR)ning ishlab turishi, programmalashtirish va boshqalar tashkil etiladi;
Qabul qiluvchi mamlakatlarda valyuta paritetining tebranishi va investitsion iqlimni liberallashtirish darajasidan kelib chiqqan holda investitsion risklami o’z filiallari orasida taqsimlaydilar. Shunday qilib, qabul qiluvchi mamlakatda valyuta paritetining pasayishi TMKning bu mamlakatda ко’eh mas mulk sotib olishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Xususiylashtirish sharoitlarida liberallashtirish ham qabul qilayotgan mamlakatga TMK kapitallarini jalb etadi;
Xorijiy filiallari joylashgan mamlakatlarda milliy va xalqaro moliyaviy institutlardan qarzga olingan mablag’lardan nisbatan manfaatli shartlarda foydalanadi. TMK xorijiy filiallarining milliy firm alar oldidagi asosiy raqobat ustunliklaridan biri bo’lib, bosh kompaniyaning izlanish markazi tomonidan o’tkaziladigan ITTKI(NIOKR) natijaiaridan foydalanish hisoblanadi. Dunyodagi patent va litsenziyalardan foydalanganlik uchun toTovlaming 80%ga yaqini TMK doirasida bosh kompaniyalar va ulaming xorijiy filiallari orasida amalga oshiriladi. Bunda, oxirgi yillarda TMKlar ITTKI(NIOKR) o’tkazish xarajatlarini kamaytirish maqsadida
19
o’z izlanish markazlarini ko’proq qabul qilayotgan mamlakatlarga ko’chirishmoqda. Oldingi davrlarda izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlari odatda, bosh kompaniya joylashgan mamlakatda amalga oshirilgan bo’lsa, XX asming oxiriga kelib xalqaro texnologiyalar ayirboshlash hajmi kengayishi bilan TMK izlanish markazlari ilmiy izlanish ishlari va konstruktorlik tadqiqotlami minimal xarajatlar bilan o’tkazish uchun rcsurs va ilmiy potensialga ega bo lgan mamlakatlarda o’mashmoqdalar.
Globalashuvning o’ziga xos xususiyatlaridan biri bu TMKlaming paydo bo’lishi va rivojlanishi hisoblanadi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bor amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levitt 1983 - yilda “Bozorlaming globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni oldin tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan.1
Rossiyalik olima I.G.Vladimirovaning fikricha, globallashuv jahon iqtisodiyoti baynalmilallashuvining eng yuqori bosqichidir.
Umuman olganda, jahon iqtisodiyotining globallashuvi jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarining kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
BMT bergan ta’rifga ko’ra Iqtisodiy globallashuv - tovarlar va xizmatlar tashqi savdosi, xalqaro kapital oqimi oshishi, keng va tez sur’atlarda texnologiyalar yoyilishi natijasida jahon iqtisodiyotining bir-biriga bogTiqligi(qaramligi) ga aytiladi3, Globallashuv jarayoni bevosita baynalmilallashuv va transmilliylashuv tushunchalarining mukammal shakli hisoblanadi. Ular ko’p jihatdan globallashuvga o’xshash va yaqin jarayonlar hisoblansada, lekin aynan globallasuv emas.
1 Глобализация мирового хозяйства. Учеб. пос / Под ред. М.Н Осьмовой, А В Бойченко. - М. :ИНФРА-М,2006, 1 с.3 Economic and social Affairs, CDP Background Paper No. 1 ST/ESA/2000/CDP/l ’’Economic Globalization: Trends, Risks and Risk Prevention”, Gao Shangquan, 2000. 3 p
Iqtisodchi N. Trift globallashuvning quyidagi jihatlarini ajratib ko’rsatadi:
moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kreditlar beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’matiladi;
axborotlar ahamiyatining oshishi;
global oligopoliyaning to'xtovsiz kengayishi;
transmilliy korporatsiyalar sonining ortishi;
transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.
Globallashuv jarayonlarining tezlashishiga bir necha omillar ta’sir etadi, bu omillaming asosiylari quyidagilar hisoblanadi1:
yopiq tipdagi milliy iqtisodiyotdan ochiq iqtisodiyotga o’tish;
xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi;
davlat tomonidan tartibga solish usullarining takomillashuvi;
transmilliy korporatsiyalaming paydo bo’lishi;
baynalmilal iqtisodiy ayirboshlash mexanizmlarining vujudga kelishi;
fan va texnikaning rivojlanishi.
Globallashuv jarayoni jahon iqtisodiyotining turli sohalarini qamrab oladi, ya’ni:
tashqi, xalqaro, jahon miqyosidagi tovarlar, xizmatlar, texnologiyalar, intellektual mulk ob’yektlari savdosini;
ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakatini (ishchi kuchi, kapital, axborot);
xalqaro moliya-kredit va valuta operatsiyalarini (beg’araz moliyalashtirish va yordam, iqtisodiy munosabatlar sub’yektlarining kredit va qarzlari, qimmatbaho qog'ozlar bo’yicha operatsiyalar, maxsus moliyaviy mexanizmlar va vositalar, valuta operatsiyalari);
Do'stlaringiz bilan baham: |