-strategic alyanslar-jahon bozoridagi global iqtisodiy masalalami birgalikdahal etish maqsadida tuzuladigan firmalararo ittifoq bo’lib, ushbu ittifoq mazkur firmalaming boshqa sohalarida raqobatlashuviga to’sqinlik qilmaydi. Strategik alyanslar texnologik tadqiqotlami olib boorish, qo’shma ishlab chiqarishni amalga oshirish va mahsulotni sotishda hamkorlik qilish maqsadida barpo etiladi;
-strategik oilalar- o’zaro raqobatda bo’lgan korporatsiyalarning xalqaro bozorlarda bir birini to’ldiruvchi strategiyani amalga oshirish maqsadida birlashuvidir;
-strategic tizimlar - turli tarmoqlardagi (ishlab chiqarish korxonalari, savdo firmalari, banklar) korxonalaming uzoq muddatli hamkorligiga asoslangan birlashma bo’lib, maqsadi axborotlar, personal va texnologiyalar almashishdan iboratdir;
-xalqaro birlashish va qo’shib olishlar. Xalqaro raqobatning kuchayib borishi natijasida XX asming 80 yillaridan boshlab TMK ishtirokida firmalaming birlashishi va qo’shib olish jarayoni kuchaydi. Ushbu holatining asosiy sababi sanoat tarmoqlarida to’liq quwat bilan ishlamayotgan korxonalaming ko’payishi, TMK daromadining pasayishi, moliya sohasidagi o’zgarishlar oqibatida moliyalashtirishning yangi manbalari va vositalarining vujudga kelishi hisoblanadi. Jumaladan 2010 yilda transchegraviy birlashgan va qo’shib olingan kompaniyalaming qiymati 339 mlrd dollomi tashkil qildi. Ushbu ko’rsatkich jahon moliya inqirozining tasirida 2009 yilda 250 mlrd dollorga, 2008 yilda esa 707 mlrd dollorga qisqargan. Ushbu jarayon asosan bank, sug’urta, farmasevtika va telekommunikatsiya sohalarida yuz bermoqda;
-TMK larning xalqaro qo’shilishi deganda korporatsiyalarning qimmatbaho qog’ozlami sherikchilik asosida bnoshqarish tushuniladi. Xalqaro qo’shilib ketishlar asosan avtomobilsozlik tarmoqlarida yuz beradi.
TMKlar bugungi kunda jahon iqtisodiyotida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki xalqaro savdo va tashqi savdo munosabatlarida, shuningdek investitsion faoliyatda ham ulaming roli kundan kunga oshib bormoqda.
16
TMK larning rivojlanish bosqichlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari
Hozirgi jadal rivojlanayotgan jahon xo’jaligi uchun globallashuv xosdir. Globallashuv chuqurlashib va rivojlanib borishi natijasida esa TMKlar faoliyati ham mustahkamlanib, mukammallashib bormoqda. Ularning rivojlanishi ham bir necha bosqichlarda amalga oshirilgan. Bu bosqichlaming har birining o’ziga xos xususiyatlari mavjuddir. Dunyoga mashxur Apple, Wallmart kabi TMKlaming ham rivojlanish bosqichlari bor. Ular ham dastlab kichik bir korxona shaklida tashkil etilgan hamda kcyinchalik yiriklashib TMKlarga aylandi.
Transmilliy korporatsiyalar rivojlanish bosqichlari!:
XVI-XIX asrlar - ushbu davrdagi dastlabki TMKlarga G’arbiy Yevropaning kolonizatsiya va imperialistik korxonalarini masalan, Angliya, Fransiya, Gollandiya davlatalaridagi korxonalami kiritishimiz mumkin. Britaniya Ost-Indiya kompaniyasi ham aynan o’sha vaqtda Uzoq Sharq, Afrika davlatlari, Osiyo, Shimoliy va Janubiy Amerika davlatlari bilan iqtisodiy aloqalami yo’lga qo’yish uchun tashkil etilgan.
1900 - 1945 - yillar oralig’i - Birinchi va Ikkinchi Jahon urushlari
davrida Amerika va Yevropa TMK lari tabiiy boyliklar (neft, gaz, energiya resurslari) va oziq-ovqat sohalarga bo’lgan talabning oshishi natijasida aynan shu sohalarda ko’proq faoliyat yuritishlariga turtki bo’ladi. Misol uchun,“Royal-Dutch Shell”, “Ford Motors”, “BP” va boshqalar Bu vaqtda Yaponiyada esa “zaibatsu” shaklida tashkil topgan, Yaponiya davlatining savdo, sanoat va moliyaviy sohalarida oligopoliya shaklida tashkil etilgan TMK lar faoliyatini boshlaydi. Bularga misol qilib, “Mitsui”, “Mitsubishi”, “Nissan”, “Okura” va boshqalami keltirishimiz mumkin.
1945 - hozirgi vaqtgacha - Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yigirma
yillikda asosan, AQSH TMK lari xorijiy investitsiyalami kiritgan bo’Isa, keyinchalik
1 “A brief history of TNCs” by Jed Greer and Kavaljit Singh https, www.globalpoltcv oru-'empire-47068-a-brief- h istorv pf-transnat .tonal^^-согрошнж?. htnii
17
Yaponiya va Yevropa TMK lari ham bu borada salmoqli o’rin egallaydilar. 1950 - yillarda yuqoridagi davlatlar TMK 1 arming transport (asosan havo va dengiz), axborot texnologiyalari, kompyuterlashtir bozorlaridagi salmog’i jahondagi baynalmilallashuv va investitsiyalaming ko’chishi natijasida sezilarli darajada oshadi. 1970 - yillarga kelib TMK laming jahon iqtisodiyotidagi ulushi bir asr oldingi ko’rsatkichlardan sezilarli ravishda farq qilardi. Masai an, 1906 - yilda umumiy aktivlari 500 mln. AQSh dollaridan ko’p TMK lar 3 ta edi, 1971 - yilda esa bunaqa darajadagi TMK lar 333 tani tashkil etib, ulaming 1/3 qismining umumiy kapitali 1 mlrd. AQSh dollaridan oshardi. Qo’shimcha ravishda shuni aytib o’tish mumkinki, o’sha paytdagi sotsialistikrejalashtirilgan iqtisodiyotlardan tashqari jahon iqtisodiyotining 70-80%i aynan TMK lar tomonidan tashkil qilinardi. 1990-yillaming oxirida TMK lar orasida xorijiy aktivlar qiymati bo’yicha birinchi o’rinda “Royal Dutch SHell” ingliz - golland konsemi turar edi. Yirik TMK laming birinchi o’ntaligida 5ta AQSh kompaniyalari, 2ta Yaponiya, lta GFR, lta Shvetsariya kompaniyasi kirar edi. 1995 - yilda dunyoning nisbatan qudratli lOOta TMK lari ro’yxatida 1-marotaba rivojlanayotgan mamlakatlardan chiquvchi “Deu Korporeyshn” (Janubiy Koreya) va “Petroleus de Venesuyela” lar paydo boTishdi. Hozirgi paytda yirik TMKlar Top-10 taligiga arzon mahsulotli do’konlar tarmog’i “Wall-Mart stores”, Neft va neft mahsulotlari bilan shug’ullanuvchi “Exxon Mobif’va “Chevron”, investitsiyalar kiritish bilan shug’ullanuvchi “Bekshire Hathaway” va yirik IT-qurilmalari ishlab chiqaruvchisi “Apple” TMK lari hisoblanadi1.
TMK faoliyati unumdorligi 3 ta manbaga asoslangan:
Har xil mamlakatlarda tabiiy resurslarga, yirik kapitalga va fan-texnikada yangilik kiritish bo’yicha mutloq ko’pchilik patentlarga egalik qilish;
Butun dunyo bo’yicha tabiiy resurslar, unumdor yerlar, qulay iqlim va arzon ishchi kuchining optimal kombinatsiyasi bilan korxonalaming joylashish ustunliklaridan foydalanish;
Do'stlaringiz bilan baham: |