Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi



Download 18,79 Kb.
Sana21.07.2022
Hajmi18,79 Kb.
#832840
Bog'liq
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi


Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta`minlash, ularni har tomonlama qo`llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo`lidagi to`siqlarni bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2016 yil davomida 31766 ta yangi kichik tadbirkorlik sub`ektlarini (dehqon va fermer xo`jaliklaridan tashqari) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2017 yil 1 yanvar holatiga faoliyat ko`rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub`ektlarining soni 218170 tani tashkil etib, o`tgan yilning shu davriga nisbatan 11066 taga ko`paydi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlariga yanada qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi natijasida 2016 yil yanvar-dekabr oylarining dastlabki yakunlari bo`yicha ularning ulushi mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida 56,9 foizni (2015 yilning yanvar-dekabr oylarida 56,5 foiz), sanoatda - 45,0 foizni (40,6 foiz), xizmatlar sohasida - 60,5 foizni (57,8 foiz), eksportda - 28,5 foizni (27,0 foiz) va bandlikda - 78,1 foizni (77,9 foiz) tashkil etdi.
2016 yilning yanvar-dekabr oylarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari tomonidan iqtisodiyotga 19963,2 mlrd.so`mlik investitsiyalar kiritildi. Bu respublika bo`yicha jami kiritilgan investitsiyalar hajmining 40,3 foizini tashkil etadi. Shuningdek, ular tomonidan 20677,7 mlrd.so`mlik qurilish ishlari bajarildi (jami qurilish ishlari hajmining 70,7 foizi) yoki o`tgan yilning shu davriga nisbatan 15,6 foizga o`sdi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgust “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur qaror xususiy tadbirkorlikni, avvalambor, mikrofirma va kichik korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, ularning jadal rivojlanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoit yaratish, imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan.
Qaror asosida tashkil etilayotgan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi zimmasiga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga har tomonlama ko‘mak berish maqsadida qator vazifalar yuklatilmoqda.
Jumladan, tijorat banklariga kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga kredit ajratish uchun milliy va xorijiy valyutada, xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish hisobidan resurslar taqdim etiladi.
Jamg‘armaning tijorat banklari tomonidan berilayotgan kredit miqdorining 50 foizigacha (kredit miqdori 500 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan taqdirda) yoki unga ekvivalent hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lishi belgilab qo‘yildi.
Shuningdek, jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foizli xarajatlarni qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda amaldagi ta’minotning cheklangan miqdori 100 ming AQSh dollariga teng hajmdagi mablag‘ni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ miqdorini besh barobar ko‘paytirish, shubhasiz, tijorat banklari kreditlarini jalb etgan holda yirik loyihalarni amalga oshirish borasida qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolat va kompensatsiyalar, tijorat banklariga esa quyidagi yo‘nalishdagi loyihalar bo‘yicha kredit ajratish uchun resurslar taqdim etadi:
qishloq xo‘jaligi sohasida, birinchi navbatda, energiya tejamkorligi yuqori zamonaviy issiqxonalar qurish, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, jumladan, intensiv bog‘larni rivojlantirish;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini, jumladan, intensiv bog‘larda yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash sohasida – ushbu mahsulotlarni saqlash bo‘yicha infratuzilma va transportirovka qilish bilan bog‘liq logistika markazlarini tashkil etish;
ko‘p qavatli uylar atrofidagi umumiy foydalanishga mo‘ljallangan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruv kompaniyalari tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlash;
tadbirkorlik faoliyatining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa yo‘nalishlari uchun.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ishonchli resurs bazasini ta’minlash, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yagona mexanizmini yaratish maqsadida qarorda Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasi va Kichik tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini tugatish, ularga tegishli bo‘lgan 50 million AQSh dollari va 100 milliard so‘m miqdoridagi mablag‘larini yangidan tuzilayotgan jamg‘arma hisobiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, qarorda davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari (2017-yilda – 100 milliard so‘m), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari hamda Jamg‘armaning depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Jamg‘arma resurslarining qo‘shimcha manbalari sifatida belgilandi.
Download 18,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish